Ishlab chiqarishda boshqaruv” fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi “MIKROiqtisodiyot” fanidan



Download 0,75 Mb.
bet10/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#219522
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
mikro kurs ishi

mahalliy investorlar – investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega boʻlgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;

2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida o’zbekistondagi investitsiya siyosati va muhiti

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari va aholi turmush darajasining oshishida yaqqol nomoyon bo’lmoqda. Bunday ijobiy o’zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. 2021 yilga mo’jallangan Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi. Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon ishlab chiqarishni modernizatsiyalash deyiladi.

Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari quyidagilar hisoblanadi:



  • korxonalarda eskirgan asbob-uskunalardan voz kechish;

  • ishlab chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash;

  • mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga inovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;

  • ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni 2019 yilda Toshkent shahrida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga oid ma’lumotlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari 2018 yil 21 dekabr kuni Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida poytaxtimizga yirik biznes vakillari va salohiyatli investorlarni jalb qilish, shaharda eng qulay investitsiya muhitini yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.

Shunga muvofiq, joriy yil 4 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrini infratuzilmaviy rivojlantirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, 2019 yilda Toshkent shahri iqtisodiyotiga 2 milliard 700 million dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etish, buning evaziga 273 ta loyihani amalga oshirish belgilangan.

Taqdimotda mazkur loyihalarning sohalari va joylari, mablag‘larni o‘zlashtirish muddatlari tahlil qilindi.

Masalan, metallurgiya, to‘qimachilik, oziq-ovqat, qurilish, farmatsevtika, neft-kimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida jami 115 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 103 ta, turar joylar yo‘nalishida 55 ta loyiha rejalashtirilgan. Bu 37 minga yaqin ish o‘rni yaratish va aholining maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash imkonini beradi.

Prezident loyihalarning iqtisodiy samaradorligi va ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Xorijiy investorlarga ko‘maklashish, loyihalarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Investitsiya bo‘lmasa, iqtisodiyot rivojlanmaydi. Investorlarga muhit, infratuzilma yaratsak, ish joyi bo‘ladi, mahsulot ko‘payadi, soliq tushadi. Korxonalarning o‘z mablag‘ini yana aylantirib, faoliyatini rivojlantirishga rag‘batlantirish kerak, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari 8 yanvar kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida investitsiyalarning asosiy qismini o‘zlashtirishni yilning oxirgi oylariga qoldirish amaliyotiga chek qo‘yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to‘qqiz oylikda 70 foizga yetkazish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shunga muvofiq, Toshkent shahrida ham joriy yilgi investitsiyalarning 70 foizini I-III choraklarda o‘zlashtirish rejalashtirilgan. Har bir loyihaning bosqichlari, mas’ullari va muddatlari aniq belgilangan.

Taqdimotda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish mexanizmi haqida ham so‘zlab berildi. Unga ko‘ra, Toshkent shahar prokuraturasi boshchiligida poytaxtning har bir tumanida ishchi guruhlar tuzilgan. Investorlarga yer ajratilishidan boshlab, loyiha foydalanishga topshirilguncha bo‘lgan barcha bosqichlardagi chora-tadbirlar aniq belgilab qo‘yilgan. Bu loyihalarni rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida shaffoflikni, halollikni ta’minlaydi, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi.

Shavkat Mirziyoyev loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni amalga oshirishda yuzaga keladigan masalalarni tezkor hal qilish, korxonalar ishga tushgandan keyin ham ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yordam berish zarurligini ta’kidladi.

Investitsiya muhiti – murakkab, keng qamrovli tushuncha hisoblanadi. Uning murakkabligi shundan iboratki, investitsiya muhiti mamlakat yoki hududda investitsiya faoliyatini amalga oshirishga asos bo’ladigan shartsharoitlarni yuzaga keltiruvchi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy xarakterdagi omillar bilan bog’liq holda shakllanadi. Mamlakat investitsiya muhitini hududiy, mahalliy korxonalar, tarmoq va sektorlar investitsiya muhitiga ajratish mumkin. Shu bilan birga, “mamlakat investitsiya muhiti” bu tushunchalar ichida eng asosiysi hisoblanadi. Investitsion muhit deganda, mamlakatning ma'lum bir hududiga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi.

Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishiga bo’liq. Har tomonlama qulay investitsiya muhiti biznes tuzilmalarning faoliyati samaradorligiga ta’sir etadi, bu esa, investitsiylashga xos bo’lgan daromadlar va kapitalning o’shishiga olib keladi. Investitsiya muhiti investorlarning mamlakatga va davlatning iqtisodiyotiga nisbatan harakatlariga ishonchini oshiradi, uzoq muddatli investitsiyalashga yo’l ochadi. Mamlakatda investitsiya muhitiga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Omillar ko’lami xilma-xil va rang-barangdir. Ammo asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: birinchisi, alohida mamlakatdagi siyosiy va makroiqtisodiy barqarorlik.

Investitsiya siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


  • investitsiyalar, ularning harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilikning huquqiy bazasini takomillashtirish;

  • iqtisodiy tub islohatlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish; investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;

  • davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funksiyalarini yanada takomillashtirish.



Investorlar faoliyati ishlab chiqarish va mahsulotni ayirboshlash orqali foyda olishga qaratilgan. Shuning uchun investor o’z kapiatlini foyda olish qulay bo’lgan tarmoqqa safarbar etadi. Bunda iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha investitsiyalarni qo’yish uchun mezonlar juda muhim (2-jadval). Sanoat va hizmat ko’rsatish tarmoqlari uchun ichki bozorning hajmi va o’sishi investorning qaror qabul qilishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari investitsiyalarni jalb qilishga turtki bo’ladigan mehanizmlardan foydalanish bilan bo’g’liq davlatning faoliyati (loyihalarninng davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi, investitsiya imtiyozlari, investorlarga kafolatlar va boshqalar) muhim hisoblanadi. Sanoatda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari ishchi kuchi qiymatiga sezuvchan bo’ladi.1

Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta`sir etishi orqali aniqlanadi. Bu kabi ko’rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk darajasi investitsion muhitga bevosita, to’g’ridan – to’g’ri bog’liqdir.

Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy jihatdan qulay investitsiya muhiti yaratilganligini quyidagi omillar amal qilishi orqali ko’rishimiz mumkin:


  • keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;

  • xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;

  • sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;

  • keng rag’batlantirish choralarining mavjudligi;

  • xususiy mulkchilikning tez rivojlanishining rag’batlantirilishi;

  • sanoatning ustuvor sohalarini jadal rivojlanayotganligi;

  • iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida ishlab turgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va yangilarini barpo etishning qo’llabquvvatlanayotganligi;

  • eksport salohiyati va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishning rag’batlantirilishi;




    Download 0,75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish