Buxgalteriya hisobi registrlarida yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni tuzatish. Buxgalteriya hisobi registrlariga xo‘jalik operatsiyalarini yozishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar korrektura, qo‘shimcha pravodki va qizil qalam usullari bilan to‘g‘rilanadi. Korrektura usulida topilgan xatolik quyidagicha to‘g‘rilanadi: noto‘g‘ri ko‘rsatilgan summani ingichka chiziq bilan o‘chirib, o‘chirilgan summa ustiga to‘g‘ri yozuv qayd qilinadi. Mazkur tuzatishni amalga oshirgan javobgar shaxslar hisob registrining tuzatish kiritgan qotorining oxiridaga bo‘sh jayda “... tuzatildi, tuzatilgani to‘g‘ri.” degan yozuvni qayd qilib tuzatish sanasini ko‘rsatilgan holda imzo chekadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |