Memorial order shaklida hisob yuritish texnologiyasi
Memorial-order shakli qo‘llaniladigan korxona, tashkilot va muassasalarda analitik hisob registrlari sifatida kartochkalardan foydalaniladi. Memorial-orderga ilova qilinadigan yozuvlar boshlang‘ich va yig‘ma hujjatlarga asoslangan bo‘ladi. Hisobot oyining oxirida analitik schyot registrlari bo‘yicha jami summa yig‘iladi va shunga muvofiq oborot yoki qoldiq vedomosti tuziladi. Ulardagi ma’lumotlar sintetik schyotlar jami summasi bilan solishtiriladi va shunday qilib, yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni aniqlash yoki uning oldini olish imkoniyati yaratiladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli yuqorida ko‘rib o‘tilgan hisob shakllarida mavjud kamchiliklarni yo‘qotish va hisob shakllarini takomillashtirish natijasida XX-asrning 50 yillarida Rossiyalik olimlar tomonidan yaratilgan. Uning asoschilaridan biri Leningrad (hozirgi Sank Peterburg) Moliya – iqtisod institutining professori A.S.Narinskiy bo‘lib hisoblanadi.
Jurnal-order shaklida hisob ishlarini tashkillash texnologiyasi quyidagi chizmada keltirilgan.
Buxgalteriya hisobining jurnal – order shaklining asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
Xo‘jalik operatsiyalarini qayd qilish uchun schyotlarning kredit belgilari bo‘yicha uchyotga olishga moslashtirilgan jurnal-orderlardan foydalanish;
Jurnal oderlarda sintetik va analitik hisoblar qo‘shilib ketadiganligi natijasida sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi;
Birlamchi va umumlashtiruvchi hujjatlar
Kassa kitobi
Jamlovchi va guruhlovchi qaydnomalar
Jurnal order
Bosh kitob
Analitik hisob registrlari
Balans va moliyaviy hisobotlar
Analitik schyotlar oborot qaydnomasi
Buxgalteriya hisobining jurnal order shakli
3. Jurnal orderlar va boshqa hisob registrlarini balans va moliyaviy hisobotlarni boshqa shakllarini tuzishga moslashtirilganligi natijasida hisobotlar tuzish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qo‘shimcha guruhlash va jamlash ishlarini bajarmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisob registrlaridan olish imkoniyatini mavjudligi;
4. Bosh kitob va jurnal-orderlarda yozuvlarni takrorlanmasligi natijasida yozuvlar sonining kamayishi va boshqa afzalliklar.
Jurnal orderlar buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini yozish uchun zarur bo‘lgan bir qancha rekvizitlarga ega bo‘lgan va bosmaxonada tayyorlangan har xil o‘lchamdagi va shakldagi varaqlardir ((21- jadva).).
Jurnal-orderlar alohida olingan yoki iqtisodiy mazmun jihatdan bir xil bo‘lgan sintetik schyotlar guruhiga bir oy uchun ochiladi. Har bir jurnal orderga doimiy raqam biriktirib qo‘yiladi Quyida “Hisob-kitob raqami schyoti” operatsiyalarini hisobga olish uchun belgilangan jurnal – order shakli keltirilgan.
Jurnal-orderlarga yozuvlar, operatsiya sodir bo‘lgan vaqtda, boshlang‘ich yoki qo‘shimcha tuziladigan jamlovchi qaydnomalar asosida sintetik schyotlarning kredit belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi. Misol, 5000 “Kassa” operatsiyalari uchun ochilgan jurnal-order № 1 da kassa schyoti kreditlanadigan operatsiyalar yoziladi. “Kassa” schyoti debetlanadigan operatsiyalar “Bosh kitob”ga yoziladi. Shu tariqa schyotlar aloqasi bo‘yicha bo‘ladigan takroriy yozuvlarga barham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |