2. Xo’jalik hisobining turlari: tezkor (operativ), statistik va buxgalteriya hisobi. Korxonalar, firmalar, tashkilotlar, umuman barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar (keyinchalik korxona deb aytiladi) o‘z faoliyatlarida moddiy (xom ashyo, materiallar, tayyor mahsulotlar, yoqilg‘i, binolar, transport vositalari, asbob - uskunalar va boshqa shu kabi moddiy resurslar), mehnat va moliyaviy resurslari hamda turli xil xizmatlardan foydalanadilar. Ularni moliyalash, ya’ni pulini to‘lash lozim bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |