«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi



Download 4,58 Mb.
bet24/33
Sana09.03.2023
Hajmi4,58 Mb.
#917151
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan laboratoriya

Nazorat savollari



  1. Yod soni tushunchasi

  2. Yod sonini aniqlash nimalarga aniqlangan

  3. Yod soninning etilen bog’larning soniga bog’liqligi


8– laboratoriya ishi
moylarning kislota sonini aniqlash.


Ishning maqsadi. Moylar tarkibidagi erkin yоg’ kislotalar miqdorini aniqlash uslubiyatini o’zlashtirish.
Kerakli reaktiv va asboblar: och rangli moy yoki yоg’, 250ml li konussimon kolba, analitik tarozi, dietil efiri, 96% li etil spirti, 1% li fenolftalein, 0,1N o’yuvchi kaliyning spirtli eritmasi.
nazariy qism
Yоg’lar va moylar bir birlaridan fizik-kimyoviy xossalari, yоg’ kislotalari va ularning nisbati, hamda yo’ldosh moddalari bilan farq qiladilar. Umuman yоg’lardagi uchglitseridlar har xil kislotali bo’ladilar. Bir xil yоg’lar tabiatda ko’p tarqalmagan. Tabiatda tarkibida aynan bir yоg’ kislotasi ko’p bo’lgan uchglitseridli moylar va yоg’lar uchraydi. Masalan, zaytun (olivka) moyida olein kislotasi 85% tashkil topgan. Tung moyida esa eleostearin kislotasi 85% gacha, kostor moyida ritsinol kislotasi 80-85%, zig’ir (lyon) moyida esa linol kislotasi 85% gacha boradi.
Moylar va yоg’lar asosini tashkil qiluvchi uchglitseridlar yоg’ kislotalari va glitserindan hosil bo’lgan murakkab efirlardir. Tabiiy moylar tarkibiga kiruvchi yоg’ kilotalar strukturasi bo’yicha turli yоg’ kislota qatorlariga sinflangan. Jumladan, to’yingan yоg’ kislotalar har xil molekula og’irligiga ega bo’lib, molekula og’irligining o’zgarishi fizik va kimyoviy xossalarni o’zgartiradi. Quyi molekulyar to’yingan yоg’ kislotalari suyuq, suvda eriydi, misol uchun propion va moy kislotalari. To’yingan o’rta va yuqori molekulyar yоg’ kislotalar asosan petroley efiri, benzin, atseton, dixloretan kabi organik erituvchilarda eriydi. Yоg’ kislotalar bug’ holda ajralmaydi, ular faqat suv bug’lari bilan haydaladi, lekin yuqori molekulyar stearin kislotasini esa faqat qizdirilgan bug’ bilan haydash mumkin. To’yingan yоg’ kislotalari va ularning ishqor bilan hosil qilgan tuzlari oksidlanishi va galogenlar bilan ta’sirlanishi bilan to’yinmagan kislotalardan farq qiladi.
To’yinmagan yоg’ kislotalar ko’pchilik yоg’lar va moylar tarkibida topilgan bo’lib, asosan suyuq holatda uchraydilar. Bu holatni esa qo’shbog’ borligi sababli tushuntirish mumkin.
To’yinmagan yоg’ kislotalar tabiatda asosan yuqori molekula holatida tarqalgan. To’yinmagan yоg’ kislotalarning 1,2,3,4,5 va 6 qo’shbog’lilari uchraydi. Bir qo’shbog’li kislotalarga olein qatori kislotalari kiradi.
Yоg’lar va moylarni sifatini, tarkibini, struktura elementlarini, yоg’ kislotalarini va boshqa yоg’ tarkibiga kiruvchi moddalarni aniqlash uchun kimyoviy tahlillar olib boriladi. Ko’pgina kimyoviy ko’rsatkichlar moy va yоg’larning asosiy sifat ko’rsatkichlari bo’lib, GOST bilan reglamentlanadi va ularga asoslanib xalq xo’jaligida yоg’ va moylarni ishlatilish yo’llari ko’rsatiladi. Bu ko’rsatkichlarning ba’zilari yоg’ va moylarni ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasida qo’llaniladi. Ular asosida texnologik jarayonlar olib boriladi. Yоg’ va moylarning kislota soni ana shunday ko’rsatkichlardan biridir.
Kislota soni ( k.s. ) deb, 1g yоg’dagi erkin yоg’ kislotalarni neytrallash uchun ketgan kaliy gidroksidning (KOH) milligram miqdoriga aytiladi. Yоg’dagi erkin yоg’ kislotalarning miqdori doimiy bo’lmasdan, moyli xomashyoning sifatiga, moylarni olish usuliga, saqlash sharoitiga va hokazolarga bog’liq bo’ladi. O’simlik moylarining kislota soni asosiy sifat ko’rsatkichlaridan hisoblanib GOST bo’yicha reglamentlanadi.
Hom yоg’lar va moylarni tahlil qilganda kislota soni, ular tarkibida erkin yоg’ kislotalaridan tashqari, kislota xususiyatiga ega bo’lgan fosfatidlar, gossipol kabi moddalar bo’lganligi sababli, haqiqiy kislotalilikga nisbatan bir qancha yuqori bo’ladi.
Kislota soniga asoslanib sanoatda texnologik-moddiy hisoblar amalga oshiriladi. Masalan, moylar va yоg’larning kislota soni bo’yicha erkin yоg’ kislotalarni neytrallab rafinatsiyalash uchun sarflanadigan ishqorning miqdori aniqlanadi. Kislota soni 1g yоg’ uchun sarflanadigan ishqorning milligramdagi miqdorini ifodalasa, bunda 1 tonna yоg’dagi erkin yоg’ kislotalarni neytrallash uchun kilogrammlarda ifodalangan ishqorning miqdori hisoblanadi.
Sanoatda ishqoriy rafinatsiyada KOH o’rniga odatda NaOH ishlatiladi. Bunda NaOH ning miqdori NaOH va KOH molekulyar og’irliklarining nisbati orqali aniqlanadi:
ISH = ( 40 / 56 ) • K.s. = 0,714 • K.s.
Yоg’lar kimyosida neytrallash soni (N.s.) degan tushuncha mavjud. U 1g yоg’ kislotani neytrallash uchun ketgan milligramm KOH ning miqdoriga teng. Erkin yоg’ kislotalari uchun n.s.=k.s.
Individual kislotalarning neytrallash soni doimiy kattalikdir.
K.s. va N.s. ma’lum bo’lganda erkin yоg’ kislotalarning protsent (%) miqdorini aniqlash mumkin yoki bu yоg’ning kislotaligi deb ataladi (X).
(1) ;
Har bir yоg’ uchun uning yоg’ kislotalari aralashmasini neytrallanish soni xarakterli kattalik, lekin ko’pgina yоg’larning yоg’ kislotalari N.s. olein kislotasining neytrallanish soniga yaqin, ya’ni 198,75 ga teng. Agar N.s. o’rniga shu ko’rsatkichni (1) formulaga qo’ysak, unda quyidagicha bo’ladi:
;
Bundan kelib chiqib, k.s. ma’lum bo’lganda, erkin yоg’ kislotalarning foizlarda ifodalangan miqdorini quyidagi formula orqali topish mumkin:
X = 0,5 K.s. / % /
Erkin yоg’ kislotalarning neytrallanish soni bo’yicha ularning o’rtacha molekulyar og’irligini topish mumkin. Molekulyar og’irligi M bo’lgan bir gramm-mol yоg’ kislotani neytrallash uchun bir gramm-mol, ya’ni 56,11g KOH kerak. Bir gramm kislotani (ya’ni 1000 mg) neytrallash uchun neytrallash soniga teng bo’lgan KOH milligramm miqdori sarflanadi.
M – 56,11.
1000 – N.s. (2)
Rafinatsiyalangan moyning k.s. va yоg’ kislotalarining o’rtacha neytrallanish soni bo’yicha uchglitseridlarning foizda ifodalangan taxminiy miqdorini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
;
Bu hisoblashda sovunlanmaydigan moddalar va boshqa aralashmalar hisobga olinmaydi.
Usulning mohiyati. Moyning yoki yоg’ning kislota soni ishqorning spirtli eritmasi bilan fenoftalein ishtirokida titrlab aniqlanadi. Bunda yоg’ni erituvchisi sifatida neytrallangan spirt va dietil efirining aralashmasi yoki benzin qo’llaniladi. Kislota sonini aniqlashda spirtning o’rni quyidagicha:

  1. reaktsion muhitda o’yuvchi ishqorning eruvchanligini oshirish hisobiga reaktsiyaning gomogen sharoitda borishini ta’minlaydi.

b)yоg’ kislotalarning neytrallanish jarayonida sovun quyidagicha hosil bo’ladi:
RCOOH + KOH RCOOK + H2O
Hosil bo’lgan sovun efirda ham, benzinda ham erimay cho’kmaga tushib, reaktsiya oxirini to’g’ri aniqlashga halaqit beradi. Reaktsiya muhitida spirtning mavjudligi, sovunning erishini ta’minlaydi.
g) reaktsiya muhitida spirtning yo’qligi yoki etishmasligi eritmada sovunning gidrolizlanishiga olib keladi:
RCOOK + H2O RCOOH + KOH
Natijada, tenglamada ko’rganimizdek erkin ishqor hosil bo’lib, indikator rangining vaqtdan oldin o’zgarishiga olib keladi. Ammo muhitda hali ham erkin yоg’ kislotalar mavjud bo’ladi. Shuning uchun aniqlangan kattalik haqiqiy kislota sonidan kichikroq bo’ladi. Aniqlanishicha agar reaktsiya muhitida suv 20% dan kam bo’lsa sovun gidrolizlanmaydi.
Yоg’lar va moylarning kislota sonini aniqlash uchun indikatorli va potentsiometrik titrlash usullari ishlatiladi.




Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish