Bilvosita yoki egri xarajatlar. Bilvosita yoki egri xarajatlar bir vaqtning o‘zida bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga tegishli. Ularni aniq mahsulotning tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritib bo‘lmaydi. Bu xarajatlar hisobot davri (oyning) oxirida alohida mahsulotlar tannarxiga korxonada qabul qilingan taqsimlash bazasiga nisbatan mutanosib ravishda taqsimlanib kiritiladi. Egri xarajatlarni mahsulotlar tannarxiga belgilangan bazaga nisbatan mutanosib taqsimlab kiritish mahsulotlar tannarxini har doim ham aniq hisoblash imkoniyatini bermaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini hisobini kal’kulyatsiya obyektlari bo‘yicha tashkillash lozim.
Ishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas xarajatlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |