“ishlab chiqarishda buxgalteriya hisobi” kafedrasi



Download 450,89 Kb.
bet24/155
Sana27.03.2022
Hajmi450,89 Kb.
#513280
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155
Bog'liq
Иқтисодиёт назарияси фанидан Маъруза матн

Qiymat ulchovi-pul vositasida tovarning baxosi aniqlanadi . Milliy pul birliklari baxo ulchovi bulib xizmat kiladi.

  • Muomala vositasi-pul vositasida tovarlar ayirboshlanadi.(soti-ladi, olinadi).

  • Jamgarish vositasi-pul vositasida boylik tuplanadi. Bunda pulning kadri me’yorida bulishi nazarda tutiladi.

  • Pulning kadrsizlanishi-pulning xarid kobiliyati pasayishi, baxolarning oshib ketishi bulib, bu inflyatsiya deyiladi.

  • Inflyatsiyaning sababi - pulning tovarlar muomalasi uchun zarur mikdoridan ortikchaligidir.

  • Pul muomalasi qonuni - muomala uchun zarur pul mikdorini belgilaydigan ob’ektiv iqtisodiy qonun bulib, uning talabiga kura, pulning mikdori sotiladigan tovarlar baxosi yigindisiga tugri, pul birligi aylanish tezligiga teskari nisbatda bulishi lozim.



    4-MAVZU: BOZOR IQTISODIYOTINING MOXIYATI VA BELGILARI.
    REJA.


    1. Bozor Iqtisodiyoti va uning asosiy belgilari.
    2.Bozor Iqtisodiyotida amal kiladigan asosiy iqtisodiy qonunlar.
    3.Bozor Iqtisodiyotining afzalliklar va ziddiyatlari.
    4.Bozor Iqtisodiyotga utish zaruriyati. Bozor Iqtisodiyotiga utish modellari.
    5. Bozor tushunchasi .Bozorning Tashqil topish shart sharoilari, asosiy belgilari va vazifalari.
    6. Bozorning iktsodiy moxiyati bo’yicha sub’ektlari va ob’ektlari bo’yicha hamda geografik joylashuvi bo’yicha tuzilishi.

    1. Bozor Iqtisodiyoti va uning asosiy belgilari.

    Erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy monopolizimni inkor etuvchi qonunlar orkali boshkarilib turiladigan Iqtisodiyot bozor Iqtisodiyoti deyiladi. Bozor Iqtisodiyoti Iqtisodiyotning shunday shaklidirki, ishlab chiqarish, iste’mol va boshka iqtisodiy munosabatlar bozor vositasida amalga oshiriladigan tovar ishlab chiqarish uning asosini Tashqil etadi. Binobarin, uning shakllanishi va rivojlanishini tovar ishlab chiqarishning, tovar pul munosabatlarining taraqqiyotisiz tasavvur etib bulmaydi.
    Tovar ishlab chiqarishda maxsulotlar muayyan maxsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ayrim, aloxida ishlab chikaruvchilar tomonidan ishlab chikariladi. Ijtimoiy extiyojlarni kondirish uchun esa ularni bozorda oldi-sotdi kilish, tovar pul ayirboshlanishi zarur buladi. Maxsulotni bozor uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarishning xam, bozor Iqtisodiyotining xam tub moxiyatini ifodalaydi. Binobarin, tovar ishlab chiqarishning shart-sharoitlari bozor Iqtisodiyotining xam shart-sharoitlaridir.
    Birinchi zarur shart - ijtimoiy mexnat taksimotining paydo bulishi va rivojlanishidir. SHu narsa ravshanki, inson xayotining birinchi muxim sharti mexnatdir. Mexnat orkali inson uchun zarur moddiy ne’matlar yaratilishi lozim. Birok, xar kim uzi uchun kerakli xamma narsani uz mexnati bilan yarata olmaydi. Xar bir kishi muayyan mexnat turlari bilan shugullanishi uchun ixtisoslashishga majburdir. Ijtimoiy mexnat taksimoti rivojlanishi bilan ishlab chiqaruvchilarning muayyan maxsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi usadi. Bu bilan maxsulotlarni ayirboshlash zaruriyati xam usadi va bozor yuzaga keladi. Mexnat taksimoti rivojlangan sari bozor xam rivojlanadi.
    Demak, bozor Iqtisodiyoti bozorga asoslangan Iqtisodiyot bulib, ijtimoiy mexnat taksimoti uning birinchi moddiy sharoitidir. U ishlab chikaruvchi kuchlar taraqqiyoti darajasini ifodalaydi. Ijtimoiy mexnat taksimoti rivojlanmagan kuldorlik va feodal jamiyatda natural ishlab chiqarish xukmron bulib, bozor Iqtisodiyoti shakllanmagan edi. Bu jamiyatda mexnat taksimotigina emas, u jamiyatlarning xarakteri xam bunga imkon bermas edi. Iqtisodiyot kul va krepostnoy dexkon mexnatiga asoslangan sharoitda erkin mexnat faoliyati va ayirboshlash rivojlanishi mumkin emas edi.
    Tovar ishlab chiqarishning va bozor Iqtisodiyotining yana bir muxim sharti-ishlab chiqaruvchilarni turli mulk egalari sifatida iqtisodiy aloxidalashuvidir. Buning dastlabki boshlanish nuqtasi xususiy mulkning paydo bulishi bulib, tovar ishlab chikaruvchilar aloxida mulk egalari sifatida mustakil faoliyat kilish imkoniyatiga ega buladi. Xususiy mulk bozor Iqtisodiyotining asosidir, uning kudratli stimulidir. Tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy aloxidalashuvi ayirboshlashning tovar ayirboshlashga aylanishining zarur sharti buladi. Turli mulk egalari O’rtasidagi ayirboshlashgina tovar ayirboshlash xisoblanadi.
    Xususiy mulk rivojlanishi bilan boshka mulk shakllari xam mavjud buladi va rivojlanib boradi. Kuldorlar va feodallar davrida ularning davlat mulki ayniksa SHarq davlatlarida kuchli edi. Iqtisodiy aloxidalashuv xususiy mulkda xam boshka mulklar-kabila, jamoa, shirkat, davlat shakllarida xam amal kiladi. Ular bilan boglik xolda Iqtisodiyotning turli sektorlari mavjud buladi.
    Biroq bozor Iqtisodiyotining rivojlanishi mexnat taksimotining va turli mulk shakllarining mavjud bulishi bilangina sodir bulmaydi. U tovar ishlab chiqarishning ziddiyatli va mashakkatli tarixiy tarakkiyot yulini bosib utadi. Bu yul natural xujalik ustidan tovar xujaligining xukmronligi shakllanish jarayonini ifodalaydi. Bunda fakat mexnatning kanday taksimlanishinigina emas, mexnat kooperatsiyasi rivojlanishi xam, mexnatning xarakteri uzgarib borishi xam muximdir.
    Natural Xo’jalikning tor bagrida asta-sekin usib borgan oddiy tovar xujaligi juda cheklangan mayda tovar ishlab chiqarish bulib, u bozor Iqtisodiyotining shakllanishiga javob bera olmas edi. Erkin yollanma mexnatga asoslangan va xar kanday tusiklarni va etishmovchiliklarni engib, tez rivojlanadigan yirik ishlab chiqarishga utish zarur edi. Tovar ishlab chiqarish usib, milliy bozorlar shakllanishi kerak edi. Bunda tovar ishlab chiqarish umumiy xarakterga ega bulib, ishlab chiqarishning moddiy resurslarigina emas, mexnat resurslari xam bozorga tortilishi, ish kuchi xam tovarga aylanishi kerak edi. Bu insonning kapitalistik ishlab chiqarishga utishini bildirar edi.
    Bu fakat kul mexnatdan mashina mexnatiga utish bilan ishlab chiqarishning jixatidangina emas, balki yirik kapitalistik xususiy mulk va ommaviy yollanma mexnatga asoslangan mulkiy va sinfiy munosabatlarda xam tub uzgarishni bildirar edi. Bu ishlab chikaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari muvofiklashuvidan iborat ob’ektiv qonuniyatni ifodalar edi.
    Birok, xar kanday utish jarayoni kabi, kapitalistik jamiyatga utish sillikkina sodir bulgani yuk. Kapitalizmning dunyoga kelishida insoniyat ukubatli tabiiy tarixiy tulgok azobini boshdan kechirdi.Zurlik uni tezlashtirdi va yana ogirlashtirdi. Kapitalistik ishlab chiqarish uchun kup mikdorda kapital xom ashyo erkin yollanma ishchi kapitalning dastlabki jamgarilishi deb atalgan iqtisodiy va gayri iqtisodiy tadbirkorlar tizimi orkali amalga oshirildi.
    Demak, tovar ishlab chiqarishning yukori boskichi bulgan kapitalistik ishlab chiqarish usulining karor topishi kapitalning dastlabki jamgarilishi bilan boglik bulib, uning ikki tomoni bor: birinchidan, bevosita ishlab chikaruvchilar ommasi shaxsan ozod, lekin ayni vaktda barcha ishlab chiqarish vositalaridan maxrum kishilarga aylanadi. Bu jarayon tovar bozorida yangi tovarning - ish kuchining paydo bulishini, ish kuchi bozorining rasmiy shakllanishini bildirar edi. Zotan kapitalizm tovar ishlab chiqarishning umumiy shakli bulib, unda xamma narsa jumladan, ish kuchi xam tovarga aylanishi uning uziga xos tipik xususiyatidir.

    Download 450,89 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish