7-
Bob
. SANOAT KORXONASINING JOYLASHGAN YERI
Iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash uchun sanoatning rivojlan-
tirishning o‘zigina emas, uning alohida tarmoqlarini ratsional (oqilo-
na) joylashtirish ham katta ahamiyatga ega.
Sanoatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqila-
yotgan paytda sanoatni xom-ashyoga ham yaqin, xom-ashyoga ish-
lov berishdan ishlov berishning to tayyor mahsulot olinishigacha
bo‘lgan navbatdagi bosqichlarga o‘tilganida mehnatni eng kam
yo‘qotish nuqtai nazaridan kelib chiqib ratsional joylashtirish za-
ruratini hisobga olish kerak.
Sanoat oqilona joylashtirilganida mamlakatning moddiy va
mehnat resurslaridan to‘laroq foydalaniladi, yurtimizning hamma
mintaqalarining proporsional rivojlanishi ta’minlanadi.
Mamlakatda sanoatni joylashtirishni quyidagi asosiy tamoyillar
belgilab beradilar: - korxonalarning O‘zbekiston respublikasining
hamma xududi bo‘ylab teng, bir tekisda joylashtirilishi;
-sanoat ishlab chiqarishni xom-ashyo va materiallarning man-
balariga, mehnat resurslari va tayyor mahsulotning iste’molchilari
jamlangan xududlarga yaqinlashtirish;
-sanoat mahsulotlarining ayrim turlarini ishlab
chiqarishni ma’lum xududlarda konsentratsiyalash , alohida iqti-
sodiy xududlarni to‘g‘ri ixtisoslashtirish.
Korxonalarni joylashtirishni yaxshilash bo‘yicha rejali amalga
oshiriladigan tadbirlar ishlab chiqaruvchi kuchlarning butun mamla-
kat bo‘ylab bir tekis joylashishini, hamma mintaqalarning iqtisodiyo-
tini o‘sishini, ularning rivojlanish darajalarining joylashuvini
ta’minlaydi, xalqlarning madaniyatining o‘sishiga yordam beradi.
Har bir iqtisodiy xudud (tuman, rayon) ma’lum miqdordagi mehnat
va moddiy resurslarga ega, shuning uchun mahsulotning alohida tur-
larini ishlab chiqarishni buning uchun eng qulay sharoitlar bor
xududlar (tumanlar) da jamlash, joylashtirish, tashkil qilish kerak.
Iqtisodiy xududlarni ixtisoslashtirish masalalari hal qilinayotgan pay-
tda keyingi vaqtlarda shakllangan xalqaro mehnat taqsimotini, tashqi
iqtisodiy aloqalarning imkoniyatlarini hisobga olish kerak.
Sanoat ishlab chiqarishini xom-ashyo va material bazalariga va
iste’mol markazlariga yaqinlashtirish ishlab chiqarishga aloqasi
bo‘lsagan va juda uzoqdan yuk tashishni sezilarli darajada qis-
87
qartiradi, maxalliy resurslardan to‘laroq foydalanishni, transportni
oqilona ishlatishni, mehnat va boshqa xarajatlarni kamaytirishni
ta’minlaydi, bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va
tannarxni pasaytirishga yordam beradi.
Korxonalarni to‘g‘ri joylashtirish, qurilish o‘rnini tanlash juda
batafsil (detallashtirilgan) hisob-kitob va ishlab chiqarishning joy-
lashtirishning turli xil variantlarini iqtisodiy tahlil qilishni talab qi-
ladi.
Korxonaning joylashish yerini tanlashga ta’sir qiluvchi omillari:
• hamma omilning mavjudligi
• energiyaning mavjudligi
• ish kuchining yaqinligi va xarajatlari
• temir yo‘llarning yaqinligi
• iste’molchining yaqinligi
• atrof-muhit sharoitlari (ekologiya)
• boshqa omillar
• davlat ko‘rsatmalari
• soliqlar va yig‘imlar
• davlat datatsiyalari
• infratuzilma
• bog‘langan va erkin joylar
Sanoatni rivojlantirish uchun xom-ashyo va energetika bazalari
zarur. Bizning mamlakatimiz tabiiy boyliklarning katta zahiralariga
egalik qiladi.
Fan va texnika muvaffaqiyatlari yangi sintetik materiallar, po-
limerlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Ularning qo‘llash sano-
atning resurslarini oshiradi va mahsuloltning yangi turlarini ishlab
chiqarish imkoniyatlarini kengaytiradi.
88
8-Bob.
Do'stlaringiz bilan baham: |