Ishlabchiqarishda boshqaruv fakulteti «buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


-MA’RUZA: XO’JALIKHISOBINING PAYDO BO’LISHI VA TARIXIY RIVOJLANISHI (2-soat)



Download 0,95 Mb.
bet4/131
Sana19.09.2021
Hajmi0,95 Mb.
#179288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
Бугалтерия ҳисоби 2-3-модул маърузалар матни

1-MA’RUZA: XO’JALIKHISOBINING PAYDO BO’LISHI VA TARIXIY RIVOJLANISHI (2-soat)

Reja:

1. Xo’jalik hisobi to’g’risida umumiy tushuncha va unga qo’yiladigan talablar.

2. Xo’jalik hisobining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi.

3. Hisob turlarida qo’llaniladigan o’lchovi birliklari.

4. Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi.

5. Buxgalteriya hisobining maktablari haqida.
Pedogogik texnologiya: Aqliy hujum, savol-javob, muloqot.
1. Xo’jalik hisobi to’g’risida umumiy tushuncha va unga qo’yiladigan talablar. Korxonalarning oldiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, tannarx, foyda, mehnat unumdorligi kabi turli xil reja ko‘rsatkichlari qo‘yiladi. Ularga doir vazifalarni bajarish korxonalar moliya-xo‘jalik faoliyatlari ustidan boshqarishni va tizimli kuzatib borishni talab qiladi. Bunday kuzatish boshqarishning funksiyasi bo‘lgan xo‘jalik hisobi yordamida amalga oshiriladi.

Xo‘jalik hisobi - kishilik jamiyati rivojlanishing barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan va boshqaruvga xizmat qiladigan tizim bo‘lib hisoblanadi. Arxeolog va tarixchilarning taxminicha, xo‘jalik hisobidan eramizdan avvalgi 13 asrda Misrda, 5-3 asrlarda Finlandiyada va Fors qo‘ltig‘i davlatlarida qo‘llanilgan.

Xo‘jalik hisobini paydo bo‘lishi va rivojlanishini kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan bog‘lash mumkin. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, ibtidoiy jamoa tuzumida qabila boshlig‘i o‘z qabilasi a’zolarini sonini, ularning yemish uchun hayvonlarni ov qilishda ishtirokini va boshqa shu kabi hisob-kitoblarni amalga oshirgan. Qabila a’zolari tomonidan qilingan ovlar sonini mayda toshchalarni ma’lum bir joyda yoki idishga to‘plab hisob- kitob olib borilgan. Insoniyatni ibtidoiy avlodlari hisob qurollari sifatida dastlab qo‘l barmoqlaridan, mayda toshchalardan, cho‘pchalardan foydalanishgan.

Ibtidoiy jamoa negizida mehnat taqsimotini yuzaga kelishi va yozuvni paydo bo‘lishi, hisob olib borishda daraxt po‘stlog‘idan foydalanishga olib keldi. Hozirda ham har bir oilaning o‘z hisob-kitobi bor. Qaysi oilada hisob-kitob yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha oilaning turmushi obod bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, hisob insonlarning doimiy hamrohi va hamkoridir.

Xo‘jalik hisobidan insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo‘ladigan voqeliklarni kuzatish hamda ular uchun xizmat qiladigan mehnat vositalari va mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadida foydalanilib kelingan va foydalanilmoqda.

Xo‘jalik hisobi, eng avvalo, takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarish va xo‘jalik subyektlari faoliyatiga rahbarlik qilish uchun zarur.Kishilik jamiyatining rivojlanishi bilan, xo‘jalik hisobining usullari va texnikasi o‘zgarib borgan. Ayniqsa unga bo‘lgan talab tovar ayirboshlash davriga kelib kuchaydi. Chunki tovar almashtirishning teng baholanishi uchun sotish (ayriboshlash) qanday ekvivalent tenglik asosida yuz bergan bo‘lsa, sotib olish ham xuddi shunday qiymatlar tengligi asosida yuz berishi kerak. Tovar ishlab chiqaruvchining xo‘jaligida bir iste’mol qiymatidagi tovarni boshqa iste’mol qiymatga, boshqacha qilib aytganda tovarni tovarga ayriboshlash yuz beradi. Bunday almashtirishning teng baholanishi uchun ishlab chiqarilgan tovarlarga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfi miqdorini bilish talab qilinadi. Bunday ma’lumotlar xo‘jalik hisobini yuritish bilan olinadi.

Xo‘jalik hisobi insonlarning ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan va bo‘ladigan hodisalarni kuzatish asosida, mehnat qurollari va mehnat buyumlarini hamda jonli mehnat jarayonlarini hisobga olish maqsadlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xo‘jalik jarayonlariga ta’sir etib, ularni rivojlanish istiqbollarini ko‘rsatib beradi.

Xo‘jalik hisobi, korxonaning tasarrufidagi mablag‘lardan takror ishlab chiqarish jarayonida foydalanishda moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish, boshqarish va unga rahbarlik qilishga xizmat qiladi. Bunday ta’rifdan xo‘jalik hisobi bajaradigan quyidagi funksiyalarni belgilab olish mumkin (1-chizma).

1. Axborot berish funksiyasi - korxonalarning faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni kuzatish, kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor va qiymat ko‘rsatkichlarda o‘lchash va hujjatlarda qayd qilib borish;

2. Nazorat qilish funksiyasi - korxonalarning faoliyatida sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlar ustidan nazorat o‘rnatish va unga ta’sir etish;

3. Tahliliy (analitik) funksiyasi - sodir bo‘ladigan iqtisodiy jarayonlarni umumlashtirish, guruhlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun joriy hisob ma’lumotlarini tahlil qilish.




Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish