chizma. Ishlab chiqarish zahiralarining turkumlanishi2.
Mahsulot ishlab chiqarishda ishlab chiqarish zahiralarining ahamiyati va roli juda kattadir. Ularsiz ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati cheklansa, ayrim hollarda ularsiz umuman mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Masalan, ishlab chiqarish zahiralari hisoblangan materiallar, xom- ashyolar, yoqilg’i, elektr quvvatlari va boshqalar mavjud bo’lmasa mahsulot ishlab chiqarish ham cheklanadi. Ulardan yil davomida to’liq hamda tejab foydalanish eng muhim maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralaridan
2 O. Bobojonov «Moliyaviy hisob». – T.: «Sharq» NMAK, 2000 yil. 276-bet.
samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxi pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi oshadi. Shuning bilan birgalikda mehnat buyumlaridan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi.
Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida ishlab chiqarish zahiralaridan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish zahiralarini iqtisod qilish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olishni soddalashtirish va ularning har biridan samarali foydalanish hamda ular ustidan nazorat o’rnatish bir muncha osonlashishini hisobga oladigan bo’lsak ishlab chiqarish zahiralarini turkumlash maqsadga muvofiqdir.
Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Birinchi xil materiallar ishlab chiqarish jarayonida to’liq iste’mol qilinadi, masalan xom-ashyo yoki materiallar, ikkinchi xili o’z shaklini o’zgartiradi, masalan moylash materiallari, bo’yoq, uchinchi xili buyumga hech qanday tashqi o’zgarishlarsiz kiritiladi, masalan ehtiyot qismlar va xokazo.
Xalqaro amaliyotda, ya’ni «Zahiralar» nomli 2-son buxgalteriya hisobining xalqaro standartida inventar va xo’jalik anjomlari, ishlab chiqarish zahiralariga tegishli bo’lgan va sotish uchun mo’ljallanmagan, o’zining tarkibiga zahira qismlari va detallarini olgan hamda korxonaning ishlab chiqarish vositalariga va remontiga xizmat qiladi deb ko’rsatib o’tilgan. Bu standartning maqsadi bunday ishlab chiqarish zahiralarini, ya’ni sotish uchun mo’ljallanmagan, ular qiymati va xizmat muddatidan kelib chiqib yo tovar moddiy-zahiralar tarkibida yo uzoq muddatli aktivlar tarkibida hisobga olishdir. Agar inventar va xo’jalik buyumlari bahosi muhim bo’lmasdan, xizmat muddati bir yildan oshmaydigan bo’lsa bunday buyumlar ishlab chiqarish zahiralaritarkibida hisobga olinadi va ularning qiymati xarajatlarga foydalanishga berilgan paytda hisobdan chiqariladi. Xo’jalik yuritishning yangi tizimi sharoitida moddiy boyliklardan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, xo’jasizlikka qarshi kurashish, mahsulot
tannarxida moddiy xarajatlarning ulushini kamaytirib borish masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Materiallar, yangi mehnat mahsulotini yaratishdagi roliga ko’ra, ikkiga
bo’linadi:
xom ashyo va asosiy materiallar;
yordamchi materiallar.
Ma’lumki, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning asosini ishlab chiqarish zahiralari tashkil qiladi. Masalan, mashinasozlikda – metall, mebel ishlab chiqarishda - yog’och, gazlama ishlab chiqarishda – paxta va boshqalar. Qazib chiqaruvchi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xom ashyo deb ataladi. Masalan, neft, ruda, paxta, qand lavlagi va boshqalar. Boshqa korxonalardan olinadigan mashina va agregatlarning to’g’ri detallari va boshqalar yarim tayyor mahsulotlar deb ataladi.
“Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda ishlab chiqarish zahiralarini hisobga olish uchun 1000-«Materiallar» aktiv schyotidan foydalaniladi. Bu schyot o’z navbatida bir necha schyotlarga bo’linadi:
1010-Xom ashyo va materiallar;
1020-Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar; 1030-Yoqilg’i;
1040-Ehtiyot qismlar; 1050-Qurilish materiallari;
1060-Idish va idish materiallari;
1070-Qayta ishlashga berilgan ishlab chiqarish zahiralari; 1080-Inventar va xo’jalikjihozlari;
1090-Boshqa materiallar”.
Buxgalteriya hisobining milliy standarti BHMS №4 «Ishlab chiqarish zahiralari» nomli standartiga ko’ra, ularni baholash belgilangan tannarxdan yoki sotishning sof qiymatidan eng kam baho bo’yicha baholanadi. Materiallarni tannarxi barcha sotib olish xarajatlarini va ularni manzilga etkazib berish bilan bog’liq bo’lgan transport tayyorlov xarajatlarini o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |