5. Sotish (realizatsiya) jarayonining hisobi. Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan barcha ishlov operatsiyalaridan o‘tgan, tasdiqlangan standart va texnikaviy shartlarning talablariga javob beradigan hamda texnik nazorat bo‘limi yoki byurtmachilar tomonidan qabul qilingan mahsulotlarga tayyor mahsulotlar deb aytiladi.
Mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotish korxonalarning faoliyatiga baho beruvchi eng muhim ko‘rsatkichlarning biri bo‘lib hisoblanadi. Mavjud qoidalarga binoan mahsulotlarni sotish ularni yetkazib berish topshiriqlari va majburiyatlarini bajarish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham mahsulot sotish ko‘rsatkichi sotilgan mahsulotning miqdorini, sifatini, shuningdek, haridorlar bilan tuzilgan shartnomalarni assortimenti va jo‘natish muddatlari bo‘yicha reja bajarilishini tavsiflashi lozim. Mahsulotning sotilishi uning qiymati va sifati kabi belgilariga ko‘ra iste’molchilarining talablariga javob berganligidan dalolat beradi. Mahsulotning sifati qanchalik yaxshi bo‘lsa, u bozorda tez raqobatga kiradi va sotiladi hamda pirovardida xo‘jalik subyektlari ko‘zlangan maqsadga yeta oladi.
Sotish jarayonining buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari quyidagilar bo‘lib hisoblanadi:
Marketing va moliya-reja bo‘limlari bilan hamkorlikda hisobot davri uchun korxonaning mahsulot sotish rejasini tayyorlash.
Xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki birjalar orqali mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni to‘g‘riligini va bajarilishini nazorat qilish.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlarni o‘z vaqtida hujjatlashtirish.
Mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni o‘z vaqtida va aniq hujjatlashtirish.
Sotilayotgan mahsulotlarni haqiqiy tannarxlarini aniq topish.
Mahsulotlarni sotishdan kelib tushadigan pul mablag‘lari ustidan operativ nazorat o‘rnatish.
Sotishni hisobini tashkil qilish.
Sotilgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini topish.
Sotish natijalarini aniqlash.
Mahsulotning sotilishi xo‘jalik subyekti mablag‘larining aylanishining yakunlovchi jarayondir. Bu jarayon xo‘jalik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning halq xo‘jaligi iste’molida o‘z o‘rnini topganligini anglatadi. Hozirgi paytda xo‘jalik subyekti ishini baholashda mahsulotning sotilishi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Korxonada tayyorlangan mahsulotlarning sotilishiga qarab ularning rivojlanish imkoniyatlariga baho berish tamoyili xo‘jalik subyekti rahbarlarini mahsulot sotish va moliyaviy faoliyat masalalariga ko‘proq e’tibor berishga chaqiradi. Shuningdek, xo‘jalik subyektning bir maromda ishlashiga va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bular esa o‘z navbatida korxonadagi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib berish ya’ni sotish jarayonida bir qancha xarajatlar qilinadi. Bularga quyidagi xarajatlarni kiritish mumkin:
Tayyor mahsulotlarni omborlarda saqlash xarajatlari,
Tayyor mahsulotlarni idishlash xarajatlari,
Tayyor mahsulotlarni jo‘natish xarajatlari,
Tayyor mahsulotlarni omborlarda tabiiy kamayishi,
Tayyor mahsulotlarni tashish xarajatlari.
Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarni qo‘shib sotilgan mahsulotlarning to‘la tannarxi aniqlanadi. To‘la tannarx ishlab chiqarilgan mahsulotlar mulk egasiga qanchaga to‘g‘ri kelishini bilishi uchun xizmat qiladi.
Sotish hajmi ko‘rsatkichi xo‘jalik subyektlarining faoliyatini tavsiflab beruvchi “fokus” bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik momilalarini buxgalteriya hisobida o’z vaqtida, to’g’ri aks ettirish sotish natijalarini to’g’ri topishni va korxona daromadlari va foydasini to’g’ri shakillanishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik operatsiyalar qo’ydagi schyotlarda hisobga olinadi:
2800 – “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”.
4000 – “Olinadigan schyotlar”
5000 –“ Kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”
5100 – “Hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar”
6410 - “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar (turlari bo’yicha)”
9000 – “Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar”
9100 – “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar”
Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bilan bog’liq bo’lgan xo’jalik momilalari buxgalteriya hisobida qo’ydagi pravodkalar bilan rasmiylashtiriladi:
1. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haridorlarga hisob - kitob hujjatlarini taqdim etganda, tayyor mahsulotlarning sotish bahosiga
D-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar”
K-t – 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar”
2. Sotilgan mahsulotlarning tannarxiga:
D-t - 9100 – “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
K-t – 2800 - “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar”
3. Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatishda QQS va aktsiz summasi hisoblanganda
D-t – 4000 – “Olinadigan schyotlar”
K-t – 6400 - “Byudjet bilan hisob-kitoblar”
4. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haridorlargan hisob kitob schyotiga pul kelib tushganda:
D-t - 5000 -
D-t - 5100 - “” scheti.
K-t - 4000 -“Olinadigan schyotlar
5. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo’yicha daromadni yakuniy moliyaviy natijaga olib borilganda:
D-t - 9000 “Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlarni
hisobga oluvchi schyotlar”
K-t – 9900 “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
6. Hisobot davrining oxirida sotilgan tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxini yakuniy moliyaviy natijaga olib borilganda
D-t - 9900 – “Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar”
K-t - 9100 – “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning
tannarxini hisobga oluvchi schyotlar”
Mahsulotlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga muvofiq “Davr xarajatlari” schyotida hisobga olinadi.
Yuklab jo‘natilgan mahsulotlar uchun shartnomada ko‘rsatilgan baholarda haq olinadi. Haridorlar tomonidan to‘langan pul, mol yetkazib beruvchi korxonaning hisob-kitob schyotiga kelib tushadi. Pulning hisob-kitob schyotiga kelib tushishi mahsulotning sotilganidan dalolat beradi. Agar haridorlar tomonidan pul to‘langanu, ammo tayyor mahsulot ularga jo‘natilmagan bo‘lsa, bunda uning qiymati sotilgan mahsulotlar qiymati miqdoriga qo‘shilmaydi, ya’ni sotilgan deb hisoblanmaydi.
Sotish jarayonining analitik hisobi “Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar” schyotida aks ettirilgan va sotilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlar ichida ularning turi bo‘yicha yuritiladi va sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi, ya’ni ularning har birining umumiy sotish summasidagi rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi.
Xo‘jalik subyektlari ba’zi ishlarni maxsus buyurtmalar asosida bajarishlari mumkin. Agar, bunday buyurtmalarga davlat tomonidan ulgurji narx belgilanmagan bo‘lsa, u holda ular shartnomada kelishilgan narxda sotiladi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bevosita xo‘jalik aloqalari rivojlanib borgan sari shartnoma narxlaridan foydalanish tobora kengayib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |