4.6. Lokomotivlarning yordamchi asinhron mashinalarini
4.6.1. Asinxron mashinalarining ishlash tartibi
O‘zgaruvchan tok mashinalaridan asinxron mashinalar asosan asinxron
dvigatellar sifatida qo‘llaniladi. Asinxron dvigatelning ishlash tartibi magnit
maydoniga kiritilgan tokli o‘tkazgichning shu maydon bilan o‘zaro ta’siriga
asoslangan.
Asinxron mashinalarda asosiy magnit maydonini stator chulg‘amla-ridan
o‘tuvchi uch fazali tok hosil qiladi. Bu maydon aylanma magnit maydoni
hisoblanadi. Asinxron dvigatel asosan ikki qismdan: qo‘zg‘almas qism – stator va
aylanuvchi qism – rotordan iborat. Stator dvigatel korpusi, asos, korpus ichiga
o‘rnatilgan ferromagnit o‘zak va shu o‘zak pazlariga joylashtiriladigan uchta
chulg‘amdan tashkil topgan. Stator ichiga o‘rnatiladigan ferromagnit o‘zak,
uyurma toklarni kamaytirish maqsadida, qalinligi 0,35...0,5mm bo‘lgan maxsus
elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa plastinalardan yig‘iladi. Stator po‘lat
o‘zagining plastinalari ma’lum shaklda shtamplab tayyorlanadi. Plastinalarning
99
ikki tomoniga izolyatsiyalovchi maxsus lak surtiladi. Plastinalar ma’lum tartibda
yig‘iladi. Bunda statorning ichki sirtida valga parallel bo‘lgan pazlar hosil bo‘ladi.
Bu pazlarga stator chulg‘amlari joylashtiriladi.
4.19-rasm. Asinxron elektr mashina.
1-podshipnik; 2-val; 3,9-podshipnik shiti; 4- tarmoqlanib chiqish joyi qutisi; 5- rotor o‘zagi; 6-
stator o‘zagi; 7- korpus; 8- ventilyatorni o‘rab turish qoplamasi; 10- ventilyator; 11- stator
chulg‘ami; 13- pasport ko‘rsatkichlari ko‘rsatilgan jadval; 14-o‘rnatish panjalari; 15- erlatish
bolti
Stator pazlariga uchta stator chulg‘ami joylashtiriladi. Chulg‘amlarning bosh
va oxirgi uchlari mashina korpusining yon yoki ust tomoniga o‘rnatilgan
klemmalar qutisiga chiqariladi. Stator chulg‘amlari yulduz yoki uchburchak
usulida ulanadi.
Asinxron dvigatelning rotori uning statori ichiga o‘rnatiladi. Rotor asosan
val, ferromagnit o‘zak va uning pazlariga joylashtirilgan qisqa tutatshgan
simlardan yoki uchta chulg‘amdan iborat bo‘ladi. Rotorning ferromagnit o‘zagi
ham maxsus elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan yupqa plastinalardan yig‘iladi.
Rotor plastinalari ham ma’lum shaklda shtamplab tayyorlanadi. Rotor chulg‘ami
ham po‘lat o‘zak pazlariga o‘rnatiladi. Asinxron dvigatel rotori tuzilishi ikki xil:
a)
qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatel;
100
b)
faza rotorli asinxron dvigatel.
Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron dvigatellar rotorining ferromagnit o‘zagi
pazlariga izolyatsiyasi bo‘lmagan mis yoki alyuminiy simlar yoki sterjenlar
joylashtiriladi. Bu sterjenlarning uchlari ikki tomondan mis yoki alyuminiy
halqalarga kavsharlanadi. Agar rotor pazlaridagi sterjenlarni va sterjen uchlarini
birlashtiruvchi halqalarni rotordan chiqarib olinsa, katakli halqa hosil bo‘ladi
(4.20- rasm)
4.20-rasm. Katakli halqa
Katakli halqaning sterjenlari rotorning qisqa tutashtirilgan chulg‘ami,
bunday rotor esa qisqa tutashtirilgan rotor deyiladi. Qisqa tutashtirilgan rotor
o‘zagining pazlari ovalsimon bo‘lib, ko‘pincha eritilgan alyuminiy quyiladi va
yaxlit halqa hosil qilinadi. Rotor tanasining ikki yon tomonidan sovituvchi qanotlar
ham chiqariladi.
Katakli halqaning sterjenlari po‘lat o‘zakdan izolyatsiyalanmaydi, chunki
qisqa tutashtirilgan mis yoki alyuminiy simlarning elektr o‘tkazuv-chaligi po‘lat
o‘zakning elektr o‘tkazuvchanligidan o‘n va undan ortiq marta katta bo‘ladi,
bunday sharoitda sterjenlar izolyatsiyalashning ahamiyati bo‘lmaydi. Umuman,
sterjenlari va halqalari quyma alyuminiydan ishlangan rotor oddiy tuzilgan,
tannarxi arzon, engil, tayyorlanish texnologiyasi oson (4.21- rasm).
101
4.21.-rasm. Qisqa tutashtirilgan rotor
Faza rotorli asinxron dvigatel ham, val va unga o‘rnatilgan ferromagnit
o‘zakdan iborat bo‘lib, o‘zakning pazlariga izolyatsiyalangan mis simdan o‘ralgan
uchta chulg‘am, fazoda bir-biriga nisbatan 120º ga siljitilgan holda joylashtiriladi.
Ko‘pchilik hollarda rotor chulg‘amlari yulduz usulida ulanadi. Chulg‘amlarning
oxirgi uchlari bir nuqtaga ulanadi, bosh uchlari esa rotor o‘qining bir tomoniga
o‘rnatilgan uchta mis yoki jez halqaga ulanadi. Bu halqalar mashinaning temir
qismlaridan va bir-biridan puxta izolyatsiyalanadi. Mashinaning qo‘zg‘almas
qismiga o‘rnatilgan maxsus tutqichlarda yupqa mis plastinalardan yoki ko‘mirdan
yasalgan cho‘tkalar o‘rnatilgan. Cho‘tkalar prujina yordamida halqalarga tegib
turadi, rotor aylanganda cho‘tkalar halqalarda sirpanadi va elektr tokini yaxshi
o‘tkazadigan kontakt hosil qiladi. Rotor chulg‘amlarining bosh uchlari halqa va
cho‘tkalar orqali tashqi klemmalarga chiqariladi.
Faza rotorli dvigatel maxsus yurgizish reostati yordamida yurgiziladi.
Yurgizish reostati yulduz usulida ulangan uch fazali reostatdir. Dvigatel
yurgizalayotganida yurgizish reostatining hamma qarshiligi rotor chulg‘amiga
butunlay ulangan bo‘lishi lozim. Stator chulg‘amlari tarmoqqa ulanganda
dvigatelning rotori aylana boshlaydi. Uning tezligi oshgan sari yurgizish
102
reostatining qarshiligi uning surgichi yordamida bir bosqichga kamaytirib boriladi.
Bunday dvigatelning aylanish chastotasi valdagi yuklama qiymati bilan aniqlanadi.
Yurgizish reostatning qarshiligi nolga teng bo‘lganda rotor chulg‘amlari qisqa
tutashib qoladi. Halqa va cho‘tkalar mashinaning nozik qismlari hisoblanib,
cho‘tkalar halqalarda sirpanib eyiladi va tez ishdan chiqadi(4.22-rasm).
4.22- rasm. Fazali rotorli elektr dvigatel
1, 7 –podshipniklar; 2,6- podshipnik shchitlari; 3-korpus; 4- stator o‘zagi; 5- rotor o‘zagi; 8-
val; 9- tarmoqlanib chiqish joyi qutisi; 10- o‘rnatish panjalari; 11-kontakt halqalari
Asinxron dvigatelning ishlash tartibi stator chulg‘amlaridan uch fazali tok
o‘tganda statorda aylanma magnit madonining hosil bo‘lishiga asoslangan.
Asinxron dvigatelning ishlash tartibi ichiga magnit qutblari mahkamlangan va o‘z
o‘qi atrofida erkin aylanadigan halqani o‘z ichiga oladi. Bu halqa aylanganda,
uning ichidagi magnit maydoni ham aylanadi, natijada aylanma magnit maydoni
hosil bo‘ladi. Bu halqa ichiga engil aylanadigan qisqa tutashagan rotor o‘rnatiladi.
Agar magnitli halqa ma’lum bir tezlikda aylantirilsa, magnit maydonnining kuch
chiziqlari rotorning qisqa tutashtirilgan o‘tkazgichlarini kesib o‘tadi va bu
o‘tkazgichlarda EYuK hosil bo‘ladi. Bu EYuK rotor o‘tkazgichlarida tok hosil
qiladi. Rotor qisqa tutashgan o‘tkazgichlardan hosil bo‘lgan shu tokning aylanma
magnit maydoni bilan o‘zaro ta’siri natijasida rotor o‘tkazgichlariga elektromagnit
103
kuchlar ta’sir qiladi. Bu kuchlarning yo‘nalshi chap qo‘l qoidasi bilan aniqlanadi.
Rotorning ayrim o‘tkazgichlariga ta’sir etuvchi kuchlar uni aylantiradigan
elektromagnit momentni hosil qiladi. Asinxron dvigatelning ishlash tartibi aylanma
magnit maydoni bilan rotorning qisqa tutashtirilgan o‘tkazgichlarida (yoki rotor
chulg‘amlarida) hosil bo‘ladigan toklarning o‘zaro ta’siriga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |