Sifatni ta’minlash, loyihalash, saqlash bо‘yicha barcha jarayonlar sifatni
boshqarish tizimiga birlashtirilgan.
О‘zbekistonda standartlashtirish milliy iqtisodiyotni boshqarish va tashkil
etish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Standarlashning asosiy, eng muhim vazifasi
xalq xо‘jaligi, aholi, mamlakat mudofaasi uchun tayyorlanadigan mahsulotlarga
yuqori talablar belgilovchi normativ-texnik hujjatlar tizimini yaratish hamda ushbu
hujjatdan tо‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishdan iborat.
Standart deganda nima tushuniladi?
Standart inglizcha «standard» sо‘zidan olingan bо‘lib, norma, namuna,
о‘lcham ma’nosini bildiradi. U boshqa obyektlarni taqqoslash uchun dastlabki
obyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model,
standartlanadigan obyektga
qо‘yiladigan va vakolatli idoralar tomonidan tasdiqlangan normalar, qoidalar,
talablarni belgilovchi normativ-texnik hujjat. Standart inson faoliyatining barcha
sohasiga, ilm-fanga, texnikaga, sanoat, qishloq xо‘jaligiga, qurilishga, transport va
aloqaga, ta’lim va boshqa sohalarga taalluqlidir.
Mustaqillik yillarida О‘zbekiston Respublikasining Davlat standartlash
tizimi (DST) shakllandi va u О‘zbekistonda standartlar tuzish, izoxlash va tarqatish
jarayonlarini
tartibga
keltirdi.Bu
borada
О‘zbekiston
Standartlashtirish,
meteorologiya va sertifikatlashtirish agentligi («О‘zstandart») olib borayotgan
keng kо‘lamli ishlarni alohida e’tirof etish joiz.
«О‘zstandart» agentligi bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotning sifat
darajasini belgilovchi, kо‘rsatkichlar raqobatdoshligini ta’minlovchi, ishlab
chiqaruvchilarga yetarli miqdorda axborotlar yetkazib beruvchi markazdir.
Mahsulot sifati nazariyasi va amaliyotida mahsulotni
sertifikatlashtirish
masalasi muhim о‘rin tutadi.
Mahsulotni
sertifikatlashtirish,
uning
aniq
belgilangan
talablarga
muvofiqligini tasdiqlash usullaridan biri hisoblanadi.
Mahsulot yoki bajarilgan ishning belgilangan talablarga muvofiqligiga oid
faoliyat uchun tegishli hujjat beriladi. Uni «sertifikat» deb ataydilar.
Sertifikat lotincha «certificatis» sо‘zidan olingan bо‘lib, tasdiqlangan degan
ma’noni bildiradi. Birinchidan, u biror faktni tasdiqlovchi hujjat (masalan, malaka
oshirilganligi tо‘g‘risidagi hujjat); ikkinchidan, maxsus obligatsiyalar va
aksiyalarning nomi; uchinchidan, sug‘urta shartnomasida
uning shartlari
yoziladigan hujjat; tо‘rtinchidan, maxsus idoralar (savdo palatasi, Davlat
inspeksiyasi va boshqalar) beradigan va mahsulot, tovar, buyum, mol sifatini
tasdiqlaydigan hujjat;
beshinchidan, qishloq xо‘jaligida urug‘lik navini va sifatini
tasdiqlaydigan hujjat. Sertifikat bо‘lmagan taqdirda urug‘lik (oddiy) navsiz don
sifatida qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: