Tadqiqot natijalarida eng ma’qul deb 900— 1000°C harorat topilgan. Bu haroratda eng kam miqdorda toksik moddalari bo’lgan shlam paydo bo’ladi. Boshlang‘ich holatga qaraganda shlam miqdori 4 martaga kamayadi. Yondirish jarayonida paydo bo‘layotgan gazlar eng kam toksik moddalardan iborat bo‘ladi. Olingan qizdirilgan qoldiq o‘z kimyoviy tarkibi bilan sement shaklidagi moddadir. Uning granulometrik tarkibi o‘z kattaligi bilan 0,10 dan to 0,08 mm gacha ta’riflanadi. Bu qoldiqlarni rentgen struktur tahlili shuni ko‘rsatadiki, uning tuzilishidagi asosiy moddalar: kalsiy va kvars, bu ularni avtoklav qattiqlanish betonidan buyumlar tayyorlashda ishlatish imkonini yaratadi. . DORINER(Germaniya) firmasining shlamni
Sirkulatsiyalanadigan issiq havo bilan ishlov berish sxemasi:
Neft shlamlarini termik separatsiya qilish texnologiyasi AQSH ning R&D INDUSTRIAL SUPPLY COMPANY firmasi tomonidan taqdim etilgan texnologiya neft va suvning emulsiya hosil qilingan zarrachalarning issiqlik quvurlari bilan tutashganda koalessensiya qilishdan iborat. Ayirishdan so‘ng solishtirma massaning ayirmaligi uchun koagulatsion blokda fazalarga boMinishi va alohida xulosa chiqarilishi bo‘ladi.
Kam kaloriyali yoqilg‘i va qatronlar olish bilan piroliz usulida qattiq va yarimsuyuq chiqindilarni qayta ishlashga bag‘ishlangan bir qator ishlar nashr etilgan.
Chet ellarda shlamni suvsizlantirish maqsadida termik ishlash usuli keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. 1995-yilda AQSHdagi Union Carbide firmasining kimvo zavodlarida qattiq toksik chiqindilaming 85 % utilizatsiyalangan yoki yondirilgan, yoki ularning hajmini va toksikligini kamaytirish maqsadida ishlov berilgan. Shveysariya, Daniya va Yaponiyada chiqindilarni yondirish usuli eng ko‘p ishlatiladigan texnologiya hisoblanadi (70%), AQSHda esa kamroq. Faster Wheeler Energy Corporated firmasidagi texnologik jarayon shlamni bug'lantirgichda namlikni to‘liq bartaraf etishini ko‘zda tutadi. Suv bug‘lanayotganda qattiq muallaq zarrachalar neftda qoladi. Keyin separatsiya yordamida qattiq, quruq va neftdan to‘liq ajralgan erkin mahsulot olinadi. Bunday ishlov berilgan shlam yoqilgi, o‘g‘it, tuproq (grunt) sifatida ishlatilishi mumkin.
Adabiy ma’lumotlarning tahlili quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi: shlamni zararsizlantirishda termik usullardan foydalanish quyidagi omillar bilan murakkablashishi mumkin: — shlam jamlagichlardagi neft shlamining yuqori darajada suvchanligi:
— ko‘p miqdorda shlamlarda asosan qum va balchiq zarrachalaridan iborat bo'lgan (65%gacha) mexanik aralashmalaming mavjudligi:
— shlamlarni shlam jamlagichlardan chiqarib olish va shlam yondirish qurilmasiga transportirovka qilishni qiyinligi:
— uning mexanik-fizik-kimyoviy tarkibining o‘zgaruvchanligi va yuqori qovushqoqligi tufayli shlam yondirish qurilmasining yondirgichida sifatli tarqatishni amalga oshirishning qiyinligi.