Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi



Download 0,95 Mb.
bet83/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

6. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi. Inventarizatsiya jarayonida ishchi komissiya a’zolari moddiy qiymatliklarni qayta sanash, o’lchash, tortish yo‘li bilan ularning haqiqiy miqdorlarini aniqlaydilar va 19-sonli milliy andozada ko‘rsatilgan namunadagi inventarizatsiya ro‘yxatini (opis) tuzadilar (2-ilovaga qarang). Ro‘yxatning har bir betini oxirida shu betda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi so‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi.

Shuningdek, ishchi poda va ma’suldor xayvonlar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar yo‘qlama qilinayotganda O‘zbekistan Respublikasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan inventarizatsiya ro‘yxatini (opis) tuzadilar.

Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu ro‘yxatda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi so‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. So‘ng moddiy javobgar shaxs “ ... ushbu qayta ro‘yxatga olish dalolatnomasida ko‘rsatilgan moddiy qiymatliklar mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu moddiy qiymatliklarni o‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta ro‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yo‘q.. (agar, davosi bo‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. To‘liq rasmiylashtirilgan qayta ro‘yxatga olish ro‘yxati (opis) komissiya raisi tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.

Korxona rahbariyati inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat qilish maqsadida, inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor yoki boshqa obyekt ochilgunga qadar nazorat tekshiruvlari o‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshirishlarni hisobga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Korxona mulkining bir qismini saralab ro‘yxatga olish uchun korxonalarda tekshirish va saralab qayta ro‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya davrlari o‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining va o‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Inventarizatsiya moddiy javobgar shaxslar almashayotganda o’tkazilayotgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ro‘yxatida moddiy qiymatliklarni qabul qilayotgan shaxslar, ularni o‘zining javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.

Korxonaga tegishli bo‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya ro‘yxatlari tuziladi.

Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnik vositalarda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.

Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari chiroyli husnixat bilan, aniq-ravshan qilib to‘ldiriladi. Hech qanday o‘chirish va tuzatib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Qayta ro‘yxatga olish ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.

Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs ro‘yxatning oxirigi varag‘iga shu ro‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan «…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida tekshirganini, hayat a’zolariga nisbatan xech qanday da’vosi yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar masuliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va ro‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar.

Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va arifmetik usul bilan tekshirib ko‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo‘l qo‘yilgan arifmetik xatoliklar to‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi betida baholar va summalarning to‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi. Shundan keyin inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda hisob ma’lumotlari bilan qayta ro‘yxatga olish ro‘yxati ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan farqlar qayd qilinadi.

Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:

1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi;

D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor

mahsulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti;

2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi. Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi: D-t - 9400 “Davr xarajatlari” K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;

3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi: D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;

4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi: D-t - 9400 “Davr xarajatlari” K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;

5. Kamomatlar undirib olinganda: D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” schyoti.

Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o’zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo’l qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo’lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish berilishi kerak.


Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish