Ishlab chiqarish zahiralari tahlilining umumiy tahlildagi o’rni
Shuningdek, biz bitiruv malakaviy ishida korxonada iqtisodiy qarorlar qabul qilish va unga to’g’ri baho berishda ishlab chiqarish zahiralarii bo’yicha boshqaruv hisobi va tahlilni keng va turli usullarda yuritish uchun uning tarkibiy tuzilishini quyidagi 2-chizma orqali ko’rib o’tamiz.
chizma. Ishlab chiqarish zahiralari hisobi va tahlilining tarkibiy tuzilishi3
Materiallarni sotib olish xarajatlari sotib olish qiymatini, import bojlari va yig’imlarini, tovarni sertifikatsiya-lashtirish xarajatlarini, ta’minot, vositachi tashkilotlarga to’langan komission to’lovlarni, soliqlarni, xizmat va zahiralarni sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlarni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari savdo foizlari yoki chegirmalari va shunga o’xshash boshqa chegirmalar Ishlab chiqarish zahiralarini sotib olish xarajatlarini belgilashda amalga oshiriladi.
Ulardan yil davomida to’liq hamda tejab tergab foydalanish eng muhim
3 Chizma muallif tomonidan tayyorlangan
maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralariiga bo’lgan talab mustaqil ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasining “Korxonalar to’g’risida”gi Qonunining 22-moddasi birinchi bandida bu xususda shunday deyiladi: “Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning imkoniyatlarini o’rganish, narx-navoning o’zgarishi to’g’risidagi axborot asosida o’z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar, moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o’z ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi”.
Ishlab chiqarish zahiralariidan samarali foydalanish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarish zahiralariidan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish zahiralari bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish va ularasosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi, foyda va rentabellikning oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan assortimenti va sifati bo’yicha ta’minlanishiga bog’liq. Shuning uchun sanoat korxonalari o’z ishlab chiqarishini bir me’yorda samarali rivojlanishini ta’minlash mao’sadida uzoq muddatga mo’ljallangan biznes-rejalariga asoslangan holda ishlab chiqarish zahiralarii bilan ta’minlashga alohida e’tibor beradilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarish zahiralariini yo’qligi yoki o’z vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorlarda, belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy
etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish hajmlarining oshishi o’z navbatida moddiy resurslardan foydalanish ko’lamining ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to’g’ri foydalanish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo etadi. Chunki, ular yordamida ishlab chiqarish zahiralarii ishlab chiqarishga sarf qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarishni turlicha shakllarini, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir. Sababi, ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo’ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish zahiralarii ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi. Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir.
Korxonada ishlab chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
korxonalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini
aniqlash;
ishlab chiqarish zahiralarini korxonaga etkazib berish hajmini, kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini belgilash;
ishlab chiqarish zahiralarini etkazib berish borasida korxonalararo tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga mosligini tekshirish;
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor jixatdan hisoblash;
muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil qilish;
ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;
ishlab chiqarish zahiralariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarini tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.
Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar korxona moddiy texnika ta’minoti rejasi, xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar mavjudligi va ulardan foydalanishning statistik hisobotidan olinadi. Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning
«Ishlab chiqarish zahiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160- satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralariidan samarali foydalanishga Respublikamiz hukumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabul qilingan normativ hujjatlarda o’z aksini topgan. Masalan, «O’zbekiston Respublikasida korxonalar to’g’risida»gi, «Tadbirkorlik to’g’risida»gi, «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi va boshqa Qonunlarda, Farmonlarda va Qarorlarda o’z aksini topgan.
Odatda ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha korxonalar faoliyatini tahlil qilish davrida ma’lumotlar manbai yig’iladi. Ushbu ma’lumotlarning to’g’riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to’g’riligi tekshiriladi. Tahlil uchun yig’ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:
Yuzaki tekshirish;
Mazmun jihatdan tekshirish.
Quyidagi 3-chizmadan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini tekshirish
Materiallarni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni aniqlash
Materiallardan samarali foydalanish darajasiga baho berish
Do'stlaringiz bilan baham: |