Toshkent tibbiyot akademiyasi
I- Ijtimoiy- gumanitar fanlar kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani
Mavzu: 12- Aholi daromadlari va turmush darajasi
Mavzu: Axoli daromadi va turmush darajasi. Ish xaqi va
mexnat munosabatlari
1. Axolining daromadlari va uning tarkibi.
2. Bozor iqtisodiyoti- sharoitida axoli daromadlarining tabaqalanish sabablari.
3. Axoli turmush darajasi va uning ko‘rsatkichlari.
4. O‘zbekistonda ijtimoiy siyosatning o‘ziga xosligi va asosiy yo‘nalishlari.
5. Ish xaqining iqtisodiy mazmuni, tashkil etish shakllari.
Adabiyotlar:
-
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy isloxatlarni chuqurlashtirish yo‘lida. T. 1995 yil.
-
Karimov I.A Erishgan marralarimizni mustaxkamlab, isloxatlar yo‘lidan borish asosiy vazifamiz. Xalq so‘zi. 10 fevral, 2004 yil. Xalq so‘zi19 fev.2005y. Xalq so‘zi 11fev.2006y.
-
Sh.Shodmonov, T.Juraev. Iktisodiyot nazariyasi.T.2002yil XXSh-XI bob.
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Umarov raxbarligi. T .2002yil.XI- XII boblar.
-
N.Beknozov. Iqtisodiyot nazariyasi. T.2005 XVIII boblar.
-
A.Ulmasov Iqtisodiyot nazariyasi T.2006yil XIX boblar
I. Axoli daromadlari.
Xozirgi zamonda rivojlangan mamlakatlarda qaror topgan bozor iqtisodiyoti sivilizatsiyalashgan va sotsial yo‘naltirilgan iqtisodiyotidir. Sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti avvalom bor davlat tamonidan tartibga solinadigan va xalqning faravonligini oshirishni, iqtisodiy axvoli nochor bo‘lgan axoli qatlamlarini kuchli sotsial ximoyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
Ushbu maqsadga asosan bozor mexanizmiga xos bo‘lgan vositalar orqali erishiladi.
Bozor iqtisodiyotida kishilarning shaxsiy naf va foyda olishga intilishi va ular o‘rtasidagi kuchli raqobat taraqqiyotning xarakatga keltiruvchi kuch bo‘lib, uning rivojlanish darajasini ko‘taradi.
Uning natijasida vujudga keltirilgan yuksak darajada tarakkiy etgan ishlab chiqarish iqtisodiyotdagi taqsimot munosabatlarida insonparvarlik tamoyillarining, amal qilishi uchun moddiy zamin yaratadi.
Lekin farovonlikni taminlashdan insoniylik qoidasi amal qilishi uchun iqtisodiy tizimda xam sifat o‘zgarishlari bo‘lishi shart (talab qilinadi).
Mulkning demokratiyalashuvi mulkdorlar doirasini kengaytiradi, xilma-xil mulkdorlar paydo bo‘lib, ular muvozanat saqlashga xizmat qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xususiy mulkning korporativ shakllarining vujudga kelganligi tufayli mulksiz yollanma ishchilar, mexnatkashlar mulk egasiga, mulkdorlarga aylanadilar, ya'ni mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir.
Ish kuchining axamiyati beqiyos oshib ketadi, ishlab chiqarishda xal etuvchi o‘rin tutadi. Ish kuchi soxiblari boshqa mulkning egalariga xam aylanadi. (aksiya sotib olish orqali ular korxonadagi mulkning sherigiga aylanadi). Myexnat va mulk funksiyasining oddiy fuqoro qo‘lida jamlanishi iqtisodiyotning insoniylik pritsiplariga buysundiradi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi moddiy va mulkiy o‘zgarishlarning yuz berishi ishlab chiqarishga farovonlikni oshirishdek aniq sotsial yo‘nalish beradi.
Bu yo‘nalish ikki yo‘l bilan ta'minlanadi. Birinchidan, mulk soxibalarining iqtisodiy faolligi orqali. Ikkinchidan, davlat daromadlarini qayta taqsimlab, uziga to‘qlar daromadning bir qismini olib axolining nachor tabaqasiga beradi. Natijada ommaviy faravonlik oshadi.
Bozor iqtisodiyoti qoidalaridan biri bozordagi talabga ishlash, uni kondirishdan iborat. (shundagina pul topish, boylik ortirish mumkin.)
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni kelib chikadi. Bu qonunga kura, iqtisodiy faoliyat negizida pul topib, boy bo‘lish emas, balki jamiyatda nufuzli, obro-e'tiborli bo‘lish, uz nufyzi bilan nom chiqarish va shu yo‘sinda ijtimoii xayotda uz o‘rnini topishga intilish maqsadi yotadi. Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy farovonlik yuz beradi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib va mustaxkamlanib borgan sari unga xos bo‘lgan taqsimot tamoyillari va vazifalari tabora kengayib boradi.
Bozor xo‘jaligida taqsimotning uz pritsiplari borki, ular rusurslarning maxsulot va xizmatlar yaratishdagi xissasini xisobga oladi.
Kapital, tadbirkorlik qobiliyati, ish kuchi va yerdan iborat resurs egalari uz resurslarining ishlab chiqarish omili sifatida iqtisodiyotga kushgan xissasiga qarab daromad oladilar.
Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga kura, moddiy ne'matlar va xizmatlar resurslar bergan pirovard natijasiga qarab, ularning egalari o‘rtasida taqsimlanadi.
Taqsimot qonuniga binoan, ish kuchi soxibi ish xaqi oladi. Kapital egasi foyda, pul egasi protsent va divident oladi (menejer xam foyda xam ish xaqi oladi, utmishdagi mexnat va xizmatlar uchun pensiya to‘lanadi).
Taqsimotning bozor pritsiplari xukmron bo‘lsada, jamiyatda uning nobozor qoidalari amal qiladi (nogironlar, kambag‘allar, boshpanasizlarga yordam ko‘rsatish taqsimotidagi ijtimoiy xayr-exson pritsipi bo‘lib, uning bozor qonunlariga alokasi yuk, balqi jamiyatdagi insoniylik munosabatlarining maxsuli xisoblanadi).
Daromadlar manba jixatidan farq qiladi. Ish xaqining manbai zaruriy maxsulot bo‘lsa, foyda penta, protsent va dividentning manbai qo‘shimcha maxsulotdir (bir sub'ekt xar xil manbadan daromad kurishi mumkin. Masalan: ishchi ishlagani uchun ish xaqi oladi, aksiya egasi bo‘lgani uchun divident oladi).
Daromad uz egasi ixtiyoriga kelib tushishi shakli jixatidan xam turlicha bo‘ladi.
Pul daromadidan tashqari notura daromadi va imtiyoz shaklidagi daromad
xam mavjud.
Daromad unsurlarining o‘zaro munosabati va ularning ma'lum nisbatda bo‘lishi daromadning tarkibiy tuzilishini tashkil etadi. Bu tuzilish turli daromadlar shaklining xissasi turlicha bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar asosan pul shaklida, qisman notura shaklida, bepul yeki imtiyozli xizmat shakllarida xam bo‘lishi mumkin.
Axoli pul daromadlari ish xaqi,tadbirkorlik faoliyotidan olinadigan daromad, pensiya, nafaqa, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, kapitaldan olinadigan foyda, puldan olinadigan foiz, aksiyadan olinadigan dividend yoki renta shaklida olinadigan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar, kuchmas mulk qishloq xo‘jalik maxsulotlari, xunarmandchilik buyumlarini sotishdan va xar xil xizmatlar ko‘rsatishdan, kelib tushadigan daromadlarni o‘z ichiga oladi.
Natural daromad mexnat xaqi xisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z iste'mollari uchun ishlab chiqargan maxsulotlardan iborat bo‘ladi.
Imtiyozli daromad bepul meditsina xizmati, bepul bilim olish, ma'lum toifa axoli kvartira xaqki, kommunal xizmat va transport xaqi bo‘yicha imtiyozga ega.
Daromad tizimida ish xaqqi asosiy xisoblanadi, chunki axoli daromadining katta qismi uning ulushiga to‘g‘ri keladi.
( Masalan: AKShda deyarli 75%)
Jamiyat a'zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muxim ko‘rsatkichi bo‘lib, shu bilan birga aloxida shaxslarning dam olishi bilim olishi, sog‘liqni saqlashi eng zarur extiyojlarini qondirish imkoniyatlarini belgilab beradi. Axoli daromadlari, darajasiga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi omillar orasida ish xaqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste'molchilik bozorini tovarlar bilan tuyiganlik darajasi kabilar muxum o‘rin tutadi.
Axoli daromadlari darajasiga baxo berish uchun nominal, ixtiyorida bo‘lgan va real daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad- axoli tomonidan ma'lum vaqt orligida olingan pul daromadlari miqdori xisoblanadi.
Real daromad- axoli nominal daromadlarining tovar va xizmatlarini sotib olish layoqatidir. Real daromadga nominal daromad summasidan tashqari narx darajasi,soliqlar va boshqa omillar ta'sir qiladi.
I. Axolining nominal pul daromadlari turli manbalari xisobiga shakllanadi;
A) ishlab chiqarish omillariga olinadigan daromad;
B) davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushimlari;
V) moliya-kredit tizim i orqali olinadigan pul daromadlari;
Axoli pul darrmadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.
Bu manbalar xisobiga pensiya ta'minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda jamiyat azolarining daromadlari tuzilishida ularning turli qismlari va manbalari nisbati va turli shakllari rivojlanib boradi.
II. O‘zbekistonda axoli pul daromadlarining tarkibi va uning o‘zgarishi.
Puldaromadlari
|
2000 yil
|
1999 yil nisbat % xisobida
|
Mld so‘m
|
%
|
Barcha pul daromadlari
|
2373.4
|
100.0
|
157.7
|
Shu jumladan
1. Ish xaqqi
|
670.9
|
28.3
|
139.3
|
2. k/x maxsulot sotishdan olingan daromad
|
619.7
|
26.1
|
158.9
|
3. ijtimoiy transfertkar
|
353.7
|
14.9
|
170.8
|
4. mulkdan, tadbirkorlikdan olingan daromad va boshqa daromadlar
|
729.1
|
30.9
|
170.9
|
III. Bozor iqtisodiyoti daromadlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi, ular uch guruxga bo‘linidi.
A) mexnatdan kelgan daromad
B) tadbirkorlardan kelgan daromad
V) mulkdan kelgan daromad.
Mexnatdan kelgan daromad- bu yollanib ishlovchi kishilarning daromadi bo‘lib ish xaqi va turli foydadan ajratiladigan mukofotlardan iborat bo‘ladi.
Tadbirkorlik daromadi foyda shakliga kiradi.
Mulkdan kelgan daromad- dividend, foiz va ijara xaqidan iborat bo‘ladi.
Pensiya- daromadning maxsus turi bo‘lib, uni qarilik yoki nogironlik tufayli ishga yaramay kolganlarga va davlat firma yoki nodavlat tashkilot tomonidan to‘lanadi.
Qarilik pensiyasi ishlab topilgan, lekin berilishi kechiktirilgan daromadga kiradi. Xar bir kishi ishlab topgan pulining bir qismini pensiya jamgarmasiga utkazib boradi, bu pul xodim pensiyasiga chikkach unga ma'lum meyorda qaytariladi.
Nogironlik pensiyasi ishlab chiqarilgan pul bo‘lmay, o‘zini o‘zi boka olmaydigan kishilarni moddiy ta'minlab turish uchun ajratilgan puldir.
Nafaqa- daromadning maxsus turi bo‘lib, ijtimoiy yordamga muxtojlarga, odatda, kambag‘allarga bir yo‘la yoki muqim ravishda davlat, firmalar, xayriya tashkilotlari beradigan puldan iborat. Miqdori- moddiy imkoniyatga bog‘liq.
Stipendiya- daromad turi bo‘lib, undan talabalar foydalaniladi, amalda bu yordam puli bo‘lib, ularning kelajakda naf keltirishi etiborga olib beriladi. Stipendiyani davlat yoki firmalar to‘laydi. Barcha daromad turlda yalpi daromadni xosil etadi.
II. Daromadning tabaqalanishi.
Bozor iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyati taqsimot munosabatida tenglikni emas,balki tengsizlikni keltirib chiqarishi tabiiy xoldir. Chunki bozor iqtisodiyotining muxim belgisi iqtisodiy erkinlik va erkin raqobat kurashi jarayonidir.
Bozor iqtisodiyotidagi daromadlar tengsizlikning ikki ziddiy jixati mavjud: tengsizlik, birinchidan, a) adolatli, ikkinchidan, esa b)adolatsiz xisoblanadi.
Daromadlarning ish qobiliyati, bilim, malaka, maxorat va umuman saloxiyatga qarab taqsimlanishdan kelib chiqqan tengsizlik tabiatan adolatli xisoblanadi.(yaxshi ishlagan ishga yoki xizmatchiningsh ko‘p daromad topishi tabiy, chunki u xayotiy ne'matlarni ko‘p va sifatli yaratgani uchun ularni ko‘proq o‘zlashtirishi kerak).
Katta daromad yaxshi ish natijasi bo‘lganidan bu xam umuminsoniy qoidalar jixatidan adolatli daromad xisoblanadi.(mulkdan keladigan renta, protsent va dividend kabi mexnatdan topilgan daromad xisobiga jamlangan mulk keltiradigan daromadlar xam umuminsoniy jixatdan adolatli xisoblanadi.
Ishchi- xizmatchi ish xaqi, tadbirkor foydasi xisobidan sotib oligan aksiya yoki obligatsiya keltiradigan daromad xam dvident yoki protsent adolatli daromad xisoblanadi.
Bozor iqtisodiyotda adolatsiz daromadlar xam bor.
A) tovor yoki fond birjasida birja chayqovchiligi yuz berganda, diler bir necha minut davomida aksiya kursining tushishi yoki ko‘tarilishidan millonlar bilan xisoblanadigan daromad topadi.
B) Bozor iqtisodiyotida katta puldorlar xam yuk emas, ular uz pulini bankga qo‘yib, uzlari umuman mexnat kilmay mumay daromad topishadi. Buni xam adolatdi daromad deb bo‘lmaydi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanib, sivilizatsiyalashgan sari xalol, binobarin, adolatli daromadlar salmog‘i ortib boradi. Adolatli daromadlar axamiyatining ortib borishi iqtisodiyotning insoniylashuvini bildiradi.
Bozor iqtisoditiga daromadlarning tengsizligi, ularning farqlanishi xosdir.
Daromadlardagi tengsizlik kishilar ishlab topgan pul miqdorida katta farqlar bo‘lishini bildiradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligining asosiy sabablari kuyidagilardan iborat bo‘ladi.
a) kishilarning intellektual, jismoniy, estetik, qobiliyatlarining turliligi, biltm va kasb tayyorgarligidagi farqlanishi;
b) kishilarning ko‘proq daromad olish maqsadida bir necha joylarda o‘rindoshlik asosida ishlashdir;
v) mulkka egalik qilishdagi farqi;
g) kishilarning bozordagi mavkeilaridagi farqlar, ularning baxoni oshirib borishiga moyilliklari;
d) omad, alokalar, baxtsizlik va kamsitilishi;(diskriminatsiya)
Daromadlardagi tenglik, samaradorlikning susayishiga olib keladi.
Tensizlik esa mexnatga rag‘batni tugdiradi va samaradorlikni usishiga olib keladi. Daromadlardagi tengsizlikni yumshatish uchun davlat iqtisodiy nochor axoli qatlamlariga satsial yordam ko‘rsatadi.
Tengsizlikni asosan to‘rt omil yuzaga chiqaradi.
1. Kishilarning tug‘ma qobiliyatlari, kuch- kuvvati, akl- idroki, saloxiyat va zakovati, xullas, ish qobiliyati bir xil emas. Shu sababli ular xar xil daromad kuradilar. Masalan: AKShda GOLIVUDning kino yulduzi bir yilda 20mln. dollar topsa, malakali shifokor 80 ming dollar, ukituvchi 40ming dollar, qishloqdagi mavsumiy va kelgindi ishchi esa 15ming dollar daromad topadi,
2. Daromadagi tengsizlik ishlab pul topish imkoniyatlariga bog‘liq. Bilim olish, kasb egallash, malakasini oshirish imkoniyatlari bo‘lgan va ish topiladigan joyda daromad kup bo‘lsa, bunday sharoit yuk joyda daromad oz bo‘ladi. Ishlab turgan kishi bilan ishsizning ,garchi kobilayati bir xil bo‘lsada, daromaddi turlicha bo‘ladi. Masalan: AKShda ishlaydigan ishchi bir oyda o‘rtacha 3200 dollar ish xaqki olsa, ishsizga 600 dollar ishsizlik nafaqasi beriladi.
3 Tengsizlikni oila tarkibining xal bo‘lishi xam yuzaga keltiradi. Agar oila tarkibida pul toparlar kup bo‘lib, bokimandalar oz bo‘lsa, uning daromaddi kup bo‘ladi. Aksincha bo‘lsa daromad oz bo‘ladi.
4. Daromadlardagi farqni iqtisodiy vaziyat xam yuzaga keltiradi. Bozorda kutilmaganda narx oshib ketsa, ya'ni tadbirkorga omad kulib boqsa, katta daromad koladi. Bordi-yu narx tasodifan pasayib ketsa, kutilgan daromad xam olinmaydi.Demak, daromadlardagi farqni bozor xolatidagi o‘zgarishlar xam yuzaga keltiradi. Bozor qonunlariga mos ravishda jamiyat kabul kilgan va qonuniy ruxsat berilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar adolatli tengsizlik xisoblanadi.
G‘ayri qonuniy ya'ni man etilgan usullar bilan topilgan daromadlardagi farqlar esa adolatsiz tengsizlikni vujudga keltiradi. Adolatsizlik tengsizlik yashirin iqtisodiy faoliyat bor joyda yuzaga keladi. Masalan: Reket yeki narkobiznesdan mo‘may pul topish daromadlarni keskin farqlantiradi.
Daromadlardagi adolatli tengsizlik tabiiy bir xol bo‘lib, daromadi ozlarni yaxshi ishlab pul topishga undaydi. Daromadlardagi farqlar axoli jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad summasiga qarab aniqlanadi.
Suniy ravishda daromadlarni tenglashtirishga urinish, taqsimot tajribasida adolat tamoillarining buzilishidir.
Bir tekisda taqsimlash sotsial adolat va moddiy manfatdorlikka putir yetkazib, sotsial- iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi.
Barcha turdagi daromadlar usgan vaziyatda daromad egalarining tabaqalanishi yuz beradi. Tengsizlik bor joyda kambag‘allik muammosi xamisha mavjud bo‘ladi.
Daromadlarga qarab axoli tabaqalashganda uning xar xil qatlamlari paydo bo‘ladi. Bu qatlamlarga boylar, o‘rta xollar va kambag‘allar kiradi. Boy, kambag‘al yoki o‘rta xol degan tushuncha nisbiydir. Bu xar bir mamlakat iqtisodiyotining darajasiga bog‘liq.
Axoli jon boshiga xisoblangandagi daromadlar tirikchilik minimumidan past bo‘lsa, unday kishilar kambag‘al deyiladi. Bu farq qanchalik manfiy bo‘lsa, kambag‘allik darajasi shunchalik chukur bo‘ladi.
Jon boshiga daromadlar tirikchilik minimumidan yuqori bo‘lsa, bunday kishilar o‘rta xol va boy kishilar guruxiga kiradi. Kambag‘allar xissasi turlicha. Iqstisodi bakuvvat mamlakatlarda kambag‘allar ozchilik bo‘lsa, iqtisodi rivojlanmagan mamlakatlarda ular kup bo‘ladi. Masalan: 2000y. Nigeriyada jon boshiga yaratilgan maxsulot va xizmatlar 760 dollar bo‘ldi. Bu dunyodagi eng past ko‘rsatgichlardan biri xisoblanadi. Bu yerda kambag‘allar 63% tashkil etadi.
Malayziyada bu ko‘rsatgich tegishli ravishda 8360 dollar va 15,5% edi xalos.
Boylar odatda katta daromad soxiblari xisoblanadi. Dunyoda o‘ta boy deganda boyligi 1 mlrd dollardan ortiq bo‘lganlar tushiniladi. Boylar va kambag‘allar oraligidagi qatlam o‘rta xollar bo‘ladi
O‘rta xollar- axolining boyib ulgurmagan, lekin o‘ziga to‘q qatlami. Bular rivojlangan mamlakatlarda ko‘pchilik bo‘lsa, iqtisodiy zaif mamlakatlarda ozchilikni tashkil qiladi.
Kambag‘allik xamma yerda bor, u umumbashariy xodisa, shu sababli uni yo‘qotib bo‘lmagan takdirda xam qisqartirib borish zarurati paydo bo‘ladi. Bunga 2 yo‘l bilan erishiladi.
Birinchisi, kambag‘allarda iqtisodiy faollik uyg‘otish. Ikkinchidan, kambag‘allarga davlatning va firmalarning moddiy yordam berishini tashkil etish. Bu vosita zarur bo‘lsada, boqimandalik kayfiyatini tug‘dirib, faollikka undamaydi. Shu sababli bu yo‘l uzini uzi boqishga qodir bo‘lmagan kishilarga, masalan: nogironlarga va kup bolali oilalarga nisbatan saqlangan xolda ko‘llaniladi.
Davlat sotsial siyosat orqali axolining boy va kambag‘al qatlamlari o‘rtasidagi farqning chukurlashib ketib, sotsial tafovut va ziddiyatlarga olib kelishining oldini olishga xarakat qiladi
Bizning Respuplikada xam bozor iqtisodiyotiga o‘tishi daromadlar tengsizligi muammosini keskinlashtiradi.
Bu yerda asosiy rolni mol-mulkka (uy-joy, kuchmas mulk, aksiya va boshqalar) ega bo‘lish omili o‘ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jaroyoni yetarli darajada tez boradi, minimal darajadan bir necha o‘n baravar yuqori daromadga ega bulgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqaradi.
III. Axoli turmush darajasi.
Axoli turmush darajasi , tushunchasi murakkab sotsial- iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilarning yashashi uchun mavjud bo‘lgan moddiy va ma'naviy ne'matlar bilan ta'minlanishidir.
Ishlab chiqarishning sotsial samarasi kishilar farovonligida, ya'ni turmush darajasi va sifatida namoyon bo‘ladi.
Kishilar xayotiy extiyojlarining qondirilishi me'yori turmush darajasi deyiladi. Uning muxim jixati noz- ne'matlar iste'moli xisoblanadi.
Iste'mol miqdori va tarkibining ishlab chiqarishi xolatiga qarab shakllanishi qonuniy xodisadir.
Axoli turmush darajasi- mamlakatdagi iqtisodiy taraqqiyot darajasiga mos keluvchi xayot sharoitlarining yig‘indisijamisidir. Turmush darajasi ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasiga, tovar va xizmatlar mo‘l- ko‘lligiga ,kishilarning iste'mol miqdoriga va sifatiga bog‘liqdir.
Turmush faravonligi (axoli iste'moli) mamlakatda ishlab chiqilgan milliy daromadning mutlok xajmiga, uning iste'mol va jamg‘arish fondlariga bo‘linish nisbatiga bog‘liq bo‘ladi.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos qoidalardan biri- milliy daromadda iste'mol xissasining ortib borishidir, ya'ni milliy daromadning tobora ko‘proq qismining farovonlikka qaratilishidir. Bunga quydagilar va izoxlash mumkin:
-
Milliy daromadning ko‘proq qismini jamgargan xolda(10-15%) baqaror iqtisodiy usishni ta'minlash mumkin ( jamg‘arishning samaradorligini oshirish asosida)
-
Iqtisodiy usishda inson omilining (roli) axamiyati bekiyos ortadi (bu iste'molni kengaytirish orqali ish kuchi malakasini oshirishga olib keladi, chunki yuksak texnologiya sifatli ish kuchini talab qiladi).
3. Iqtisodiyot rivojlangan sari axolining, binobarin, iste'molchilar sonining kupayishi sustlashadi, bu esa jon boshiga yaratilgan (maxsulotni) daromadni kupaytirish omillaridan biri xisoblanadi.
4. Eng muximi, bozor iqtisodiyoti aralash iqtisodiyot shaklini olgan. sharoitda axolining talab-extiyojini qondirib, uning farovonligini oshirishdan iborat insonparvarlik tamoyili kuchayib boradi, bu esa iste'mloni kengaytirishni takozo etadi.
Turmush darajasi faravonlikni iste'mol va uning natijasi jixatdan xarakterlaydi. Uning ikki guruxdan iborat o‘zaro berilg‘an ko‘rsatkichlari mavjud. ,1u/! ya^.si-,.
Birinchisi, qiymat pul ko‘rsatkichlari. Ikkinchisi- oddiy-natural ko‘rsatkichlari.
I. bunga-ish xaqi, nafaqa, pensiya, stipendiya miqdori, oilaning yalpi va jon boshiga xisoblangan barcha pul daromadlari, kishilarning iste'molni kondirish uchun pul (xarajatlari),jon boshiga xisoblagan milliy daromad va undan istemol fondi, axolining real daromadi.
II. bular- jon boshiga natural ulchamda ozik-ovkat, kiyim-kechak iste'moli, bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joy satxi, ro‘zg‘orda ishlatilgan energiya miqdori, oilaning uzoq muddat xizmat qiluvchi texnikaviy tovarlar bilan ta'minlashi kabilar.
Turmush darajasi qanday miqdordagi va qanday sifatdagi tavarlar va xizmatlarni iste'mol etish bilan tavsiflanadi. Shu nuqtai nazardan daromad nfminal va real daromadlarga bulinadi.
Nominal daromad- pul shaklidagi jamiki daromad bo‘lib, inflyasiya xisobidan usadi. Lekin turmish darajasini ifodalamaydi, chunki qancha noz ne'matlar iste'mol etilishi narx-navoga xam bog‘liq bo‘ladi. Xaqikiy faravonlik darajasiga real daromad bilan belgilanadi.
Real daromad- iste'mol tovarlar va xilma-xil xizmatda ifodalangan daromad bo‘lib, pul daromadi xarid qobiliyatini bildiradi, turmush darajasini umumlashgan xolda tavsiflaydi.
Real daromadni umumiy pul daromadining miqdori, pul daromadidan chegirmalar miqdori narx-navodagi o‘zgarishlar belgilaydi (yalpi pul daromadi-majburiy va ixtiyoriy to‘lovlar=sof netto daromad).
Real daromad sof pul daromadi miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda, narx darajasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Axolii daromadlilik, darajasini yalpi milliy maxsulotning axoliy jon boshiga nisbati bilan izoxlanadi. Shunga kura mamlakatlar uch guruxga bulinadi.
I. O‘rtachadan past daromadli mamlakatlar 695$ va undan past.
II. O‘rtacha daromadli mamlakatlar 695$ va 8625$.gacha
III. yuqori daromadli mamlakatlar 8626$ va undan yuqori.
Axolii daromadi asosiy kursakich bo‘lib, u iste'molning xamma jixatlarini uzida mujassamlashtiruvchi umumlashgan ko‘rsatkichdir.
Iqtisodiyotning ijtimoiy muljali oxir okibatda kishilarning turmush sifatida ifoda etiladi. Turmush sifati turmush darajasi bilan cheklanmaydi, balqi inson turmushining umumiy shart-sharoiti, ya'ni muxiti qanday bo‘lishini xam anglatadi.
Iste'mol yuqori va turli-tuman bo‘lgani xolda turmush sharoiti yaxshi bo‘lmasligi mumkin. Buning aksi xam bo‘lib turadi. Yuqorida aytganimizdek, turmush darajasini real daromadning miqdori belgilaydi va bu pul bilan ulchanadi.
Real daromad goyat muxim, lekin axolii faravonligiga baxo berilganda buning uzi kifoya kilmaydi. Bundan tashqari xayot kechirish sharoitining ko‘rsatkichlari xam inobatga olinishi talab qilinadi.
Bular jumlasiga yashash sharoitining ekalogik tozalik, savodxonlik darajasi, toza ichimlik suvi bilan ta'minlatirish, kanalizatsiyaning mavjudligi, sixat- salomatlik, o‘rtacha umr kurish, tinch va xotirjam xayot kechirish, ertangi kunga ishonch kabilar kiradi. Bu bilan birgalikda real daromad qancha bo‘lishiga qarab inson kamolati indeksi aniqlanadi. Bu turmush sifatini umumlashgan xolda ko‘rsatadi. Shu indeks asosida kaerda xayot qandayligini bilish mumkin.
Turmush sifati real daromadga bog‘liq, lekin uning darajasiga xar doim xam mos kelavermaydi. Real daromad yuqori bo‘lgani xolda turmush sifati bunday bo‘lmasligi xam mumkin. Masalan: 2000 y. Norvegiyada real daromad Kanadagidan yuqori edi. Ammo Kanada sifati Norvegiyanikidan yuqori bo‘lgan, chunki u yerda yashash sharoiti yaxshi bo‘lgan.
Bozor tizimining eng muxim xususiyatlaridan biri-turmush darajasidagi tafovutning bo‘lishidir. Bu daromaddagi farqlar bilan ifodalanadi.
Faravonlikning usishini axolii qo‘lidagi mol-mulkning miqdoriga qarab xam bilish mumkin. Turmush darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda axolii qo‘lida daromad keltiruvchi qog‘ozlar-obligatsiya, aksiya, sertifikatlar summasi usib boradi.
IV. O‘zbekistonda sotsial siyosatning o‘ziga xosligi.
O‘zbekiston respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxatlarning asosiy maqsadi inson uchun xos bo‘lgan xayot va faoliyat sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Axolini ximoyalash va kuchli sotsial siyosatni utkazish bozor iqtisodiyotiga utishning muxim tamoyillaridan biridir.
O‘tishning dastlabki bosqichida axolining barcha qatlamlarini ijtimoiy ximoyalash yo‘li tutildi. Bu davrda ish xaqi, pensiya, stipendiya va turli nafaqalar muntazam oshirilib borildi. Tovon to‘lovlari, shuningdek imtiyozlar va turli dotatsiyalar shaklida bilvosita to‘lovlar amalga oshirildi. Shu bilan birga bir vaqtda qo‘shimcha sotsial imtiyozlar kompleksi amal qildi. (ular jumlasiga boshlangich sinflar va yolgiz nafaqaxurlar uchun tekin nonushta, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tekin ovkatlanish, maktab ukuvchilari va talabalar uchun imtiyozli ovkatlanish tashkil etildi).
Ichki iste'mol bozorini ximoya qilish cheklangan miqdordagi kamyob tavarlar bilan axolini ta'minlash chora-tadbirlari, axolini ishonchli ximoya qilishga imkon berdi.
Axolining ijtimoiy jixatdan nochor qismi bo‘lgan nafaqaxo‘rlardan nogironlar, ko‘p bolalilardan va kam ta'minlangan oilalarni, ishsizlarni, ukiyotgan yoshlarni, shuningdek sotsial soxa xodimlarini sotsial ximoyalash va qo‘llab kuvvatlashga katta e'tibor berilmokda. Yangilangan sotsial siyosat axolining barcha qatlamlarini emas, balqi ijtimoiy yordamga muxtoj qisminigina, manzilli ximoya qilishga karatilgan. Bu yordam oilaga yo‘naltiriladi va milliy an'analarimizga xos uz-uzini boshqarish organi bo‘lgan maxalla orqali beriladi.
Mamlakat miqiyosida yaratilgan milliy daromadning bir qismi ob'ektiv sabablarga kura ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etolmaydiganlarning iste'moli uchun ajratiladi. Bu ajratma “Pensiya fondi”, “Nafakalar fondi” nomi bilan yuritiluvchi fondlar orqali taqsimlanadi. Turli mulk shakllarining mavjudligi tufayli axolining sotsial ximoyasi uchun ajratilgan mablaglar xam turli shakldagi davlat, korxona, muassasalar daromadlarining bir qismidan, ya'ni belgilangan meyorlarda shakllanadi.
Undan tashqari sotsial- ximoya fondlariga mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar, xorijiy davlatlardan keladigan xomiylik va insonparvarlik yordamlari xam kushiladi.
Sotsial taminot fondining asosiy qismi davlat tomonidan belgilangan me'eyorlarga muvofi milliy daromadning bir qismi xisobidan shakllanadi.
Sotsial siyosatning muxim yo‘nalishlaridan biri ish bilan bandlikni tartibga solish siyosatidir.
Ijtimoiy ximoyalashdagi yana bir muxim masala axolini bozor baxosining tez o‘sishi, inflyasiya ta'siridan ximoya etish bilan bog‘liqdir (yangi ish joylari vujudga keltirish, axolini uz-uzini ish bilan band qilishni rag‘batlantirish, ishsizlikni kamaytirish, Yangi xunarlarga ukitish, ish xaqi, stipendiya, nafaqalar miqdorini oshirish).
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy ximoyaning o‘ziga xos xususiyatining taxlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston andozasining muxim tamoyili bosqichma-bosqich va makroiqtisodiyotning barvarorligi bilan boglangan bo‘lib, mamlakatning iqtisodiy , ijtimoiy -sotsial xarakteriga bog‘liq. Buning,ya'ni ijtimoiy ximoyaning sotsial iqtisodiy munosabat sifatidagi moxiyati jamiyat va axolii o‘rtasidagi muxtojlik xollarida yordam, kariyalarga kumaklashish, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy axvol, xayotiy zaruriy vositalar bilan ta'minlash kabi munosabatlarning manzilli va maqsadli bo‘lishidan iborat.
IV. Sotsial ximoya.
-
yo‘nalish- bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning kadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabat bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish xisoblanadi.
-
yo‘nalish-ichki iste'mod bozorini ximoya qilish, xamda ozik-ovkat maxsulotlari va noozik-ovkat mollari asosiy turlari iste'molini muayyan darajada saklab turish bo‘ldi.
-
yo‘nalish- axolining kam ta'minlangan tabaqalarini ijtimoiy ximoyalash va qo‘llab-kuvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar utkazilishi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |