«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

3.2.2. Tortuv agregatlarining tuzilishi
Tortuv   agregatlari   himoyalangan   ko'rinishda   tayyorlangan   bo'lib   mustaqil
majburiy sovutish tizimiga ega. Sinhron tortuv generatori statori tortuv agregatning
asosiy qismi hisoblanadi. O'z ehtiyoji uchun generatorni joylashtirish uchun tortuv
agregati (GS turdagi sinhron ganeratorlarning staninasiga  nisbatan) uzaytirilgan
staninaga va oraliq shitga ega. Agregat staninasiga tashqi tomondan   agregatni
dizel osti ramasiga qotirish uchun mahsus panjalar va agregatni ko'tarish uchun
mahsus ochilgan teshiklarga ega bo'lgan qovurg’alar payvandlangan. Staninaning
yuqori qismiga to'g’irlash qurilmasi blokini o'rnatish uchun kronshteynlar (taglik)
o'rnatilgan. 
O'z   ehtiyoji   uchun   generatorning   staninasi   oraliq   shit   yon   ko'ndalang
yuzasiga siqilib turadi va bir vaqtning o'zida sinhron generator qismining stator
64


o'zagining   old   siquvchi   shaybasi   vazifasini   o'taydi,   shu   bilan   konstrukciyaning
qattiqligini   ta'minlab   beradi.   Agregatning   yon   podshipnik   shiti   konstrukciyasi
bo'yicha   sinhron   tortuv   generatorlarning   podshipnik   shitiga   o'hshash   bo'ladi.
Agregat rotori umumiy quyma- payvandlangan valsiz konstrukciyadagi korpusga
ega (3.9- rasm). Rotor korpusiga ikkita mustaqil - tortuv generator va o'z ehtiyoji
uchun generatorlarning qutblar tizimi o'rnatilgan.  Rotorining o'z  ehtiyoji uchun
generator   qismidan   so'ng   ikki   mashinaning   kontakt   halqalari   joylashtirilgan.
Agregatning sinhron generator qismi, tuzilishi bo'yicha yuqorida ko'rib chiqilgan
sinhron generatorlarning tuzilishiga o'hshash. 
3.9-rasm. A-714 UXL tortuv agregatining kesimda umumiy ko’rinishi: 1 - mahkamlash
panjalari; 2 - kontakt halqalari; 3 - podshipnik shiti; 4 - rotor cho'lg’ami;  5 - rotor o'zagi; 6 -
stator o'zagi; 7 - rotor vali; 8 - stator cho'lg’ami chiqish qismi
Agregatning  o'z  ehtiyoji  uchun  generator  qismi  tortuv  generator  qismining
uyg’otish  cho'lg’amlarini,  yordamchi  mehanizmlarining  o'zgaruvchan  tokda
ishlaydigan  yuritmalarini,  avtomatika  qurilmalarini  o'zgaruvchan  tok  bilan
manbalash uchun hizmat qiladi. O'z ehtiyoji uchun generatorning uyg’otish tizimi
o'z -o'zini uyg’otish principiga asoslangan. O'z ehtiyoji uchun generator rotoriga
o'rnatilgan   12   qutbga   ega   bo'lgan   stator   cho'lg’amidan   manbalanadigan   yaqqol
65


qutbli mashina hisoblanadi. Stator ariqchalarida yulduzcha ko'rinishda ulangan bir-
biridan 300 el gradusga siljigan  ikkita uch fazali cho'lg’am joylashtirilgan.
Sinhron generator statorining o'zagi qalinligi 0,5 mm bo'lgan E43 markali
po'latdan   shtamplanib   tayyorlangan   bo'lib   o'zakda   40   ta   sovutish   kanallari
ochilgan.   Stator   ariqchalariga   izolyaciyasining   issiqlikka   bardoshligi   H   bo'lgan
to'lqinsimon cho'lg’am o'rnatilgan. CHo'lg’amning ariqchadan tashqari qismi stator
korpusiga mahsus cho'lg’amushlagichlar yordamida mahkamlangan.     
Rotor   qutblarining   o'zagi   qalinligi   1,4   mm   bo'lgan   po'lat   listlardan
tayyorlangan bo'lib, laklangan va issiq havoda quritilib presslab yig’ilib shpilkalar
orqali mahkamlangan. qutb cho'lg’amlari o'lchamlari 1,08 x22 mm bo'lgan LMM
markali mis tasmadan tayyorlangan bo'lib qutbga yon kichik tomoni bilan o'ralgan.
Izolyaciyasining issiqlikka bardoshliligi   “Monolit - 2” turdagi   F sinfi. Tortuv
agregatining sinhron generator qismining har bir qutbida 8 tadan diametri 12 mm
bo'lgan mis sterjendan tayyorlangan qisqa tutashtirilgan dempferlovchi cho'lg'am
o'rnatilgan bo'lsa, o'z ehtiyoji uchun generatorning rotorida joylashgan qutblarning
bashmak qismiga 6 tadan diametri 8 mm bo'lgan qisqa tutashtirilgan dempferlovchi
cho'lg’am o'rnatilgan. Dempferlovchi  cho'lg'am avariyaviy rejimlarda yo'qotishlar
va o'ta kuchlanishlar qiymatini kamaytirish uchun hizmat qiladi.
Agregat 20 ta cho'lg’amlarning chiqish qismiga ega bo'lib, ulardan 8 tasi  (6
ta statorga o'rnatilgan 2ta 3 fazali cho'lg’am chiqish qismi, 2 ta nol chiqish qismi)
tortuv   generator   qismining   statoridan   chiqib   agregatning   dizel   tomonidagi
klemmalar qutisiga o'rnatilgan. , qolgan 12 ta chiqish qismi( 6 ta o'z ehtiyoji uchun
generatorning statorida o'rnatilgan  2 ta 3 fazali cho'lg’am chiqish qismi, 2 ta nol
chiqish qismi,  4 ta sinhron generator va o'z ehtiyoji uchun generatorning rotorida
joylashgan   uyg’otish   cho'lg’amlarining   chiqish   qismi)   agregatning     kontakt
halqalari o'rnatilgan tomoniga klemmalar qutisiga joylashtirilgan. 

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish