«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

4.7. Sinxron uyg’otgich.
Teplovozlarda yordamchi sinhron uyg’otgichlar quvvatni uzatishda ma'lum
amallarni bajaradi. 
1. Tortuv sinhron generator uyg’otish tizimiga tiristorli kuchaytirgichlardan
kelayotgan signallarni uzatuvchi kuchaytirgich vazifasini.
2.   Tortuv   sinhron   generator   uyqotish   tizimidagi   ishchi   cho’lg’amlarni
manbalovchi o'zgaruvchan tok mashinalari vazifasini.
3. Tortuv sinhron generator avtomatik boshqaruv tizimidagi  o'zgaruvchan
tokda ishlovchi elektr apparatlarni o'zgaruvchan tok bilan ta'minlaydi.  
105


Demak   sinhron   uyg’otgichlar   o'zgaruvchan   -   o'zgarmas   tok     uzatmali
teplovozlarda   sinhron   generator   rotorida   asosiy   magnit   maydonni   hosil   qilish
uchun   hizmat   qiladi.   Sinhron   uyg’otgichlar   bir   fazali   o'zgaruvchan     tok   ishlab
chiqadi, bu tok tiristorli rostlagich orqali rostlanadi va to'qirlanib tortuv sinhron
generator   rotoriga   etkaziladi.   Sinhron   uyg’otgichda   kollektor   cho'tka   qismining
yo'qligi  sababli   ishonchliligi   yuqori,  bu   esa   ta'mirlash   jarayonidagi   ish   hajmini
keskin   kamaytiradi.   Sinhron   uyg’otgich   aylanishlar   chastotasini   o'zgarmas   tok
uyg’otgichlariga   nisbatan   kattaroq   qilinishi   imkonini   beradi.   Sinhron
uyg’otgichning   og’irligi,     qimmat   elektrotehnik   po'lat   listlar   va   mis   simlarni
kamroq ishlatilishi, tarkibi, tayyorlanishi, qiymati qimmat bo'lgan kollektor mis
plastinalarni   ishlatilmasligi   evaziga   kamaytirilgan.   Misol   tariqasida   V   -   600
o'zgarmas tok generatorini olsak. V - 600 uyg’otgichning quvvati 22,5 kVt oqirligi
380kg, o'zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi VS - 650 uyg’otgichning quvvati 26
kVt,   oqirligi   355   kg.   Shu   bilan   birga   uyg’otgichning   tan   narhi   va   foydalanish
jarayonida ekspluatacion sarf - harajatlar kamayadi.    VS - 650V markali sinhron
generatorining tehnik ko'rsatkichlari 4.9.- jadvalda ko'rsatilgan. 
4.9. jadval. 
VS - 650V markali sinhron generatorining tehnik ko'rsatkichlari 
Teplovoz seriyasi
2TE116, TEP70
Nominal quvvati, kVt 
26
Uzoq muddatli ish rejimidagi tok , A
164
Maksimal kuchlanishdagi tok, A
146
Uzoq muddatli ish rejimida kuchlanish, V
215
Maksimal kuchlanish, V 
287
Aylanishlar chastotasi  daq.-1
2470 – 3300
Sovutish tizimi 
O'zini sovutish tizimi 
FIK, %
75
Tok chastotasi, Gts 
165/220
106


4.23- rasm Sinhron uyg’otgichning umumiy ko’rinishi
1 - podshipnik shit qopqog’I; 2- moy quyish moslamasi;  3 - rotor vali; 4 - poshipnik qopqog’I;
5 - sovutuvchi havo kiritish tuynugi setkasi; 6 - osish moslamasi; 7 - sovutish tizimi parragi
qopqog’I;   8 -  stamina; 9 - klemmalar qutisi
Sinhron   uyg’otgich   magnit   tizimi   po'lat   listdan   aylana   shakliga   keltirilib
payvandlab yasalgan staninadan, staninaga o'rnatilgan 8 ta qutbdan tashkil topgan. 
4.24-rasm Sinhron generator magnit tizimi
1 - stator, 2 - qutb, 3 - shinalar, 4- cho'tkalar, 5 - qutblar orasidagi ulovchi simlar
107


Qutb o'zagi magnit maydon ta'sirida hosil bo'ladigan uyurmaviy kuchlarni
kamaytirish   maqsadida   shtamplab   tayyorlangan   po'lat   listlardan   tayyorlangan,
laklanib   issiq   havoda   quritilib   yig’ilgan.   qutbning   uyg’otgich   yakoriga   qaragan
tomonini qutb bashmak qismi deb ataladi.   Qutb bashmak qismiga uchlari qisqa
tutashtirilgan   kesimi   doira   shakldagi   dempferlovchi   cho’lg’am   joylashtirilgan.
Dempferlovchi   cho’lg’amning   vazifasi   o'tish   jarayonida   rostlash   tizimining
turg’unligini   orttirish.  Qutblarga   mustaqil   cho’lg’am   joylashtirilgan   bo'lib,
cho’lg’amlar   ketma   -   ket   ulangan.   Qutb   cho’lg’amlarining   izolyaciya   sinfi   F.
Qutbning     cho’lg’ami   o'zak   qismga   yig’ilgandan   so'ng   epoksid   kompaudga
botiriladi va quritiladi. 
Sinhron uyg’otgich rotor qismi mufta orqali dizel taqsimlovchi redutoridan
harakatni oladi. Rotor o'zagi qalinligi 0,5 mm bo'lgan shtamplangan elektrotehnik
po'lat listlardan tayyorlangan, yiqilishidan avval laklanib issiq havoda quritilgan.
Sinhron uyg’otgich rotor qismi 4.25-rasmda keltirilgan. 
 
4.25 – rasm. Sinhron uyg’otgich rotor qismi
1 - rotor vali, 2-kollektor tomonidagi podshipnik halqasi, 3 - kontakt halqalar, 4 - bandaj, 5 -
cho’lg’am ushlagich , 6 - rotor  vali chiqish qismidagi podshipnik halqasi,  7 - halqa,  8 - rotor
cho’lg’ami, 9 - rotor o'zagi, 10 - izolyaciya, 11 - cho’lg’am ushlagich, 12 cho’lg’amlarning
chiqish qismini halqaga ulash simlari, 13 – vtulka
108


Rotor o'zagi valga yig’ilgan va kontakt halqalar tomonidan jezli vtulka bilan,
valning chiqish qismi tomonidan cho’lg’am ushlagich bilan ushlab turiladi. Rotor
valida keltirilgan barcha detallar valga shponkalar yordamida o'rnatilgan.
O'zak ariqchalarida to'lqinsimon cho’lg’am joylashtirilgan. Cho’lg’am yakor
o'zagida shishabandaj orqali ushlab turiladi.   Rotor epoksid kompaudga botirilib
quritiladi. Valga izolyaciyalangan 2ta mahsus zanglashga chidamliligi orttirilgan
po'latdan   tayyorlangan   kontakt   halqalar   o'rnatilgan.   Kontakt   halqalarga
mahkamlangan  shpilkalarga   rotor  cho’lg’amining  chiqish  qismi   mahkamlangan.
Kontakt   halqalarning   ishchi   yuzasida     vintsimon   ariqchalar   ochilgan.   Rotor
podshipnik   shit   qismiga   2   ta   zoldirli   podshipniklar   orqali   o'rnatilgan.
Podshipniklarni o'rnatilishidan avval valga labirint halqalar tiqizlik bilan kiritilib
podshipniklar uchun moylash kamerasi hosil qilingan.
  Podshipniklarga   ekspluataciya   jarayonida   qo'shimcha   ravishda   moy
podshipnik   shitiga   o'rnatilgan     mahsus   po'latdan   tayyorlangan   quvurlar   orqali
quyiladi. Moy markasi JRO TU 32 TS520-83. 6 ta cho'tkaushlagichlar plastmassali
traversaga o'rnatiladi va cho’lg’amlarni chiqish qismi qutisiga ulangan tok yiqish
shinasiga   ulangan. Traversa boltlar orqali kollektor tomonidagi podshipnik shit
qismiga ulangan (4.26 -rasm).   
4.26- rasm Sinhron generator traversa qismi
1 - cho’lg’amlarning chiqish qismi, 2 - traversa, 3 - tok yig’uvchi shina, 4 - cho'tkaushlagich
109


Cho'tkaushlagich   konstrukciyasi   cho'tkalarni   o’zgarmas   ravishda   kontakt
halqalarga   16-20   N   kuch   bilan   bosib   turishni   ta'minlaydi.   Har   bir
Cho'tkaushlagichlarga o'lchamlari 25x32x64 mm bo'lgan EG - 4 markali bittadan
cho'tkalar o'rnatilgan. Cho'tkalar rezinali amortizatorlarga ega.
Sinhron uyg’otgichlar o'z - o'zini sovutish tizimiga ega bo'lib sovutish tizimi
parragi valning kollektor qismini qarama - qarshi tomoniga joylashtirilgan valdagi
po'lat gupchakka boltlar orqali mahkamlangan. Sovutuvchi havo stanina kollektor
tomonidagi   mahsus   teshiklardan   olinib,   valning   chiqish   qismi   tomonidagi
teshiklardan chiqarib yuboriladi.     

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish