Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Inventarizatsiya to’g’risida tushuncha, uning ahamiyati va turlari



Download 0,95 Mb.
bet77/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

4. Inventarizatsiya to’g’risida tushuncha, uning ahamiyati va turlari.

5. Inventarizatsiya o’tkazishni tashkil qilish.

6. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi.
Pedogogik texnologiya: Diskussiya, klaster, muloqat.
1. Xujjatlashtirish haqida tushuncha, ularni turkumlanishi.

Korxonalar faoliyatida har kuni ularning aktivlarini, passivlarini va majburiyatlarini o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘nlab, yuzlab hattoki bir necha minglab xo‘jalik jarayonlari sodir bo‘ladi. Amalga oshirilgan har bir xo‘jalik jarayoni huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun hujjat bilan rasmiylashtiriladi.



Operatsiyalar amalga oshirilganligini qayd etuvchi boshlang‘ich hisob hujjatlari va ularni o‘tkazishga doir farmoyishlar xo‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi uchun asos bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqi bank korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘langanida to‘lov terminallarining cheklari ham boshlang‘ich hisob hujjatlari deb tan olinadi.

Boshlang‘ich hisob hujjatlari xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda yoki operatsiyalar amalga oshirib bo‘linganidan keyin tuziladi.

Hisobot davriga tegishli bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalari, agar ular amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar olinmagan bo‘lsa, tegishli boshlang‘ich hujjat rasmiylashtirilib, buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.

Buxgalteriya hujjatlari xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lganligi yoki moddiy qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga ishonib topshirilganligi haqida yozma guvohnoma bo‘lib xizmat qiladi. Xo‘jalik operatsiyalari qog‘oz yoki kompyuterlarda o‘qish mumkin bo‘lgan axborot tashish vositalarida (disklarda, fleshkalarda, magnit lentalarida, perfo lentalarda va boshqalar) rasmiylashtiriladi.

Shunga ko‘ra, hujjat axborot tashuvchi vosita bo‘lib, uning yordamida xo‘jalik operatsiyalari birlamchi qayd qilinadi.

Har qanday xo‘jalik operatsiyasi sodir bo‘lish ketma-ketligi tartibida buxgalteriya hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Bu, birinchidan, buxgalteriya hisobi obyektlarini yoppasiga, uzluksiz hisobga olishni ta’minlaydi; ikkinchidan, buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kuchga ega bo‘ladi; uchinchidan, amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lganligi haqida huquqiy asos, yozma dalil va isbot bo’lib xizmat qiladi; to’rtinchidan, korxona xo‘jalik faoliyatini joriy nazorat qilish va tezkor boshqaruv uchun asos bo‘ladi; beshinchidan, qiymatliklarni saqlanishiga nazorat o‘rnatadi, binobarin, qiymatliklarni moddiy javobgar shaxslarga biriktirib qo‘yilganligi hujjat bilan tasdig‘ini topadi; oltinchidan, korhona faoliyatini audit qilishga asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.

Hujjatlar xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lganligi to‘g‘risida yozma guvoh va dalil bo‘lib, ularni buxgalteriya hisobining qaysi schyotlarida, qancha summada aks ettirish kerakligini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra buxgalteriya hujjatlari iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan voqealar, hodisalar to‘g‘risidagi axborotlarni maxsus qog‘ozlarda turli usullar bilan rasmiylashtirish vositasi vazifasini bajaradi.

Korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan xo‘jalik operatsiyalarini haqiqiyligi haqida huquqiy asos, yozma dalil va guvohlik beruvchi hamda buxgalteriya hisobini amalga oshirish uchun asos bo‘ladigan maxsus shakldagi ish qog‘ozlari hujjatlar deb ataladi.

Hujjatlashtirish esa, korxonaning xo‘jalik faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnatish maqsadida sodir bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarini maxsus shakldagi ish qog‘ozlarida aks ettirish usulidir.

Hujjatlarni shakli ularning ko‘rsatkichlarini (rekvizitlari) soni va ularni hujjatlarda joylashuvi bilan belgilanadi. Har bir hujjat o‘z vazifasiga to‘la javob berishi uchun ma’lum ko‘rsatkich va belgilarga ega bo‘ladi. Hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operatsiyalari mohiyatini harakterlovchi va ularga huquqiy kuch beruvchi ko‘rsatkich va belgilar hujjatlarning rekvizitlari deyiladi.

Hujjatlarning rekvizitlar soni, ularda aks ettiriladigan xo‘jalik operatsiyalarining mazmuni va qaysi maqsad uchun belgilanganligi bilan belgilanadi. Hujjatlarning rekvizitlari zarurligi jihatidan umumiy va xususiy bo‘ladi.

Xo‘jalik operatsiyalarini turli-tumanligiga qaramasdan ba’zi bir rekvizitlar barcha hujjatlar uchun umumiydir. Umumiy rekvizitlar hamma hujjatlarda mavjud bo‘ladi.



Boshlang‘ich hisob hujjatlarining majburiy rekvizitlari quyidagilardir:

-buxgalteriya hisobi subyektining nomi;

-hujjatning nomi va raqami, u tuzilgan sana va joy;

-xo‘jalik operatsiyasining nomi, mazmuni va o‘lchov birliklari ko‘rsatilgan

miqdor o‘lchovi (natura va pulda ifodalangan holda);

-xo‘jalik operatsiyasini bajargan shaxslarning (shaxsning) identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan familiyasi hamda ismi va otasi ismining bosh harflari yoxud boshqa rekvizitlari ko‘rsatilgan holda lavozimlari nomi va imzolari.

Boshlang‘ich hisob hujjatlarid quyidagi qo’shimcha rekvizitlar keltirilishi mumkin:

-korxonaning manzili;

-hujjat bilan qayd qilingan xo’jalik operatsiyasini amalga oshirish uchun asos;

-hujjatlashtirilayotgan xo’jalik operatsiyasining xususiyati belgilay-digan boshqa qo’shimcha rekvizitlar.

Hujjatlar muayyan axborotni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun har qanday korxona faoliyatini hujjatlarsiz tassavur qilib bo’lmaydi.

Buxgalteriya hujjatlari mazmunan, shaklan, hajman xilma-xil bo‘ladi. Ularning maqsadi, yo’nalishi va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunga ko‘ra, hujjatlarni to’ldirishga qo‘yilgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlarni tuzishga qo‘yiladigan alohida talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat o‘ziga xos xususiyat va sifatlarga ega. Hujjatlarni xususiyat va sifatlarini bilmasdan turib buxgalteriya hisobi hujjatlarini to‘g‘ri tuzish mumkin emas.

Korxona xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan ko‘p sonli operatsiyalarni hujjatlashtirish uchun turli - tuman hujjatlardan foydalaniladi. Ular alohida belgilari bo‘yicha guruhlanadi:

1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra;

2. Xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga ko‘ra;

3. Tuzilish joyiga ko‘ra.

Barcha hujjatlar bajaradigan vazifasiga ko‘ra buyruq beruvchi, dalil bo‘luvchi, buxgalteriya yo‘li bilan rasmiylashtiriluvchi va aralash hujjatlarga bo‘linadi.

Buyruq beruvchi hujjatlarga xo‘jalik operatsiyasini bajarish uchun farmoyish, topshiriq yoki buyruq berish harakteriga ega bo‘lgan hujjatlar kiradi. Buyruq beruvchi hujjatlarda avvalo bajarilishi lozim bo‘lgan ishning mazmuni va muddati, tartibi, kim tomonidan ijro etilishi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular xo‘jalik operatsiyasini amalga oshirish va rasmiylashtirish uchun zaruriy vosita hisoblanadi. Buyruq beruvchi hujjatlar turkumiga ishchi va xizmatchilarni ishga qabul qilish, ishdan bo‘shatish, ularni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruqlar, tovar moddiy boyliklarni olish uchun berilgan ishonch qog‘ozlari va boshqalar kiradi. Masalan, korxona ekspeditoriga ta’minotchilardan xomashyo olib kelish uchun ishonch qog‘ozi berildi. Ishonch qog‘ozida, ishonch qog‘ozi qaysi korxona tomonidan, kimga, nima maqsad uchun va qancha muddatga berilganligi ko‘rsatiladi. Ishonch qog‘ozi xomashyoni ta’minotchidan olish uchun buyruq berayotganligini tasdiqlaydi. Dalil bo‘luvchi hujjatlar xo‘jalik operatsiyalarini sodir bo‘lganligini tasdiqlaydi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirishga huquqiy asos bo‘ladi. Dalil bo‘luvchi hujjatlarga kassa kirim va chiqim orderlari, talabnomalar, bildirishnoma, marshrut varaqlari, schyot-faktura, tovar - transpot nakladnoylari, va boshqalar kiradi.

Buxgalteriya yo‘li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlar buxgalteriya xodimlari tomonidan tuziladi. Bunday hujjatlar buyruq beruvchi va dalil bo‘luvchi hujjatlarning ma’lumotlariga ko‘ra buxgalteriya hisobi schyotlariga yozuvni amalga oshirishga tayyorgarlik qilish paytida tuziladi. Bunday hujjatlarga moddiy javobgar shaxslarning, kassirlarning va hisobdor shaxslarning hisobotlari, har-xil hisob-kitoblar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, egri xarajatlarni taqsimlash, foydani taqsimlash bo‘yicha hisoblar hamda jurnal-orderlarni, qaydnomalarni va guruhlash qaydnomalarini to‘ldirish kiradi.

Aralash hujjatlarga buyruq beruvchi, dalil bo‘luvchi va buxgalteriya yo’li bilan rasmiylashtiriluvchi hujjatlarning belgilariga ega bo‘lgan hujjatlar kiradi. Ular bir paytning o‘zida xo‘jalik operatsiyasini sodir bo‘lganligiga va buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirishga ho‘quqiy asos bo‘ladi. Aralash hujjatlar turkumiga kassa chiqim orderi, kassa kirim orderi, hisob - kitob to‘lov vedmostlari va boshqalar kiradi. Masalan, kassa kirim orderi birinchidan, pul berish uchun farmoyish vazifasini bajarsa, ikkinchidan, kassadan pul berilganligini isbotlaydi va uchinchidan, buxgalteriya yo‘li bilan rasmiylashtirish uchun maxsus rekvizitlarga ega. Hujjatlar xo‘jalik operatsiyalarini aks ettirish tartibiga ko‘ra boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi.

Boshlang‘ich hujjatlar xo‘jalik operatsiyalari amalga oshirilayotgan paytda tuzilib, ho‘jalik operatsiyaning sodir bo‘lganligi to‘g‘risida huquqiy asos va dalil bo‘lib xizmat qiladi. Boshlang‘ich hujjatlarga kassa kirim orderi , kassa chiqim orderi, schyot faktura, yuk nakladnoylari, talabnomalar, tovar-transport nakladnoylari kabi hujjatlar misol bo‘la oladi.

Jamlovchi hujjatlar esa boshlang‘ich hujjatlar asosida tuzilib, sodir bo‘lgan operatsiyalarni ma’lum bir vaqt davomida qayd qiladi. Mazkur hujjatlar boshlang‘ich hujjatlardagi ma’lumotlarni umumlashtiradi. Masalan, limit-zabor kartalari, moddiy javobgar shaxslarning hisobotlari jamg‘aruvchi vedomostlar va boshqalar misol bo‘ladi.

Tuzilish o‘rniga ko‘ra barcha hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi. Ichki hujjatlarga korxona ichida tuzilib shu korxona ichida foydalanadigan hujjatlar kiradi. Tashqi hujjatlarga boshqa korxonalar yoki ayrim jismoniy shaxslar bilan tuzilgan hujjatlar kiradi (yuk nakladnoylari, talabnomalar, tovar-transport nakladnoylari kabi xujatlar misol bo‘la oladi).


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish