Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Buxgalteriya hisobining shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanishi



Download 0,95 Mb.
bet91/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

2. Buxgalteriya hisobining shakllari, ularning mohiyati va tarixiy rivojlanishi. Buxgalteriya hisobi nazariyasi va amaliyotida hisob yuritishning ko‘p shakllari mavjud. Bularni ko‘pchiligi bir-biriga o’xshaydi, chunki, ular o‘zidan avvalgi shakllarning ilg‘or elementlarini takomillashtirish hisobiga vujudga kelgan.

Ko‘p yillar davomida buxgalteriya hisobining “Fransiya shakli”dan foydalanib kelingan. Bu shakl Matoye Dela Port tomonidan 1685 yilda yaratilgan. Uning xususiyati shundaki, umumiy jurnaldan kassa jurnali, sotilgan qiymatliklar jurnali, olingan veksellar jurnali, berilgan veksellar jurnali va har xil operatsiyalar jurnali kabi jurnallar ajratib chiqarilgan.

Kapitalni yiriklashuvi va markazlashuvi korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan xo‘jalik operatsiyalari sonini o‘sishiga va xo‘jalik aloqalarini kengayishiga olib keldi, bu esa, oqibat natijada takomillashgan buxgalteriya hisobi shakllaridan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 17-18 asrga kelib Italiyada F.Garatti tomonidan 1688 yilda buxgalteriya hisobining yangi shakli yaratildi. Bu tarixda buxgalteriya hisobining “Yangi Italiya shakli” nomi bilan ma’lum. Bu shakl bosh hisob yozuvlarini qayd qilishning daftar, jurnal va yordamchi daftar registrlardan tashkil topgan. Hisob yuritishning yangi italiyan shaklida schyotlar kollektiv va oddiy schyotlarga bo‘linadi va bosh daftardan, sintetik schyotlar uchun, yordamchi daftarlardan esa, analitik schyotlar uchun foydalaniladi. Hisob registrlarini bunday tuzilishi buxgalteriya hisobining tezkorligini ta’minlaydi. Har bir operatsiya xranologik jurnalga yozilgandan keyin, bosh daftar schyotlarga va tegishli yordamchi daftarlarga ko‘chiriladi. Bu daftarlardagi yozuvlarga muvofiq har oyda sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnomalar tuzilib, bir-biriga solishtirilib tekshiriladi. Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot qaydnoma aylanma balansni o’zida mujassamlashtirgan bo‘lib, bu ma’lumotlar qoldiq balansini tuzish uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. 1797 yilda E.Degronij tomonidan, Fransiyada "Yangi Italiya shakli"ning ancha soddalashtirilgan rusumi (varianti) yaratildi. U tarixda buxgalteriya hisobining “Amerika shakli “ nomi bilan ma’lum. Buxgalteriya hisobining "Amerika shakli"da xronologik va sistematik yozuvlar “Bosh jurnal” deb nomlangan registirda qo‘shib olib boriladi.

D.Rossi tomonidan 1889 yilda bosh jurnalni tuzish yo‘li bilan oborot qaydnoma olishni ta’minlaydigan buxgalteriya hisobining “shaxmat shakli” asoslab berildi. XX- asrning boshlarida Fransiyalik buxgalter J.B.Dyumarshe tomonidan buxgalteriya hisobining integral shakli yaratildi.

Keyingi yillarda buxgalteriya hisobi shakllari, ularni standartlash va unifikatsiyalash asosida birmuncha qisqartirildi. Korxonalarda qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakllari bir-birlaridan quyidagi belgilariga ko‘ra farq qiladi.

1. Sintetik hisob registrlarining tuzilishi;

2. Sintetik va analitik hisob registrlarini o‘zaro aloqasi;

3. Buxgalteriya hisobi registrlarining tashqi ko‘rinishi;

4. Buxgalteriya hisobi registrlariga xo‘jalik operatsiyalarini yozish tartibi va texnikasi.

Hozirgi paytda buxgalteriya hisobi amaliyotida hisob yuritishning memorial-order, jurnal-order va kompyuterlashtirilgan qog‘ozsiz shakllaridan keng qo‘llanilmoqda.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish