25-Mavzu. Axoli daromadi va turmush darajasi
REJA:
1. Bozor Iqtisodiyoti taksimoti qonuni va axoli daromadi shakl-
lanishi;
2. Bozor Iqtisodiyoti sharoitida daromadlarning tabakalanishi;
3. Axoli turmush darajasi;
1. Bozor Iqtisodiyoti taksimoti qonuni va axoli daromadi
shakllanishi;
Jamiyat a’zolari muayyan yullar bilan ega bulgan yashash uchun zarur moddiy ne’matlar xizmatlar yoki ularning pul kurinishidagi summasi axoli daromadlarini Tashqil etadi.
Kishilarning va kancha daromadga kanday kilib ega bulishlari ularning sub’ektiv xoxishlariga boglik emas. Bu jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va tuzumiga hamda uning ob’ektiv qonunlariga boglikdir. Aniqrok aytganda, daromadlar kanday bulishi, avvalo mulkchilikka, ya’ni mulk sifatda kim nimaga va kanchalik ega bulishiga hamda ularni ishlatish samarasiga boglikdir. Mana shu bozor Iqtisodiyoti taksimot qonunining mazmunini Tashqil etadi. Shunga binoan kapital egasi-foyda, ish kuchi egasi-ish xaki, pul egasi-foiz va divident, er egasi - renta oladi. Demak muayyan mulk bulgan narsalar ishlab chiqarish, xizmat kursatish omili bulib xizmat kiladi va uning samarasi kancha yukori bulsa, daromadlar xam shuncha yukori va cheksiz bulishi mumkin. Shuning uchun bozor Iqtisodiyotida daromadlarning cheklanmasligi xosdir.
Birok muayyan sharoitda daromadlarni belgilovchi samara-dorlik mezoni (ulchovi) bozorda aniqlanadi. YA’ni resurslar samaradorligi ulardan foydalanib xosil kilingan maxsulotning, kilingan ishining bozor talabiga kanchalik mosligiga, kanchalik tan olinishiga boglikdir. Shunga karab daromadlar xosil buladi. Demak, taksimot qonunining amal kilishiga talab-taklif qonuni va boshka qonunlar xam ta’sir kursatadi.
Bozor munosabatlariga ekvivalentlik xarakterli bulib, taksimot munosabatlarida xam omillar bergan natijaga muvofik daromad taksimlanadi. Birok, xamma munosabatlar xam shunday bulavermaydi. Asosiy qonuniyatdan chetlashish, noekvivalentlik taksimot xollari xam mavjud. Masalan, ish xaki xamma erda va xamisha ishchi kilgan mexnatning tula ekvivalenti bulavermaydi. Binobarin, foyda, foiz, divident, renta va boshkalar kandaydir samaraning xakikiy ekvivalenti bulmasligi mumkin. Xayr exson, ijtimoiy ximoya va shu kabilardan keladigan daromadlar xam shuni kursatadi.
Shuningdek davlatning daromadlaridan oladigan xissasi xam uning iqtisodiy usishga kushgan xissasi muvofik bulmaydi, balki umuman davlatning talab extiyojlariga muvofik buladi. Ekviva-lentlikning jiddiy va doimiy sur’tda buzilishi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy okibatlarga olib keladi. Iqtisodiy tarakkiyotni sekinlashtiradi.
Daromadlarni asl manbai ishlab chiqarishdir. Ishlab chikarilmagan narsa taksim bulmaydi. Daromadlar ishlab chikarilgan maxsulotlarning (Qiymatining) muayyan shakillarda taksimlanishi bulib, ular bir-biridan fark kiladi: ish xakini manbai asosan zaruriy maxsulot bulib, boshka daromadlarning manbai esa, asosan kushimcha maxsulotdir.
Bozor Iqtisodiyoti rivojlanib borgan sari jamiyat a’zolari bir vaktda xar xil daromad olishlari mumkin. Masalan, ishchi kuchi egasi sifatida ish xaki, pul egasi sifatida foiz, aktsiya egasi sifatida divident olishi va shu yul bilan daromadlar manbai aralashib ketishi sodir buladi. Kelajakda asta sekin mulksizlar xam mulkdorlarga aylanib borishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |