Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab xarajatlar ikki guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadigan va noishlab chiqarishdagi xarajatlar.
Korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlariga tovar mahsulotini ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlari kiradi va tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlarga mahsulotlarni sotish xarajatlari kiradi. Masalan, mahsulotlarni ortish, jo‘natish, tushirish, joylash, saqlash transport xarajatlari, tabiiy kamayish me’yorlari doirasida mahsulotlarning yo‘lda kam kelishi va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |