Nazorat savollari
Rafinatsiya qilingan yog’ga qo’yiladigan talablar.
Moylarni ishqoriy rafinatsiyalashning zarurligi.
Yog’larni kislota soni nima uchun aniqlanadi
9 – LABORATORIYA ISHI
Suvda erimaydigan va uchmaydigan yog‘ kislotalarini, sovunlanmaydigan moddalar bilan birgalikdagi miqdorini
aniqlash (Gener soni).
Usul mohiyati. Aniqlash quyidagicha boradi: yog‘ sovunlanadi, sovunli eritma mineral kislota yordamida parchalanadi, hosil bo‘lgan yog‘ kislotalari sovunlanmaydigan moddalar bilan birgalikda ekstraksiya qilinadi, efir haydaladi, yog‘ kislotalari quritiladi va tortiladi.
Kerakli reaktiv va asboblar: 2 H KOH ni spirtli eritmasi, 10 % li HCl yoki H2SO4, sulfat natriy, filtr qog‘oz.
Nazariy qism
Gener soni – deb 100 gr yog‘ tarkibidagi bo‘lgan suvda erimaydigan va uchmaydigan yog‘ kislotalarni sovunlanmaydigan moddalar bilan birgalikdagi gramm miqdoriga aytiladi. Tarkibida kichik molekulali kislotalar bo‘lgan yog‘larda (mum va kokos yog‘i) Gener soni kam bo‘ladi.
Mumlarda Gener soni 100 dan ortiq, chunki bunga sabab ularni struktura elementlari. Gidroliz natijasida hosil bo‘ladigan yuqori molekulali bir atomli alkogoller va yuqori molekulali yog‘ kislotalari, suvda erimaydigan va uchmaydigan.
Paxta moyidan tashqari barcha moylar uchun tarkibidagi yog‘ kislotalarni ekstraksiya qilish uchun dietil efir ishlatiladi. Paxta moyi tarkibidagi yog‘ kislotalarni ekstraksiya qilish uchun petroley efiridan foydalanadi.
Gener sonini aniqlash.
Ishning bajarilishi. 20 ml 2 H KOH ni spirtli eritmasidan olib, aniq tortilgan 5 gr yog‘ga solinib suv hammomida kolbada vertikal havo sovutgichi yordamida 1 soat davomida sovunlanadi. So‘ngra sovutgich olinib, spirt suv hammomi yordamida bug‘latib yuboriladi. Hosil bo‘lgan sovun 100 ml distillangan qaynoq suvda eritilib, 10 % li HCl yoki H2SO4 metiloranj yordamida kislotali muhit hosil bo‘lguncha solinib, parchalanadi. Kolba qizdirilanadi, to eritma yuzasiga yog‘ kislotalari chiqib qolguncha yoki pastki qismi tiniq eritmaga kirguncha qizdiriladi. Keyin suv oqimi ostida ozgina iliqlik qolguncha sovutiladi va uch marta dietil efiri bilan ekstraksiya qilinadi. Har ekstraksiyaga 25-30 ml sarflanadi. Efir bilan ekstraksiya qilish, efir qatlamini suvli qatlamdan ajratish, bo‘lish voronkasi yordamida amalga oshiriladi. Hamma efirli birikmalarni qo‘shib, ajratish voronkasida suv bilan, metiloranj bilan neytral reaksiyagacha yuviladi. Shundan so‘ng efirli aralashmani qizdirilgan sulfat natriy (Na2SO4) tuzi orqali, tortilgan kolbaga filtrlanadi. Foronkadagi Na2SO4 tuzi va filtr yaxshilab efir bilan yog‘ kislotasi qoldiqlaridan to‘liq yuviladi. Filtratdan 1 tomchi olib filtr qog‘ozga tomizib tekshiriladi, bunda filtr qog‘ozida efir bug‘lanib ketgandan so‘ng, yog‘ dog‘lari qolmasligi kerak. So‘ngra suv hammomida sovutgich orqali erituvchi haydaladi. Qoldiq 75 ºC da quritish shkafida doimiy og‘irlikkacha quritiladi.
Yog‘ kislotasining miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi.
X = %
bu yerda: α – cho‘kmani og‘irligi , gr
p – o‘lchangan yog‘ og‘irligi, gr.
Do'stlaringiz bilan baham: |