«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


O’zgarmas tok elektr dvigatellarining ishlash tartibi



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

4.4. O’zgarmas tok elektr dvigatellarining ishlash tartibi
O’zgarmas  tok elektr mashinalari chap qo‘l qoidasiga asosan ishlaydi. Bu
qoidaga asosan, tokli o‘tkazgichga magnit maydoni tomonidan ta’sir qiluvchi kuch
yo‘nalishi aniqlab beriladi.  
Agar chap qo‘l kaftiga magnit kuch chiziqlari kiradigan qilib joylashtiririlsa
va tok yo‘nalishi to‘g‘irlangan holatdagi to‘rt barmoq yo‘nalishi bilan mos tushsa,
u holda bukilgan katta barmoq ta’sir qiluvchi kuch yo‘nalishini ko‘rsatib beradi.
Bu kuch tokli o‘tkazgichni o‘z harakati yo‘nalishida harakatlantiradi (4.14-rasm). 
4.14.-rasm. Tok o‘tayotgan o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi kuchlar yo‘nalishini aniqlash
Bu kuchning miqdori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
I
l
B
F




bu yerda F–magnit maydonida joylashgan tok o‘tayotgan o‘tkazgichga ta’sir
qiluvchi kuch, N; 
B–magnit induktsiyasi, Tl; 
l–o‘tkazgich uzunligi, m; 
I–o‘tkazgichdagi tok kuchi, A. 
O’zgarmas tokda ishlovchi oddiy elektr mashinani ishlash tartibi quydagicha
92


(4.15.-rasm). 
Bu  mashinaning  magnit   maydonida   aylanma   harakatlanuvchi   yakor
o‘zagining  ariqchalariga  joylashtirilgan   o‘tkazgich   o‘ramilari   o’rnatilgan.
O‘tkazgich   o‘rami   yakor   seksiyasini   tashkil   etadi,   yakor   o‘zagi  ariqlariga
joylashtirilgan barcha seksiyalar esa birgalikda yakor chulg‘amini tashkil etadi.
Magnit   maydoni   N   va   S   asosiy   qutblar  tomonidan  hosil   qilinadi.   Yakor
seksiyasining   uchi   ikkita   izolyatsiyalangan   halqaga,   ya’ni   kollektorga   ulangan.
Kollektor yakor bilan birgalikda aylanadi. Tashqi elektr jihozlarini seksiyalarga
ulash,   harakatlanmaydigan   cho‘tkalar   yordamida   amalga   oshiriladi.   Cho‘tkalar
yakor aylanishi natijasida kollektor yuzasida sirpanadi.
4.15-rasm. O’zgarmas tokda ishlovchi elektr mashina
1- val; 2- oldingi podshipnik shchiti; 3- kollektor; 4- cho‘tkaushlagich va cho‘tka; 5- yakor; 6-
asosiy qutb; 7- qo‘zg‘atish chulg‘ami; 8- stanina; 9- orqa podshipnik shchiti; 10- ventilyator; 11-
o‘rnatish asosi
Ta’minlovchi   manbadan   elektr   toki   (masalan,   teplovoz   elektr   dvigateli
uchun bunday manba sifatida tortuv generatori qo‘llaniladi) harakatlanmaydigan
cho‘tkalardan yakor seksiyasiga etib keladi. Magnit maydonida joylashgan yakor
seksiyasiga   kuchlar   juftligi   ta’sir   etishi   natijasida   yakorni   aylantirib   beruvchi
elektromagnit momenti paydo bo‘ladi. 
93


Kuchlar juftligi paydo bo‘lishi sababi, yakor seksiyasi magnit maydoniga
joylashtirilgan ikkita o‘tkazgichdan iborat bo‘lib, ularda bir-biriga qarama-qarshi
yo‘nalishda tok o‘tadi. Shuning uchun tok o‘tadigan o‘tkazgichga ta’sir qiluvchi  
F
kuch yo‘nalishini chap qo‘l qoidasiga asosan aniqlanadi. Bu kuchlar qarama-qarshi
tomonga yo‘nalgan bo‘lib, elektr dvigateli yakorini harakatga keltiradi. 
Yakorni   aylantirish   uchun,   qo‘llaniladigan   magnit   maydoni  o’zgarmas
magnit materiallaridan tayyorlanmaydi (masalan, keng tarqalgan mineral magnitli
temir rudasi tarkibi 31% FeO va 69% Fe
2
O
3  
iborat). O’zgarmas magnitlar, magnit
maydoni   manbasi   sifatida,  faqatgina  kichik   quvvatli  mashinalarda   qo‘llaniladi.
Chunki tokli o‘tkazgichga ta’sir etuvchi kuch, tortuv harakat tarkibida qo‘llanuvchi
quvvati yuqori elektr dvigatellarni yakorlarini aylanishi uchun etarli bo‘lmaydi.
Tabiiy va sun’iy magnit materiallarining magnit maydonini boshqarib bo‘lmaydi.
Shuning   uchun   lokomotivlarda   elektr   mashinalar   yakorini   aylanitirib   beruvchi
magnit maydonini hosil qiluvchi tarkibiy qism sifatida elektr magnit g‘altaklardan
foydalaniladi.   Ularning   ish   tartibi   elektromagnitizm   xususiyatiga   asoslangan
bo‘lib,   o‘tkazgich   atrofida   doimo   magnit   maydoni   mavjud   bo‘ladi.   Tokli
o‘tkazgich atrofidagi  magnit kuch chiziqlari bitta umumiy markazga ega bo‘lgan
aylanani ifodalaydi.   Magnit kuch chiziqlari yo‘nalishi parma qoidasiga asosan
aniqlanadi (4.16.-rasm).  
4.16-rasm. Kuch chiziqlarini yo‘nalishini parma qoidasi yordamida aniqlash:
a-tokli o‘tkazgich atrofida; b- tokli g‘altak atrofida; I – o‘tkazgichdagi tok kuchi,A; N – magnit
maydon kuchlanganligi, A/m
Agar parma tok yo‘nalishida burab kiritilsa, uning aylanish yo‘nalishi kuch
94


chiziqlari   yo‘nalishini   aniqlaydi.   Elektr   dvigatelda   magnit   maydonini   hosil
qiluvchi elektr magnit g‘altaklari qo‘zg‘atish chulg‘amlari deyiladi.
Demak,   elektr   dvigatelning   ishlash   tartibi   quyidagilardan   iborat:   yakor
chulg‘amiga   ta’sir   etuvchi   kuchlanish,   magnit   maydonini   hosil   qiluvchi   tokni
qo‘zg‘atadi. Bu tok qo‘zg‘atish chulg‘amlari magnit maydoni bilan o‘zaro ta’sir
etadi. Natijada yakorni aylantiruvchi kuch hosil bo‘ladi.

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish