Hisoblab yozish tamoyili buxgalter tegishli daromad va xarajatlarni qaysi hisobot davriga kiritish kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi lozimligini bildiradi. Hisoblab yozish tamoyiliga ko‘ra aktivlar, passivlar, xususiy kapital, daromadlar, xarajatlar va boshqa xo‘jalik muomalalari yuzasidan haridorga yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag‘lari, korxona hisob raqamiga qachon kelib tushishidan qat’iy nazar, hisobot davriga taalluqli ekanligini bildiradi. Ular mazkur hisobot davrida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |