21- jadval
Jurnal-order № 25100 - “Hisob-kitob raqami schyoti” kredeti bo‘yicha
2015 yil may oyi uchun
T/r
|
sana
|
Debetlanuvchi schyotlar
|
1000
|
2500
|
5000
|
6710
|
va bosh.
|
jami
|
1
|
05.05.
|
|
|
|
10000
|
|
10000
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jurnal-orderlarning jami, schyotning kredet oborotini va u bilan aloqador bo‘lgan schyotlarning debet oborotlari umumiy summasini ko‘rsatadi.
Jurnal orderlar sistematik va xronologik yozuvlarni birlashtirganligi uchun, kartochka va kitoblarda, alohida analitik uchyot faqatgina ko‘p analitik schyotlarga ega bo‘lgan sintetik schyotlar bo‘yicha olib boriladi. Masalan, tovarlarni uchyoti bo‘yicha, tayyor mahsulotlarni uchyoti bo‘yicha va shu kabi boshqa schyotlar bo‘yicha.
Jurnal orderlarga xo‘jalik operatsiyalari sodir bo‘lish va hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi jarayonida yoziladi. Sistematik yozuvlar bir vaqtning o‘zida xronologik yozuvni ham ifodalaydi. Shuning uchun hisob yuritishning bu shaklida alohida xronologik uchyot registrlari ochishga va yurgizish zaruriyati qolmaydi. Hamma ma’lumotlar aloqalanuvchi schyotlar kesimida jurnal-orderlarga yozilgani uchun memorial orderlar tuzilmaydi.
Jurnal orderlarda amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini solishtirish uchun schyotlarning krediti bo‘yicha jami hisoblanadi, olingan jami summa jurnalda alohida ustunda ajratilgan debetlanuvchi schyotlar jami bilan solishtirib ko‘riladi. Schyotlar bo‘yicha debet va kredet yozuvlar jamini solishtirish imkoniyati sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha oborot qaydnoma tuzishga hojat qoldirmaydi.
Oborot qaydnoma analitik uchyoti alohida kartochka yoki kitoblarda olib boriladigan schyotlar bo‘yicha tuziladi. Oylik jamlarining to‘g‘riligi tekshirilgan jurnal-orderlar jamlari “Bosh kitob”ga yoziladi (22- jadva).
Schyotlarning kredit oboroti “Bosh kitob”ga shu schyotga tegishli bo‘lgan jurnal orderdan, debet oborotlari esa, boshqa jurnal orderlardan olib yoziladi.
Jurnal-orderlar va “Bosh kitob” bir birini to’ldiruvchi bo’lib xizmat qiladi, chunki, jurnal orderlarda schyotlarning kredit yozuvlari keltirilsa, “Bosh kitob”da shu schyotning debet oborot yozuvlari keltiriladi.
“Bosh kitob” va jurnal-orderlarning jamlarining to‘g‘riligi tekshirib ko‘rilgandan keyin schyotlar qoldig‘i topiladi. Qoldiq “Bosh kitob”ning shu maqsad uchun belgilangan ustuniga yozib qo‘yiladi.
“Bosh kitob”da amalga oshirilgan yozuvlarning to‘g‘riligini tekshirish uchun hamma schyotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlar jamlab chiqiladi. Schyotlarning debet va kredet oborotlari summalari jami hamda debet va kredet qodiqlari summasi jamlari teng bo‘lishi kerak.
Uchyot amaliyotida jurnal order shaklini qo‘llash uchyot xodimlari mehnatini yengillashtirib hisob ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilish imkoniyatlarini yaratadi.
Jurnal order shaklining asosiy kamchiliklari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
1. jurnal-orderlarning hajm jihatdan kattaligi va tuzilishlarining qiyinligi;
jurnal-orderlarni tuldirishni qo‘l mehnatiga moslashtirilganligi;
2. uchyot ishlariga kompyuter texnikasini qo‘llashni qiyinligi.
Ko‘rsatilgan kamchiliklar uchyot ishlariga kompyuter texnikasini joriy qilinganda barham topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |