4-chizma. Pul o’lchov birligining afzalliklari
4. Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishi va tarixiy rivojlanishi. Buxgalteriya hisobi har qanday korxonaning iqtisodiy siyosatini shakllantirishning yagona mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Buxgalteriya hisobini paydo bo’lish va rivojlanish tarixi haqida iqtisodiy adabiyotlarda turli xil qarashlar mavjud “Ocherki po istorii buxgalterskogo ucheta” nomli asar muallifi Y.D. Sokolov buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishini va rivojlanishini uch davr bilan bog‘laydi:
600 yil oldin, korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi jarayonlarning maqsadli ro‘yxatga olinishi bilan;
500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to‘g‘risida” nomli risolasini chiqishi bilan;
100 yil oldin, bu borada har xil maktablarning paydo bo‘lishi bilan.
Tarixiy manbaalardan ma’lumki ikki yoqlama yozuvdan 1300 yillarda Fransiyaning Shampan viloyati savdo firmalari foydalangan. Rossiyalik olim Y.V. Sokolovning izlanishlari samarasi sifatida buxgalteriya uchyoti fanining asoschilaridan biri Italiyalik matematik Luko Pacholi bo‘lib hisoblanadi. U o‘zining “Schyot va yozuvlar to‘g‘risida risola” nomli kitobida bundan 522 yil avval, ya’ni 1494 yilda, buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv asosida tashkil etishni asoslab bergan va hozir ham o‘zgarishsiz foydalanilmoqda.
Biroq, buxgalteriya hisobi haqida bundan 1437 yil oldin yoki Luka Pacholidan qariyb 580 yil oldin, payg‘ambarimiz Muhammad (sollollohu alayhi vassalam)ga nozil bo‘lgan Qur’oni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatida shunday yozilgan: “Ey mo‘minlar, bir-biringiz bilan qarz muomilasini qilsangiz, yozib qo‘yinglar! Oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo‘lmish Ollohdan qo‘rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin! Zimmasida qarzi bo‘lgan kishi yozdirsin! Hech bir kotib Alloh bildirgan yozishdan bosh tortmasin, albatta yozsin! Ushbu oyatning ma’nosidan ko‘rinib turibdiki, yozuv kitob yoki daftarga qilingan. Chunki alohida varaqqa qilingan yozuvlarni saqlash qiyin va yo‘qotish oson bo‘lgan.
Ma’lumki, payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) savdo-sotiq ishlari bilan shug‘ullanganlar. Luka Pacholidan 914 yil oldin “Baqara” surasining 282 oyatiga rioya qilib, buxgalteriya hisobiga asos solib, hisob-kitob masalalarini, hujjatlashtirib, yozib qo‘yish lozim ekanligini ta’kidlaganlar. Bundan xulosa qilish mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishini va rivojlanishi professor Y.D.Sokolov ta’kidlaganidek, bundan 600 yil avval emas balkim, 1500 yil avval deb tan olinsa to‘g‘ri, bo‘lar edi.
Balkim payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning “...oralaringizdan bir kotib adolat bilan yozsin! Parvardigori bo‘lmish Allohdan qo‘rqsin va u qarzdan biror narsa kamaytirib yozmasin!” degan o‘gitlari qarzlarni hisob-kitob qiluvchi, kitob yurituvchi mutaxassis “buxgalter”ni vujudga kelishiga ham asos bo‘lgandir.
Shuningdek, o‘tgan asrning 50-60 yillarida hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog‘ozsiz shaklini yaratishga asos bo‘ldi. Bu o‘z navbatida buxgalteriya hisobini rivojlanishida yangi to‘rtinchi bosqichni boshlab berdi.
Shunga ko’ra buxgalteriya hisobini rivojlanishida qo’ydagi to’rt bosqichni ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. Qur’oni Karimning “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lgunga qadar;
2. Ollohdan “qarzlarni” yozib qo’yish to’g’risidagi “Baqara” surasi 282 oyatini nozil bo’lishidan Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to‘g‘risida” nomli risolasini chiqishiga qadar;
3. 500 yil oldin, bu borada Luka Pacholining “Schyot va yozuvlar to‘g‘risida” nomli risolasini chiqishidan keyingi davr;
4. Hisoblash texnikasini, keyinchalik esa shaxsiy kompyuterlarni ixtiro qilinishi va rivojlanishi, buxgalteriya hisobini qog‘ozsiz shaklini yaratilishi bosqichi.
Yuqoridagi keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya hisobi, fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o‘tmishga ega.
Shu yerda O‘zbekistonda buxgalteriya hisobi qachon shakllana boshlagan? - degan bir haqli savol tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |