Ishlab chiqarish kоrхоnаlаridа fаkеl gаzlаrini tоzаlаsh


Neft shlamlarini xomashyo sifatida ishlatish



Download 2,73 Mb.
bet12/12
Sana05.06.2022
Hajmi2,73 Mb.
#637874
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-маъруза

Neft shlamlarini xomashyo sifatida ishlatish
Neft shlamlarini xomashyo sifatida ishlatish samarali usullardan hisoblanadi, chunki bunda belgilangan ekologik va iqtisodiy samaraga erishiladi. Mahsulotni ishlab chiqarishda mahsus qurilma va qo‘shimcha quwat talab qilmmaydi.
Salbiy aspekt — bu neft shiamini foydalanish joyigacha transportirovka qilish zarurligi va buning natijasida qiyinchiliklaming tug‘ilishidir.
Neft shlamlarini qo’llashning eng ko‘p sohalaridan biri — yo‘l qurilishidir, bu yerda ular asfalt-beton aralashmasining sifatini ko‘taruvchi bog‘lovchllar sifatida qo‘llaniladi.
Neft shlamidan tuproq-beton aralashmasini olish uchun komponentlaming quyidagi o‘zaro massa nisbatida (foizda) qo‘llash tavsiya etiladi:
— tuproq—100
— ohak-4—5
— neft shlami 2—4
— suv 8—16
Bundan yo‘l qoplamasinmg mustahkamligini oshishi, suv yutilishining kamayishi va narxini tushishga erishiladi.
Mo‘rtlik haroratmi tushirish, mineral material bilan qovushish tirkashini oshirish va shuningdek, yong‘in xavfsizligini oshirish maqsadida yo‘l qurilishi uchun qovushish tarkibi qu‘yidagi komponentlaming o‘zaro massa nisbati berilmoqda, foizda: bitum— 20—66, neft shlami — 20—69, sintetik kauchuk ishlab chiqarish chiqindisi — 1—10, mineral moy ishlab chiqarish chiqindisi (mineral moyini fenol tozalashning asfalt- ekstrakt aralashmasi) — 1—40.
Asfalt-beton aralashmasidan tayyorlangan qoplamning suvga matonatliligini oshirish uchun qovushtiruvchining tarkibidagi komponentlaming quyidagi massa nisbatida tavsiya etilmoqda, foizda:
— bitum —3—5
— neft shlami —1—4
— mineral material va qolganlar.
Yo‘l qoplami moslash uchun massa miqdori bilan kompozitsiya ma’lum, foizda:
— shlak changi — 20—40
— oddiy shlak shag'alii — 15—20
— tuproq -25-30, kalsiy oksidii — 2—5
— magniy oksidii — 1—3
— neft shlami — 2—4
— suv va qolganlar
Neft shlamni xomashyo sifatida ishlatish hajmi bo'yicha ikkinchi soha — bu qurilish materiallarini tayyorlash.
Neft shlamni tarkibiga yuqori haroratli tola, yong'inga chidamli loy va poliakrilamid qo‘shilgan issiq saqlagich materiallar tayyorlashda qo‘llash tavsiya etilmoqda.
Neft shlami keramzit tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin. Keramzitni ishlab chiqarishda har xil organik qo‘shimchalar moyining hajm zichligini kamaytirish uchun ishlatiladi, ular orasida poliglikol, sulfid-achitqi-barda, dizel yoqilg‘i, kerosin, piroliz qatroni va boshqalar.
Bu maqsadlarda neft shlamni ishlatishda keramzitning hajm massasi kamayishi yirik fraksiya chiqishi ko‘payadi, yoqilg‘i sarflanishi kamayadi.
To’ldiruvchi hajmi massasining kamayish effekti keramzitning ishlab chiqarishda xomashyo sifatida kam qo'llanuvchi moyli jinslami ishlatishga imkon beradi.
Shuningdek, neftshlam ni xom neft o ‘rniga burg'ilash eritmalariga yog'lash qo‘shimchasi, uglevodorod asosida burg‘ilash eritmasini ajratish uchun bufer suyuqlik va suv asosida tamponaj eritmasi sifatida ishlatilishi mumkin.
Neft shlamni neft va gaz quduqlarini burg'ilashda burg'ilash eritmalari komponentlariga kiritish mumkin. Tavsiya etilayotgan tarkibda qo‘ilash burg‘ilash eritmalarining filtrati bilan bog‘lanishda moyli jinslaming yuqori mustahkamligini olishga imkon beradi.
Neft shlamlari bitumli qovushqoqli materiallar olish uchun ishlatilishi mumkin. Neft shlamlari, saqlash muddati va sharoitlarga qarab, o‘zining tashqi ko‘rinishi va konsistensiyasi bo‘yicha suyuq bitumlarga o‘xshab qoladi va shuning uchun ko‘pincha ular yo‘l qurilishida ishlatilishi mumkin degan fikrlar uchramoqda. Bir qator holatlarda suyuq shlamni yo‘l qoplamining pastki qatlamlarini ivitish yo‘li bilan uni almashtirishga urinishlar bo'lgan. Lekin bu yo‘l qoplamlaming sifatida yomonlashishiga olib keldi, chunki neft shlami bilan ivltilgan mineral materiallari (qum, shag'al, graviy, h.k.) ular orasida zarrachalar tirkashi yo‘qligi sababli yo‘l qoplami yemirilishiga olib keladi. Bu bitum va neft shlamlarning fraksion va guruhiy tarkiblarining katta farqlanishiga bog'liq.
Shu bilan birga bitum va neft shlamlami kompaundirlash va oksidlash usulibilan olishga imkoniyat mavjudligiga ko‘rsatayotgan bir qator ishlanmalar ma’lum.
Ukraina Fanlar Akademiyasi Fizik-organik kimyo va ko'mir kimyosi instituti tomonidan kompaundirlash usuli Kremenchug NQIZ neft shlamidan suyuq qovushqoq materiallar tayyorlash uchun ishlatilgan.
Suyuq bitum materiali ekstraksion-asfalt aralashmasi (EAA) — yog‘lar selektiv tozalash chiqindilari va neft shlamini aralashtirish natijasida olingan N PZ shlam larining xususiyati katron modullarining miqdori oshishi va qaynash harorati yuqoriligi (shlamning 90 foizi 240—360°S haroratida haydaladi) dan iborat.
Komponentlami quyidagi shaklda aralashtiradilar: 90—100°C gacha isitilgan EAAga aralashtirayotib neft shlamini qo‘shadilar.
Aralashtirish jarayoni bir hil massa olinishiga qadar 15—30 daqiqa davomida olib boriladi. Neft — kon shlamlarini olish fraksion tarkibi pastligi tufayli (qaynash harorati 100°C, 260°C gacha shlamning 30—40 foizi qaynab chiqib ketadi) imkonini bermaydi.
Neft shlamlarini oksidlash texnologiyasi dastlabki uni suvsizlantirish bo‘yicha qiyin masala yechishni talab qiladi. Kon- neft shlamlariga kelsak, ulami bitum qovushqoq materiallari olish uchun faqat qisman suvsizlatirilgandan so‘nggina oksidlash mumkin.
VNIISPT neft tomonidan shlamlami qayta ishlash texnologik jarayoni ishlab chiqilgan. Uning afzalligi shlamning mexanik araiashmalari bitum to'ldiruvchi sifatida ishlatilishi, suvsizlantirish tugunida 1—3 foiz suvlangan neft qismi olinib, neftni tayyorlash qurilmasiga jo'natilishidan iborat. Bu usul ikki asosiy bosqichdan iborat:
— neft shlamni «yumshoq» termokimyoviy suv qoldig'i miqdori 3—5 foizgacha suvsizlantirish:
— suvsizlantirilgan neft shlamni belgilangan chegaralarigacha qovushqoq bitum materialiga oksidlash.
Oksidlash reaktorida neft shlamdan haydayotgan yengil uglevodorodlar qaynash oxiri 25°C da tomchilanishdan so‘ng neftni suvsizlantirishda eritgich sifatida ishlatiladi. Uglevodorodlar kondensati neftni suvsizlantirishda eritgich sifatida va shuningdek, teplopaigeneratorda yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Loyiha tarkibidagi shlamni maqsadli mahsulotlar massa chiqishi quyidagilardir: qovushqoqli bitum materiali 30 foiz, uglevodorod kondensati (qora solyar) 12 foiz.
Uglevodorod kondensati (qora solyar)ning zichligi 845—860 kg/m3, qaynay boshlash harorati 180°C dan kam emas, 90 foizi 320°C da qaynab chiqib ketadi. 0 ‘zining tarkibi bilan yozgi dizel yoqilg‘iga to‘g‘ri keladi, yoqilg‘i sifatida ishlatilishi yoki neftga zakachka qilinishi mumkin.

Эътиборингиз учун раҳмат азиз талабалар!


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish