1-chizma. Xo’jalik hicobining funktsiyalari
Shuningdek, korxonalar faoliyatini amalga oshirishda, boshqarish uchun ko‘plab axborotlar zarur bo‘ladi. Bu axborotlarni hujjatlashtirish va qaydlash uchun zarur bo‘lgan ishlar (kuzatish, o‘lchash, qayd qilish) hisob olib borishni taqozo etadi. Amaliyotda xo‘jalik hisobi ishlarini tashkil qilishning tezkor (operativ - texnik), statistika va buxgalteriya hisobi turlari mavjud (2-chizma).
Hisob ishlarini tashkil qilishning bu turlari uzviy bog‘langan bo‘lib bir-biridan bajaradigan vazifasi, qayerda qo‘llanishi va o‘ziga xos uslublari bilan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |