chizma. Ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilini o’tkazish
ketma-ketligi4
4 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
Materiallarni qanday va qaysi ko’rsatkichlari bilan tahlil qilish eng avvalo tahlilchining oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqadi. Agar tahlil materiallar bilan qanday ta’minlanganlik va normativlarga rioya qilinayotganligini tahlili qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yilgan bo’lsa, u holda tahlilchi korxonaning materiallar tarkibiy tuzilishi, ularning shakllanish manbalarini va ular bilan korxona qanchalik ta’minlanganligini analiz qiladi. Agar materiallar samaradorligini bilmoqchi bo’lsa, u holda material sig’imi, material qaytimi ko’rsatkichlarini, material qiymatliklarning moliyaviy natijalarga ta’sirini o’rganib chiqish lozim bo’ladi. Materiallar bilan ta’minlanganlik va samaradorlik tahlilini o’tkazish uchun tahlilchi materiallarni moliyaviy hisobot moddalari bilan qanday bog’liqligini bilishi kerak.
“Ishlab chiqarish zahiralariidan foydalanishni iqtisodiy samaradorligini korxonalardagi materiallar qaytimi hamda material(mahsulot)lar sig’imi isbotlaydi. Materiallar qaytimini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot hamda tovar mahsuloti qiymatini asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatiga taqsimlash lozim. Materiallar qaytimining iqtisodiy moxiyati bo’lib korxonaning har ming so’mlik asosiy fondlariga to’g’ri keladigan yalpi mahsulot yoki tovar mahsulotini ko’rsatkichi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, materiallardan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichlarini material qaytimi va material sig’imi ko’rsatkichlariifodalaydi. Material qaytimi ko’rsatkichini aniqlash uchun korxonada yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatini material xarajatlar qiymatiga taqsimlanadi. Material sig’imi ko’rsatkichi buning aksi bo’lib material xarajatlar qiymatini korxonaning yil davomida ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti qiymatiga taqsimlashyo’li bilan aniqlanadi. Buni tavsiflaydigan bo’sak ushbu ko’rsatkich korxonada yil mobaynida ishlab chiqarilgan tovar mahsulotining har bir so’miga qancha material xarajatlari sarflanganligini ko’rsatadi”5.
Korxonaning ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish holatini tahlil qilish davomida ko’plab manbalardan foydalanishga to’g’ri keladi.
5 Vahobov A.V., Ishonqulov N.F., Ibroximov A.T. “Moliyaviy va boshqaruv tahlili”. Darslik. T.; Iqtisod-Moliya, 2013
Tahlilda qo’llaniladigan manbalarni quyidagi bosqichlarga ajratishimiz mumkin
bo’ladi:
Reja ma’lumotlari manbalari;
Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalari;
Qo’shimcha ma’lumotlar manbalari.
Reja ma’lumotlari manbalari tarkibiga ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha biznes-reja ko’rsatkichlari, belgilangan limitlar, belgilangan norma va normativlar va shartnoma ko’rsatkichlari kiradi. Hisob va hisobot ma’lumotlari manbalariga ishlab chiqarish zahiralaribo’yicha buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari, statistik hisob va hisobot ma’lumotlari, operativ hisob va hisobot ma’lumotlari kiradi. Tahlilning asosiy ma’lumotlar manbai bu - buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari bo’lib, ular korxona xo’jalik faoliyatining barcha jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bunda ishlab chiqarish zahiralari harakati, ularning manbalari va ularning xo’jalikmuomalalari aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilini yanada chuqurroq amalga oshirish uchun hisob ma’lumotlariga taaluqli bo’lmagan, ya’ni qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlar tarkibiga bank, moliya, soliq inspektorlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, inspektorlar taqdim etgan ma’lumotlar, auditorlik xulosalari, radio va televideniya ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari manbalari, ishchi va xizmatchilar bilan bo’lgan muloqot natijalari kiradi.
Odatda ishlab chiqarish zahiralari tahlili ma’lumotlari va ularni natijalari uni kim va nima maqsadda o’tkazilganligiga qarab turli shaklda umumlashtirilishi mumkin. Korxona va tashkilotlarni xo’jalik faoliyati tahlilining natijalari analitik mavzular yoki xo’jalikning yillik hisobotiga ilova qilinadigan bayonnoma ko’rinishida ifoda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |