Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobining jurnal-order, memorial-order, Bosh jurnal shakllari



Download 0,95 Mb.
bet85/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

3. Buxgalteriya hisobining jurnal-order, memorial-order, Bosh jurnal shakllari.

4. Buxgalteriya hisobining informatsion texnologiyalarga asoslangan va soddalashtirilgan shakllari ahamiyati hamda ularning yuritilishi.

5. Hisob registrlarida yozuvlvrni amalga oshirishda yo’l qo’yilgan xatoliklarni tuzatish
Pedogogik texnologiya: Diskussiya, klaster, muloqat.
1. Hisob registrlari va shakllari haqida tushuncha, ularning buxgalteriya hisobidagi roli va ahamiyati.

Korxona xо‘jalik mablag‘larini, ularning tashkil topish manbaalarini va majburiyatlarini iqtisodiy mazmuniga kо‘ra guruhlarga bо‘lib buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun mо‘ljallangan maxsus shakldagi jadvallarga buxgalteriya hisobi registrlari deb aytiladi.



Buxgalteriya hisobi registrlari ikki yoqlama yozuv usuliga muvofiq yuritiladigan jurnallar, qaydnomalar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardan (shakllardan) iboratdir. Buxgalteriya hisobi registrlarida boshlang‘ich hisob hujjatlaridagi ma’lumotlar tizimlashtirilabi va tо‘planabi. Hisobi registrlari texnika vositalaridan, axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda elektron hujjat tarzida yaratilishi, ishlov berilishi va saqlanishi mumkin.

Quyidagilar buxgalteriya hisobi registrining majburiy rekvizitlaridir:

1. Registrning nomi;

2. Buxgalteriya hisobi subyektining nomi;

3. Registrni yuritish boshlangan hamda tugallangan sana va (yoki) registr

tuzilgan davr;

4. Xо‘jalik operatsiyalarining xronologik va (yoki) tizimli guruhlanishi;

xо‘jalik operatsiyalarining о‘lchov birligi kо‘rsatilgan holda puldagi о‘lchov

miqdori;

5. Registrni yuritish uchun mas’ul bо‘lgan shaxslarning lavozimlari,

familiyalari hamda ismi va otasi ismining bosh harflari kо‘rsatilgan holdagi

imzolari yoki ushbu shaxslarni identifikatsiya qilish uchun zarur bо‘lgan boshqa rekvizitlar.

Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yо‘l qо‘yilmaydi.

Buxgalteriya hisobi registrlari quyidagi belgilari bо‘yicha turkumlanadi:

1. Tashqi kо‘rinishiga kо‘ra;

2. Yozuvlarni amalga oshirish turlariga kо‘ra;

3. Ma’lumotlarni qamrab olish hajmiga kо‘ra.

Tashqi kо‘rinishiga kо‘ra kitoblar, kartochkalar, varaqlar hamda vedomostlar shaklidagi buxgalteriya hisobi registrlari majud. Masalan, kassa kitobi, asosiy vositalarni hisobga olishning inventar kartochkalari, tovarlarni, materiallarni ombor uchyoti kartochkalari, egri xarajatlarni taqsimlash vedomosti, memorial orderlar, jurnal orderlar, asosiy vositalarga amartizatsiya hisoblash qaydnomalari va boshqalar.

Varaqlari grafalangan, muqovalangan, raqamlangan va kо‘rinishi kitob shakliga keltirilgan registrlar kitob shaklidagi registrlari deb aytiladi. Misol: sintetik schyotlar uchun belgilangan “Bosh kitob”, “Asosiy vositalarni analitik hisobi kitobi” va boshqalar.

Xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilishdan oldin bugalteriya kitoblarining har bir saxifasi nomerlanadi. Oxirigi sahifasining orqasiga nomerlangan saxifalarning umumiy soni yozilib, korxona rahbari va bosh buxgalterni imzosi qо‘yiladi va korxona muxri bilan muxrlanadi. Kitobning birinchi muqovasiga korxonaning nomi, qaysi schyot ochilgan bо‘lsa, uning nomi va kitobga yozish boshlangan sana yozib qо‘yiladi. Buxgalteriya kitoblari har yili 1 yanvardan boshlab ochiladi. Xozirgi paytda kitob shaklidagi buxgalteriya hisobining registrlari barcha korxona va tashkilotlarda eng kо‘p qо‘llaniladigan registrlardandir. Kitob shaklidagi hisob registrlari buxgalteriya xodimlari о‘rtasida mehnat taqsimotini qiyinlashtiradi. Shuning uchun xо‘jalik operatsiyalarini hisob registrlarida qayd qilish ishlarini kompyuterlashtirishni, piravard natijada buxgalterlarni avtomatlashtirilgan ish joylari (BAIJ)ni joriy qilishga imkon bermaydi. Hisob registrlaridan buxgalteriya xodimlarini foydalanishni osonlashtirish va uchyot ishlarini kompyuterlashtirish uchun hisob registrlarining alohida varaqalar yoki kо‘p ustunli kartochkalar shaklidan foydalanish maqsadga muvofiq bо‘ladi.

Qalin varaqlarda bosmaxonada chop etilgan maxsus shakldagi registrlar kartochka shaklidagi hisob registrlari deyiladi. Ularning hajmi oddiy varaqlarda kichik bо‘lib, xо‘jalik mablag‘larining turlari, ularning alohida manba’lari bо‘yicha ochiladi. Mazkur registrlar hisobot yili davomida “kartoteka” deb ataluvchi maxsus yashikchalarda ma’lum bir tizimda joylashtirilib saqlanadi. Masalan, xо‘jalik subyektlari omboridagi tovarlarning assortimenti navi, narxi bо‘yicha, asosiy vositalarni turlari bо‘yicha ochiladigan kartochkalar.

Buxgalteriya hisobi schyotlardagi yozuvlarining iqtisodiy mazmunini va schyotlarning aloqasini hisobga olgan holda hisob ishlari oddiy varaqlarda ham olib borilishi mumkin. Bunday hisob registrlari zaruriy kо‘rsatkichlari kо‘rsatilgan holda bosmaxonada tayyorlanadi. Ular kartochkalardan ancha katta bо‘lib, shu maqsadlar uchun ajratilgan papkalarda saqlanadi.

Hisob registrlari qamrab olgan xо‘jalik operatsiyalarini mazmuni va hajmga kо‘ra analitik va sintetik hisob registrlariga bо‘linadi.

Analitik hisob registrlarida hisob obyektlari, ham natural, ham qiymat о‘lchovlarda qayd qilinadi, odatda, ular analitik schyotlar bо‘yicha ochiladi. Masalan, tovarlar, xom-ashyolar, materiallar bо‘yicha ochiladigan ombor kartochkalari yoki asosiy vositalar pasporti vazifasini bajaradigan “Asosiy vositalarning inventar kartochkalari”. Bu hisob registrlarida hisobga olinayotgan moddiy qiymatliklarning nomi, navi, о‘lchov birligi, miqdori, bahosi va summasi kabi kо‘rsatkichlar aks ettiriladi.

intetik hisob registrlaridan xо‘jalik opersiyalarini qiymat о‘lchovlarda, pul birliklarida hisobga olish uchun foydalaniladi. Masalan, sintetik schyotlari bо‘yicha ochiladigan “Bosh kitob” yoki jurnal-orderlar.

Yozuv turlariga kо‘ra hisob registrlarining xronologik, sistematik va kombinatsiyalashgan turlari farqlanadi.

Xronologik hisob registrlari xо‘jalik operatsiyalarini sodir bо‘lish vaqtlari bо‘yicha ketma-ketlik tartibda (xronologik tartibda) hisobga olish uchun belgilangan. Bunday hisob registrlari xо‘jalik operatsiyalar haqidagi quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi: xо‘jalik operatsiyasini qisqacha mazmuni, sodir bо‘lgan vaqti va summasi. Xronologik hisob registiriga xо‘jalik operatsiyalarini qayd qilish jurnalini misol qilib olish mumkin.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish