T
ts
=T
asos
+T
xizm
+T
ton
Har bir korxona ishlab chiqarish siklining davomiyligini qis-
qartirishga intiladi, chunki bu aylanma mablag‘larning aylanishini
tezlashtiradi va shu munosabat bilan ishlab chiqaruvchi asosiy
fondlaridan samaraliroq foydalanish imkonini qo‘lga kiritadi.
Ishlab chiqarish siklining davomiyligini qisqartirish uchun korx-
onada quyidagi tadbirlarni o‘tqaziladi:
• ishlov berish, yig‘ish, texnik nazorat, transport operatsiyalari ja-
rayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;
• unumdor asboblarni ishlatish;
• ilg‘or texnologik jarayonlardan foydalanish, uchastkalarning
ishlarini aniq ravshan rejalashtirish;
• harakatlantirishning parallel va izchil turlarini qo‘llash va
boshqalar.
6.3. Oqim va avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishning
mohiyati va samaradorligi
84
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ilg‘or usuli oqim usu-
lidir.
Oqim
deb ishlab chiqarish jarayonini shunday tashkil qilishga
aytiladiki bunda jarayonning hamma amallari (operatsiyalari)
uzluksiz va ritm bilan bajariladi. Potok ishlab chiqarishini joriy qilish
uchun amallarning texnologik jarayon belgilagan ketma–ketligi
bo‘yicha joylashtirilgan oqim liniyalari o‘rnatiladi.
Bir, ba’zida esa bir nechta ishchi o‘rniga bitta aniq operatsiya bi-
riktiriladi. Bundan oldin esa texnologik jarayon batafsil ishlab chiqi-
ladi, u davomiyligi (mehnat sig‘imi) bo‘yicha teng bo‘lgan oper-
atsiyalarga maydalanadi, ular maqsadga eng muvofiq bo‘lgan izchil-
ligi belgilanadi. Oqim liniyasining ish o‘rinlari maxsus uskunalar,
yechilmaydigan moslamalar bilan jihozlanadi va operatsiyalararo
transporter bilan ulanadi. U tayyorlanayotgan mahsulotni oper-
atsiyadan operatsiyaga ishlab chiqarishning berilgan ritmiga muvofiq
keluvchi ma’lum tezlikda harakatlantiradi.
Oqim liniyalarida mehnat unumdorligini oshirish:
a) texnologik jarayonlarning ayrim operatsiyalarining mehnat
sig‘imini ilg‘or texnika va yuqori unum bilan ishlaydigan uskuna-
larni qo‘llash sababli pasaytirish;
b) ishlab chiqarish jarayonida vaqtning yo‘qotilishini transport
operatsiyalari va boshqa yordamchi ishlarni avtomatlashtirish va
mexanizatsiyalash, uskunalarni qayta sozlashning yo‘qligi, tufayli
kamaytirish;
v) ishchilar tomonidan o‘z vazifalarining sifatliroq bajarilishi
(chunki amalning ko‘plab marta takrorlanishi tufayli ular mo‘’ta’dil
ishlab chiqarish ko‘nikmalarini oladilar) hisobiga erishiladi.
85
Oqim ishlab chiqarishini tashkil qilishning olib, eng yuqori
shakli avtomatik oqim liniyalaridir.
Avtomatik oqim liniyasi
ma’lum izchillikda, avtomatik tarzda, in-
son mehnatining ishtirokisiz, detal yoki ishlab chiqarish bo‘yicha
amallarning bajaruvchi mashinalarning yig‘indisidir. Mashinalar,
odatda, butun potok liniyasi uchun umumiy bo‘lgan boshqaruv mex-
anizmi, shuningdek, tayyorlanayotgan detallarni (mahsulotlarni) op-
eratsiyadan operatsiyaga o‘tkazuvchi transport qurilmasi bilan
birlashtirilgan. Ishchining vazifalari faqat mashinalarning ishini
nazorat qilishdagina iborat bo‘lib qoladi.
Avtomatik oqim liniyalarining iqtisodiy samaradorligi mehnat
unumdorligining va mahsulot sifatini keskin oshirish, tannnarxning
sezilarli darajada pasayishi, boshqa ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi,
shuningdek vazifalari mashinalarni boshqarishgacha qisqargan ish-
chilarning mehnatining yengillashganidir. Kompleks avtomat liniya-
lar zamonaviy elektron vositalar bilan jihozlanadilar, buning na-
tijasida
ular
o‘z-o‘zlarini tartibga soladigan qurilmalarga
aylanmoqdalar va inson ishtirokisiz yuqori sifatli mahsulotining
chiqarishining ta’minlamoqdalar. Ishlab chiqarishini avtomat-
lashtirish ishchining mehnatini muhandisning mehnatiga yaqin-
lashtirmoqda va bu bilan jismoniy hamda aqliy mehnat o‘rtasidagi
farqlarni yo‘qotmoqda.
86
Do'stlaringiz bilan baham: |