89
Zararlar
ikki turli bo‘ladi:
Huquqlari buzilgan shaxs qilgan xarajatlar, uning mulkining
zararlanishi yoki yo‘qotilishi (real zarar). Shartli ravishda ularni
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
zarar deb nomlash mumkin.
Masalan, agar materiallar uchun oldindan haq to‘lab, tadbirkor
ishlab chiqarishda foydalanish uchun zarur bo‘lgan tovarni o‘z vaq-
tda olmagan bo‘lsa oldindan to‘langan summa uning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri zararini tashkil qiladi. Agar yukning yetib kelgan, haqi oldin
to‘langan qismi buzulgan, qayta ishlash uchun yaroqsiz bo‘lganda
ham tadbirkor xuddi shunday to‘g‘ridan – to‘g‘ri zarar ko‘rgan
bo‘ladi.
Olinmagan daromatlar u shaxs odatdagi aylanma sharoitlari-
da, agar uning huquqi buzulmaganida olishi mumkin bo‘l gan, lekin
olinmagan daromad (qo‘ldan chiqarilgan foyda). Zararlarning bu tu-
rini
bilvosita
zarar deb atash mukin.
Bizning davom ettirib, aytish mumkinki,
tadbirkor mahsulot
jo‘natuvchi (yoki uni tashibberuvchi)dan materiallarni, yarim fabri-
katlarni o‘z vaqtida ololmay, o‘z ishlab chiqarish rejasini, demak,
mahsulot sotish rejasini ham bajara olmadi va foydadan mahrum
bo‘ldi, o‘z daromadini qo‘ldan chiqardi.
Mutlaqo
ravshanki, to‘g‘ridan–to‘g‘ri zararlarni aniqlash qiyin
emas, lekin bevosita zararlarni hisoblab chiqarish har doim ham oson
bo‘lavermaydi. Shuning uchun davlat, ya’ni hech kimniki bo‘lmagan
mulk xukmronligi davrida xo‘jalik yurituvchilar bunday ish bilan
o‘zlarini uncha qiynamaganlar va o‘z sheriklarini avf etganlar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida esa ikkknchi turdagi zararlarni
ko‘zda tutuvchi qoidaning ahamiyati oshadi, chunki tadbirkor – bu
o‘z faoliyatini foyda olish uchun amalga oshiruvchi shaxsdir.
Shuning uchun shunday turdagi zararlarni
hisoblashning uslubiyati
ishlab chiqilmoqda va qayta tiklanmoqda.
Bir vaqtning o‘zida shuniyam hisobga olish kerakki, shartnoma-
larning ayrimlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlari bilan
cheklangan
mas’uliyat
belgilanishi mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respu-
blikasining hozirgi kungacha amalda bo‘lgan temir yo‘llar nizomida
yuk yo‘qotilganida yoki unga zarar yetkazilganida uning qiymatini
qoplab berish ko‘zda tutilgan. Lekin boy berilgan foydaning undiri-
lishi haqida xech narsa deyilmagan. Zararlarni to‘liq qoplash tamoili
90
agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqa chora ko‘zda tutil-
magan bo‘lsagina amal qiladi.
Jarima, penya – qonunchilik yoki
shartnomada belgilangan pul
summasi bo‘lib, uni qarzdor shartnomani bajarmaganida yoki talab
darajasida ijro qilmaganida to‘laydi. Bunday xolda zararning neus-
toyka zarar tufayli yetkazilgan qismigina to‘lanadi.
Qonunchilikda yoki shartnomada
faqat neustoyka (so‘zida
turmaganlik uchun jarima)ni undirish
gina ko‘zda tutilishi mumkin:
zararlar to‘liq summada neustoykaning ustiga undiriladi yoki kridi-
torning xohishiga ko‘ra neustoyka yoki zarar undiriladi.
Mamlakatimizda bozor
tuzulmalarining shakillanishi, bozor
munosabatlari tizimining rivojlanishi shartnoma ishtirokchilari
tomonidan huquqiy javobgorlikni qo‘llash tartibini o‘zgartiradi.
Agar avval shartnomada tomonlar asosan sheriklar ko‘zda tutgan
emas, qonunchilikda ko‘zda tutilgan sonksiyalar bilan bog‘langan
bo‘lishsa endi vaziyat o‘zgardi.tadbirkorlar shartnoma majburi-
yatlarini bajarmaganlik uchun tomonlarga ega maqbul bulgan, ular
bajara oladigan sonksiyalarni shartnomada o‘zlari belgilaydilar.
Bundan
kelishuv neustoyka
shartnomasi (shartnomaviy neustoyka)
deb ataladi.
Shartnomaviy neustoyka bilan
birga qonuniy neustoyka ham
mavjud bo‘lib, u majburiyatlarning ma’lum turlariga nisbatan ko‘zda
tutilishi mumkin. Agar neustoyka imperativ tomonidan belgilangan
bo‘lsa
u
tomonlar
buni
ko‘zda
tutgan,
tutmaganlaridan
qo‘llanilaveradi. Agar ta’qiq yo‘q bo‘lsa, qonuniy neustoykaning
miqdori tomonlarning kelishuviga ko‘ra oshirilishi mumkin.
Agar shartnomada bir nechta tadbirkor qatnashsa, va qonunchilik
yoki shartnomada boshqa tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, mas’uliyat
ulushiy bo‘lishi mumkin. Qonun yoki shartnoma shuningdek,
bir-
galikdagi
javobgarlikni ham ko‘zda tutadi. Bunday hollarda kreditor
ushbu shartnomada qatnashuvchi istalgan qarzdorga talab taqdim qi-
lish huquqiga ega o‘z navbatida qarizdorlar kreditor oldidagi
majburiyatlarini bajargan o‘z hamdo‘stlari oldida ulushiy javobgar
bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: