Operativ-texnik hisob – korxonalar faoliyatida sodir bo‘ladigan ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarni kuzatish, nazorat qilish va o‘zining texnik vositalari yordamida yig‘ish hamda qaror qabul qiluvchilarga yetkazib berish tizimidir.
Operativ-texnik hisob yordamida boshqaruv uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar foydalanuvchilarga (menejerlarga, buxgalterlarga, ta’minot bo‘limi xodimlariga, korxona muxandislariga va boshqa tashqi foydalanuvchilarga) huquqiy maqomga ega bo‘lgan hujjatlarni tuzmasdan ma’lumotnomalar yordamida yoki og‘zaki holda, telefon, faks, telegraf, modem yoki internet orqali yetkazib beriladi. Operativ-texnik hisob sodir etilgan hodisa va voqealiklarni tezkorlik bilan kuzatib, miqdor jihatdan o‘lchab, korxonaning boshqaruv apparati xodimlarini hamda moliyaviy va boshqaruv hisobini ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. O‘zining oddiyligi bilan hisobning boshqa turlaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |