Ekstraksion usullar
Ekstraksiya neft komponentini olish uchun ishlatilib, organik eritgichlarda neft mahsulotlarining selektiv eruvchanligiga asoslangan.
Eritgichlar kam energiya sarflab to‘liq va yetarli darajada regeneratsiyalanishi (tiklanishi) lozim. Freon, spirt, PAV laming suv eritmalari eritgichlar sifatida ishlatilishi ma’lum.
Aromatik uglevodorodlar ajratish bo‘ycha ekstraksion usullar polyar eritgichlarda ulaming tanlovchan eruvchanligiga asoslangan.Aromatik uglevodorodlar yuqori zichlikka egadir. U lar emulgatorlarga nisbatan, o‘ta eruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lib, polyar adsorbentlar bilan adsorbsiyalanadi, polyar eritgichlarning ko‘pida va shuningdek, suvda yaxshi eriydilar.
Aromatik uglevodorodlami tanlovchan erituvchisi sifatida dietilenglikol, tri-tetraetilenglikol, sulfolan, N-formilmorfolin aralashmasi, dimetilsulfoksid, N, N-dimetilformad eritmalari ishlatiladi. Odatdagi sulfirlash usuli ham qo‘llaniladi.
Chet ellaming konlarida ko‘proq BAROID firmasi tomonidan qo‘llanilayotgan shlamlami zararsizlantirish va oiganik moddalami olish usuilari qo‘Uaniladi. Oxiigi yillarda BAROID firmasi tomonidan UNITED SOLIDS CONTROL to‘liq yopiq tizimida shlamlami har xil eritgich bilan uch qatlamli yuvish yo‘li bilan burg‘ilash shlamlami tozalash uchun maxsus qurilmalar ishlab chiqilgan. Ushbu 24.8-rasmda keltirilgan Norvegiyaning VR Exploration firmasi tomonidan ishlab chiqilgan qurilmasida burg‘ilash shlamlarini tozalash sxemasi ko‘rsatilgan. Mazkur texnologiya asosida shlam tarkibidagi qoldiq nefl miqdorini 1% gacha tushirish mumkin.
MOBIL OIL kompaniyasi keng ko‘lamda rezervuarlaming loyqa qoldiqlarini kimyoviy usulda tozalashni qo‘llamoqda. Mexanik usullarda rezervuarlardan olingan loyqa qoldiqlarini suyuq va qattiq fazalarga ajratishini ta’minlanganlariga qaramasdan, olingan chiqindilar yangi muammolarni yaratadilar. Ekologik talablar qat’iylashgan sari, chiqindilarni yo‘q qilinishida qiyinchiliklar ko‘payadi. MOBIL OIL kompaniyasi tavsiya etgan kimyoviy tozalash jarayoni amalga oshirilganda, rezervuaiga bir necha miqdorda suv asosdagi kimyoviy eritma bilan biror eritgich yoki tub yotqiziqlarining tarkibida uglevodorodlar mavjud bo'lgan yengil neft quyiladi. Tub cho‘kindilaming ustki qatlami erishi uchun suv qatlami isitiladi, bu esa kimyoviy reagent chuqurroq o'tishiga yordam beradi. Emulsiyani yemiruvchi komponent neft va suv qatlamlarining ajralishmi ta’minlaydi. Rezemiarlaming tub qoldiqlarini kimyoviy tozalash muddati odatda tavsiya etilgan texnologiya bo'yicha 3—4 haftaga cho‘ziladi. Mexanik tozalashga nisbatan kimyoviy tozalash usulini o‘tkazish sarflarining kamaytirilishi uchun aralashtirgich va boshqa uskunalaming qo‘llarrishini rad etish lozim. Kimyoviy tozalashda uglevodorodlami ajratib olish darajasi 99% ga yetadi. Neft shlamlarini ekstraksion usulda ishlov berish uchun SAS GOUDA Gollandiya firmasi tomonidan tavslj etilayotgan rezervuarlarni tozalash kompleksi:firmasi tarkibida 1 % dan kam qattiq aralashmalar, 1% dan kam suv va shuningdek, toza suv va qattiq aralashmalar bo‘lgan neft olishga imkon beruvchi texnologiyani tavsiya etmoqda. LANSCO usuli bilan rezervuar shlamlami ishlash bo‘yicha yangi jarayonni AQSHning TEXAS NAFTA IND.,INC. firmasi tavsiya etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |