Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili - iqtisodiy mazmunning huquqiy shakldan ustunligi bo‘lib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi. Masalan; agar korxona o‘z faoliyatida uzoq muddatga ijaraga olingan vositalardan foydalansa, ushbu korxona ularni o‘z balansida aktivlar tarkibida aks ettiradi, lekin huquqiy nuqtai nazardan olganda korxonaning ushbu vositalar uchun mulkdorligini ahamiyati yo‘q.
Ko‘rsatkichlar qiyoslanishi tamoyili – bir nechta korxonalarning o‘xshash axborotlarini taqqoslashni bildiradi. Mazkur korxonada buxgalteriya hisobining usullaridan foydalanishda izchillik saqlanadi, bu esa bir necha hisobot davrlari uchun korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar qiyoslanishiga erishish lozimligini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |