«ishlab chiqarish texnologiyalari» fakulteti «oziq-ovqat texnologiyasi» kafedrasi



Download 4,58 Mb.
bet1/33
Sana09.03.2023
Hajmi4,58 Mb.
#917151
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
portal.guldu.uz-YOG`LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI fanidan laboratoriya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
«ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYALARI» FAKULTETI
«OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI» KAFEDRASI





«YOG’LAR VA MOYLI XOM ASHYOLAR KIMYOSI» FANIDAN BAKALAVRIAT TALABALARI UCHUN LABORATORIYA ISHLARI BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMA





GULISTON – 2019
MUNDARIJA




Laboratoriya mashg’ulotlarining nomlari






Kirish




1.

Urug’larni mikroskop ostida tekshirish




2.

Urug’larning tabiiy va absolyut og’irligini aniqlash







Urug’larning namligini aniqlash




3.

Yog’larning erish va qotish haroratini




4.

Yog’ va moylarning solishtirma ogirligini aniqlash




5.

Yog’ va moylarning nur sindirish ko’rsatkichini aniqlash




6.

Yog’ va moylarning sovunlanish sonini aniqlash




7.

Yog’ va moylarning yod sonini aniqlash




8.

Yog’ va moylarning kislota sonini aniqlash




9.

Yog’ va moylar sovunlanmaydigan moddalari foiz hisobidagi miqdorini aniqlash




10.

Yog’ va moylardagi oksidlangan moddalar miqdorini aniqlash




11.

Yog’ va moylarning kislota tarkibini aniqlash




12.

Yog’ va moylarning triglitserid tarkibini aniqlash







Adabiyotlar ro’yxati






LABORATORIYADA ISHLASH JARAYONIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI VA YONG’INGA QARSHI TEXNIKA BO’YICHA
UMUMIY QOIDALAR

Laboratoriyalarda ishlaganda tozalik va tartibga qat’iy rioya qilish kerak. Laboratoriya yorug’ xonaga joylashgan bo’lishi kerak.


Laboratoriyalarda ishlagan har bir talaba quyidagi tartibga rioya qilishi kerak:
- laboratoriyada doimiy ish joyiga ega bo’lib, faqat xalatda ishlash;
- ishni boshlashdan oldin avval ish stolini tayyorlash;
- idishlarni toza va butunligiga e’tibor berib, asboblarni ishni boshlagunga qadar tog’rilash;
- eksperimentni instruktsiya bo’yicha o’tkazish;
- biror-bir moddani mazasini ko’rish, hidlash, kimyoviy idishlardan suv ichish mumkin emas;
- biror-bir moddani yoki reaktsiya borayotgan aralashmani qizdirishda ehtiyot bo’lib, probirkaga qo’l bilan emas, balki maxsus ushlagich bilan ushlash kerak;
- kontsentrlangan ishqor yoki kislotalarni ehtiyotkorlik bilan tyaga ostida ishlash kerak;
- tez alanga oladigan suyuqliklar bilan tyaga ostida, qizdirish asboblaridan uzoqda ishlash kerak;
- agar terining biror yeriga kislota tushsa uni tezda ko’p miqdordagi suv bilan yuvib, nimtatir soda eritmasi bilan ishlov beriladi;
- agar terining biror yeriga ishqor tushsa, uni tezda ko’p miqdordagi suv bilan yuvib,borat kislotasi bilan ishlov beriladi;
- spirt, efir yoki boshqa tez alangalanuvchi suyuqliklar yonganda suv bilan emas, balki qum bilan o’chiriladi;
- ish tugaganda ish joyini tartibga keltirib, o’quv muhandisiga topshirib, qo’lni yuvish kerar;
- laboratoriyada cherish va ovqatlanish mumkin emas;
- laboratoriyada mehnat muhofazasi va yong’in xavfsizligi bo’yicha instruktsiyalar bilan tanishish;
- teri engil kuyganda yuviladi, keyin glitserin yoki vazelin surtish kerak. Agar terida kuchli kuyish sodir bo’lgan bo’lsa, kuygan joyni kaliy permanganatning kontsentrlangan eritmasi bilan yuvish kerak, keyin kuyishga qarshi malham surtish kerak;
- kimyoviy moddalar bilan ishlaganda tozalikka rioya qilish kerak. Moddalarni qo’lga tegishidan ehtiyot bo’lish kerak. Kimyoviy moddalar bilan ishlagan vaqtda qo’lni ko’z va yuzga tekkizish, ovqat iste’mol qilish mumkin emas. Ishni tugatgandan keyin qo’lni sovun bilan yaxshilab yuvish kerar;
- yonuvchi va engil alangalanuvchi moddalar bilan ishlaganda ochiq olovdan foydalanish ta’qiqlanadi. Bu kimyoviy moddalarni isitgich qurilmalari yonida saqlash ta’qiqlanadi;
- zaharli va ishqorli moddalar bilan bog’liq bo’lgan ishlar havo tortuvchi shkaflarda bajariladi. O’zidan issiqlik chiqaradigan moddalarni aralashtirish uchun farforli yoki issiqlikka chidamli idishlar qo’llaniladi;
- ishlatilgan ishqorli suyuqliklarni va organik yonadigan eritmalarni havo tortuvchi shkaflarda maxsus idishlarga qo’yiladi;
- simobli termometrlar bilfn ishlaganda juda ehtiyot bo’lish kerak. Agar tajriba ishlarini bajarishda termometr sinib ketsa,simob darhol maxsus shyotka bilan mis idishga yig’ib olinishi, simob tekkan yuzaga 20 % li temir xlori eritmasi bilan ishlov berilishi kerak;
- kislotali kuyishda kuygan joyni suv bilan, keyin suyultirilgan sirka kislotasi bilan yuviladi;
- ko’zga ishqor yoki kislota kirganda ularni suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Keyin suyultirilgan borli kislotali eritma (agar ko’zingizga ishqor kirgan bo’lsa) yoki 1% li bikarbonat eritmasi bilan (agar ko’zingizga kislota kirgan bo’lsa) artib tezda vrachga murojaat qilish kerak;
- yonuvchi suyuqliklar alanga olgan hollarda ularni ishitish uchun ishlatiladigan qizdirgichlarni bytunlay o’chirish va alangani qum bilan ko’mish kerak. Katta alanga olov o’chirgich yordamida o’chiriladi;
- agar kiyim olov olsa, yonayotgan odamning ustiga xalat, junli odeyal va boshqa yopib bo’ladigan buyumlarni yopish kerak.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish