“ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi



Download 450,89 Kb.
bet103/155
Sana27.03.2022
Hajmi450,89 Kb.
#513280
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси фанидан Маъруза матн

Fan-texnika taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnika taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital qo‘yilmalar (investisiya) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investisiyalar qo‘yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun atom elektrostansiyalarini kurish zarur bo‘ladi. Gaz va yoqilg‘i dvigatellari, konvyer va yig‘ma liniyalar bizning hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
Iqtisodiy o‘sish va uning omillari
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investisiyalar o‘qyish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. ¡z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning 30 foizga yaqini oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega. Lekin oliy yoki o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bo‘yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va ko‘pchiligi ta’lim olgan sohasi bo‘yicha faoliyat turida band emas.
Amaliy hayotda iqtisodiy o‘sishni to‘xtatib turuvchi omillar ham mavjud bo‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof-muhitning ifloslanishi va shu kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda Respublikada davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘ligini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshiriladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intekllektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.
Moddiy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasini hisoblasak, boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo‘ladi. Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar, yaratilgan san’at asarlari, intellektual salohiyatni, balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi.
Aytilganlardan kelib chiqib, milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik.
2. Nomoddiy boylik.
3. Tabiiy boylik.
Moddiy buyumlashgan boylik oxiri-oqibatda ishlab chiqarishning unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qisman jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1. ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi hamda o‘zining texnikaviy darajasi bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi;
2. noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar). Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy-joy fondi, ijtitimoiy madaniy xususiyatdagi obyektlar kiradi;
3. aylanma kapital (fondlar). Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‘lib, asosiy kapitalning taxminan 1/4qismini tashkil qiladi;
4. tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo‘lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi;
5. moddiy zaxiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichidagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zaxiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlarikiradi. Moddiy zaxiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi.
Davlat ehtiyojlariga oltin zaxiralar, sug‘urta va mudafaa ehtiyojlari uchun zarur zaxiralar kiradi:
- aholining uy, xususiy va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil, madaniy-maishiy buyumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarni qiymati kiradi.
Moddiy buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi;

  • ishlab chiqarish samara­dorligining ortishi;

  • milliy daromadda jamg‘arish meyorining ortishi.


Download 450,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish