"ishlab chiqarishda boshqaruv" fakulteti «iqtisodiyot» kafedrasi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/57
Sana15.12.2022
Hajmi1,6 Mb.
#886599
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57
Bog'liq
Industrial iqt uslubiy yangi

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti va sifat siyosati. 
2.
Sifat kategoriyasining mohiyati va ahamiyati. 


3.
Mahsulot sifati kо‘rsatkichlari. 
4.
Sifat, baho va baholash. 
5.
Mahsulot sifatini boshqarish. 
6.
Standartlashtirish va standartlar. 
7.
Sertifikatsiyalash va sertifikatlar.
8.
Sifat va xorijiy tajribalar. 
9.
Mustaqillik yillarida mahsulot sifatini va uning raqobatbardoshligini 
oshirish borasidagi yutuqlar va istiqboldagi vazifalar. 
 
14- MAVZU: Sanoat ishlab chiqarishida baho va baholash.
 
REJA: 
 
1. Baho – bozor munosabatlarining iqtisodiy kategoriyasi sifatida. 
2. Baho va baholashning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati. 
3. Davlatning baho siyosati, uning ahamiyati va zarurati. 
4. Bahoning funktsiyalari, turlari va strukturasi. 
5. Baholashni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlari. 
Uslubiy ko’rsatmalar 
Baho bozor kategoriyasi bо‘lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan 
munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash 
iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi. 
Baho siyosati - bu davlatning iqtisodiy siyosati va iqtisodiy strategiyasining 
muhim 
ajralmas 
qismidir. 
Shu 
sababli 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotni 
jadallashtirishda, mehnatkashlarning tashabbusi va omilkorligini rivojlantirishda 
baho belgilash siyosati alohida о‘rin egallaydi. Bahoni xо‘jalik mexanizmi va 
о‘zini о‘zi pul bilan ta’minlashning kо‘tarib turuvchi ustuni deyish mumkin. 
Jamoaning va ayrim xodimning daromadlari, ular iqtisodiy manfaatlari narxning
ya’ni bahoning tо‘g‘ri belgilanishiga bog‘liqdir. 
Baho bamisoli barometr kabi bozor holatini kо‘rsatib turadi, u pasayib ketsa, 
tovar bozori kasodga uchraydi, tovar nafsiz bо‘lib, uni boshqa tovar bilan 
almashtirish yoki uning sifatini yaxshilash zarurligi kun tartibiga qо‘yiladi.
Baho pul muomalasi holatiga, kreditlash samaradorligi va iqtisodiyotning 
moliyaviy sog‘lomligi bilan bog‘liq. Davlatning, korxona (firma) lar va ularda 
ishlovchilarning, umuman aholining о‘zaro rejali bog‘lanishi baho yordamida 
amalga oshiriladi, ijtimoiy resurslardan foydalanish ta’minlanadi, yalpi ichki
mahsulotni hisobga olish va taqsimlash amalga oshiriladi. Bahoni tovar qiymati 
belgilaydi, ammo bozor iqtisodi sharoitida u aniq qiymatdan yuqori yoki kam 
bо‘lishi mumkin, bu esa bozordagi о‘sha mahsulotga bо‘lgan talab va taklifga 
bog‘liq bо‘ladi. Tovar bahosining darajasi, Shuningdek, tovarning ijtimoiy 
foydaliligi darajasi va boshqa tovarlar о‘rnini bosa olishi, muomaladagi pulning 
harid quvvatiga ham boqlig‘ bо‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho yordamida 
korxonalar ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy muommolaridan biri, nima


ishlab chiqarish foydali ekanligini hal etadi. Baho tovar taklifi, aholining tо‘lov 
qobiliyati, ishlab chiqarish resurslarining oshib yoki kamayib ketishi tо‘g‘risida 
korxona egalariga axborot beruvchi vosita hamdir. Bahoning yana bir vazifasi 
qiymat о‘lchovidir, bunda qilingan harajatlar va olingan natija ma’lum bir narx 
yordamida hisob-kitob qilinadi. 
Xо‘jalik yuritish amaliyotida esa baho muhim iqtisodiy vosita, dastak deb 
qaraladi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab 
chiqarishdagi mehnat sarflanishi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. 
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf etiladi. Ularning 
majmuasi qiymatdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni 
yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira olgani 
sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar 
u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qismi qiymatni yaratishda ishtirok 
etmaydi.Muayyan baho sharoitida kо‘proq foyda olish uchun harajatlarni 
kamaytirish zarur. 
Baholar tovar ishlab chiqarishning rivojlanishiga о‘z vazifalari orqali ta’sir 
etadi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan haridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat 
bо‘lganidan narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Haridor 
deganda, biz tovar va xizmatlarni iste’mol etuvchilar – fuqarolar, ishlab chiqarishni 
yurgizish uchun resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Baholarning 
shakllanishida tovarni ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan 
mehnat sarflari ishtirok etadi. Jamiki harajatlar baho tarkibiga kiradi.
Bahoni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 
1. Iqtisodiy harajat darajasi; 
2. Tovarlarning naflilik darajasi; 
3. Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi; 
4. Raqobat shakllari va usullari; 
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti. 
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat,
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim 
omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar 
taklif qilinishi sababli baho ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi. 
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi 
hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklangani bо‘lib, tо‘qnash keladi. О‘rnini 
bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning baho belgilashdagi mutlaq 
imkoniyatini cheklaydi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
о‘tish 
jarayonida 
bahoning 
roli 
va 
ahamiyati beqiyosdir. Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. 
Bu iqtisodiyot Yer yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos 
xususiyatlar bilan rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan 
mamlakatlar iqtisodiyotida kо‘rish mumkin. Uning ana shunday belgilaridan biri, 
narxlarning liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini 
davlat yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, haridor bilan 


sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor 
munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz 
bо‘lishi mumkin emas. Pul esa iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib, 
iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining 
ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, 
valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi 
emas, balki iste’molchi (haridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati 
va narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. Kо‘rib chiqqanimizdek, 
bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati juda katta. 
Nazariy jihatdan olib qaralganda, baho - tovar qiymatining puldagi 
ifodasidir. Amaliy jihatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak 
hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bо‘lib, ishlab 
chiqarishning о‘zidagi mehnat sarfi bilan bog‘liq munosabatlarni ifoda etadi. 
Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning 
majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat 
tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog‘i ehtiyojni qondira 
olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, 
agar u kerakli bо‘lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok 
etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga 
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi. 
Bahoning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari yaqqol kо‘rsatib beradi. 
Baho nimaga tegishli bо‘lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli 
narxini, buning farqi yо‘q) besh asosiy funksiyani bajaradi: 

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish