Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish va ulardan foydalanish samaradorligi tahlili



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/22
Sana15.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#802489
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bog'liq
bmi -TEXNIKUM

1.2.
 
Ishlab chiqarish zahiralari hisobini tashkil etishning maqsadi, 
vazifalari va me’yoriy-huquqiy asoslari 
 
Ishlab chiqarish zahiralari (xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va boshqalar) 
ishlab chiqarish omili sifatida mehnat vositalari va ishchi kuchi bilan birga 
korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini ta’minlaydi. Bozor munosabatlari 
sharoitda, ya’ni ehtiyojlar cheksizligi va doimo o’sib borishi, hamda iqtisodiy 
resurslarning cheklanganligi sharoitida korxonalar ishlab chiqarish zahiralaridan 
samarali foydalanib, maxsulot ishlab chiqarish xajmining optimal miqdorini 
topa olishlari kerak. Korxonalar, nafaqat kishilik jamiyatining ehtiyojlarini 
maksimal darajada qondirishlari kerak, balki ishlab chiqarish zahiralarini 
tejashlari lozim. 
Korxonalarda bozor munosabatlari sharoitida xom-ashyolar, materiallar, 
yoqilg’ilar va elektr-energiyalar xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan 
sifat ko’rsatkichlariga alohida e’tibor berishlari kerak. Bunga esa, ilg’or 
konstruktsion materiallardan, metall upalari (poroshoklari) va plastmassalardan, 
qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatiga u qadar ta’sir 
ko’rsatmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan o’rinbosar 
materiallardan foydalanish orqali erishish mumkin bo’ladi. Bunga erishishni 
osonlashtirish uchun tabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur bo’ladi. 
Turli xil yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham berish kerak. Korxonalar 
oborotiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l-yo’lakay mahsulotlarni keng 
jalb qilish kerak. Har bir korxonada mahsulot ishlab chiqarish jarayonining 
to’xtovsiz davom etib turishida belgilangan normativlarga rioya etish maqsadga 
muvofiqdir. 
Buxgalteriya hisobining axborotlari materiallardan ratsional foydalanish, 
xarajat normalarini kamaytirish, materiallarin oqilona saqlash va ular butligini 
ta’minlash yo’li bilan maxsulot tannarxini kamaytirishga undashi kerak. 
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri 


19 
mehnat buyumlari hisoblanadi. Amalda ular ishlab chiqarish zahiralari yoki 
materiallar deb ataladi. 
Bu borada ishlab chiqarish zahiralari hisobining asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
-
ishlab chiqarish zahiralarini hisob tamoyillariga muvofiq baholanishi va 
hisobga olinishini tashkil etish; 
-
ishlab chiqarish zahiralarini joylarda saqlash va ulardan barcha 
bosqichlarda foydalanish ustidan nazorat qilish; 
-
ishlab chiqarish zahiralari harakati bo’yicha barcha muomalalarni to’g’ri 
va o’z vaqtida hujjatlashtirish; 
-
ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni 
aniqlash va aks ettirish; 
-
saqlash joylari va balans moddalari bo’yicha sarflangan materiallar va 
ularning qoldiqlarini haqiqiy tannarxini hisoblash; 
-
belgilangan zahira normalariga rioya qilish ustidan nazorat qilish, 
ortiqcha foydalanilmaydigan ishlab chiqarish zahiralarini aniqlash, ularni sotish; 
-
material yuboruvchilar bilan hisob-kitoblarni o’z vaqtida olib borish, 
yo’ldagi va fakturlanmagan materiallar ustidan nazorat qilish. 
Ishlab chiqarish zahiralari hisobining vazifalarini o’z vaqtida bajarish va 
buning natijasida boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun sharoit yaratish zarur, 
chunki aynan ishlab chiqarish zahiralari to’g’risidagi aniq ma’lumotlar ularning 
me’yoriy hajm darajasida ushlab turishga imkon beradi va bu o’z navbatida 
saqlash xarajatlari, yaroqsizlikdan zararlarni kamaytiradi. O’z navbatida shuni 
ham aytib o’tishimiz lozimki ishlab chiqarish zahiralari hisobi vazifalarini 
bajarish uchun ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishning asosiy 
tamoyillarini bilish lozim. 
Moddiy ishlab chiqarish zahiralari buxgalteriya hisobiga o’zining 
haqiqatdagi tannarxi bo’yicha qabul qilinadi. Ishlab chiqarish zahiralarining 
tannarxi xarid qilish va ularni olib kelish va tegishli holatga keltirish bilan 
bog’liq transport-tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi. Xarid qilish chog’ida 


20 
qiymati chet el valyutasida belgilangan materiallarni buxgalteriyaga qabul qilish 
sanasiga bo’lgan O’z.Res. Markaziy bankining kursi bo’yicha so’mda amalga 
oshiriladi. 
Materiallarni ishlab chiqarishga berishda ularning baholanishi FIFO yoki 
AVECO usullarining biridan foydalaniladi. Ishlab chiqarish zahiralarini hisobga 
olish schyotlarida ikkita baholashdan eng pasti - haqiqatdagi tannarxi ishlab 
chiqarish tannarxi yoki bozor bahosi sof sotish qiymati bo’yicha hisobga 
olinadi. 
Yil davomida narxi tushirilgan yoki ma’naviy eskirgan yoki o’zining 
boshlang’ich sifatini qisman yo’qotgan qimmatliklar balansda hisobot yilining 
oxirida sotilishi mumkin bo’lgan baho bo’yicha, agar u sotib olishning 
boshlang’ich qiymatidan past bo’lsa, narxlardagi farqni korxonaning moliyaviy 
natijalariga kiritish bilan aks ettiriladi. 
6
Ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish 
texnologiyasi muhim ahamiyatga egadir. O’z vaqtida sotib olishning muhimligi 
shundaki, agar korxonada ishlab chiqarish zahiralari tamom bo’lib qolsa, unda 
ishlab chiqarishlar ham to’xtab qolishi mumkin. Buning natijasida esa mahsulot 
ishlab chiqarilmaydi va shartnomalar bajarilmaydi. Oqibatda korxona katta 
miqdorda moliyaviy zarar ko’rishi mumkin. Aksincha, ishlab chiqarish 
zahiralarining haddan tashqari ko’p sotib olinishi ularni saqlash bo’yicha katta 
harajatlarga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa korxonada doimiy
ishlovchi ombor xo’jaligi faoliyat yuritishi kerak. Ombor xo’jaligida ma’lum 
guruxga tegishli bo’lgan ishlab chiqarish zahiralar o’zining guruxiga tegishli 
ishlab chiqarish zahiralari omborlarida saqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralari 
ombor ichida sektsiyalar bo’yicha, keyin tip, razmerlari bo’yicha taxlanib, 
tokcha va polkalarda shunday saqlanishi kerakki, ularni qabul qilib olish, 
jo’natish va tekshirish tez va oson bo’lsin. Shu maqsadda materiallarni saqlash 
joylariga yorliqlar yopishtirilib qo’yiladi. Bulardan tashqari omborlar to’g’ri 
torozio’lchovlar va o’lchov idishlari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
6
I.A. Zavalishina «Yangicha buxgalteriya hisobi», «Iqtisodiyot va huquq dunyosi», T.: 2003, 264 b. 


21 
Material qiymatliklarini qabul qilish va jo’natish, bu muomalalarni to’g’ri 
va o’z vaqtida rasmiylashtirish, shuningdek material qiymatliklarini butligini 
ta’minlaydigan lavozimli va mas’uliyatli shaxslar (ombor mudiri, omborchi, 
ekspeditor va boshqalar) ro’yxatini belgilashi kerak. Bu shaxslar bilan moddiy 
javobgarligi to’g’risida shartnoma tuziladi. Ombordan ishlab chiqarish 
zahiralarini olish va jo’natish hujjatlariga imzo qo’yadigan, shuningdek ishlab 
chiqarish zahiralarini korxonadan olib chiqishga ruxsat beradigan lavozimli 
shaxslar ro’yxatini korxonada barcha bilishi kerak. 
Ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha buxgalteriya hisobi oldidagi 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun quyidagilarga qat’iy amal qilish talab 
etiladi: 
-
narx-nomenklaturaga ega bo’lish; 
-
aniq hujjatlashtirish va hujjat aylanish tizimini belgilab olish; 
-
belgilangan 
tartibda 
ishlab 
chiqarish 
zahiralari 
qoldiqlarini 
inventarizatsiya qilish va tanlab nazorat qilishni uyushtirish, ularning natijalarini 
buxgalteriyada o’z vaqtida aks ettirish; 
-
hisobni avtomatlashtirishning hozirgi zamon vositalarini keng qo’llash; 
-
ishlab chiqarish zahiralari butligini amaliy nazorat qilishni ta’minlashda 
korxonada marketing(ta’minot)ni tashkil etish. 
Mahsulot ishlab chiqarish va mehnat unumdorligi oshgan sari materiallarni 
xalq xo’jaligidagi roli oshib borishiga mos holda, ularni tejab-tergab sarflash 
ustidan nazorat qilishning ahamiyati ham ortib boradi. Ishlab chiqarishni to’g’ri 
tashkil etish va me’yorida amalga oshirish uchun ishlab chiqarish zahiralarining 
zarur turlari bilan o’z vaqtida kerakli miqdorda ta’minlab turish kerak. Shuning 
uchun korxona moddiy texnika rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish 
va xodimlarni moddiy-texnika ta’minotida ro’y berayotgan kamchiliklar 
to’g’risida o’z vaqtida xabardor qilib turish materiallar hisobining eng asosiy 
vazifalardan biridir. 
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda 
iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir. Korxonada moddiy resurslardan qay 


22 
Materiallardan 
samarali 
foydalanish 
ning darajasiga 
baho berish 
Materiallar bilan 
ta’minlangan 
lik darajasini 
tekshirish 
Materiallarni sotib 
olish va saqlash bilan 
bog’liq xarajatlarni 
aniqlash 
darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay 
qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa ishlab chiqarish 
zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma- 
ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib 
belgilashi kerak. Biz quyida «Diyor» korxonasining ishlab chiqarish 
zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlili ketma-ketligi chizmasini 
taklif sifatida keltirib o’tamiz. Demak quyidagi 4–chizmadan ko’rinib turibdiki, 
ishlab chiqarish zahiralari tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik 
ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri 
boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot 
tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga 
e’tibor beriladi. 
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi 
ishlab chiqarish zaxiralari bilan 
bog’liq bo’lgan omillarni aniqlash 
Yakuniy xulosalarga kelib, korxona 
ishlab chiqarish zaxiralari holati va 
ulardan samarali foydalanish tahlili 
bo’yicha takliflar berish 

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish