«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари


 Lokomotivlarning tortuv asinhron mashinalari



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

3.3. Lokomotivlarning tortuv asinhron mashinalari
3.3.1.  O‘zgaruvchan tok elektr mashinalari ishlash sharoiti
66


  O‘zgaruvchan   tok   elektr   mashinalari   sinusoidal   o‘zgaruvchan   tokda
ishlashga   mo‘ljallab   tayyorlanadi.  O‘zgaruvchan   tok   elektr   mashinalarining
(sinxron va asinxron mashinalarning) ishlash tartibi uchta chulg‘amdan uch fazali
tok o‘tganda aylanma magnit maydonining hosil bo‘lishiga asoslanadi.   Hozirgi
vaqtda uch fazali o‘zgaruvchan tok elektr mashinalari uch guruhga bo‘linadi: 
a)
 kollektorsiz asinxron mashinalar; 
b)
 kollektorli asinxron mashinalar; 
c)
 sinxron mashinalar. 
O‘zgaruvchan   tok   elektr   mashinalari   asosan   ikki   qismdan   iborat   bo‘ladi:
qo‘zg‘almas qism – stator; aylanadigan qism – rotor. Stator va rotor orasida havo
oralig‘i   bo‘ladi.   Bu   oraliq   sinxron   mashinalarda   nisbatan   kattaroq,   asinxron
mashinalarda   kichkina   (0,2...3   mm)   bo‘ladi.   Asinxron   va   sinxron   mashinalarda
statorning tuzilishi deyarli bir xil bo‘ladi, lekin ularning rotorlari tuzilishi jihatidan
har xil bo‘ladi. Amalda bir va uch fazali asinxron va sinxron mashinalar juda keng
qo‘llaniladi.   Uch   fazali   elektr   mashinalar   statorida   uchta   chulg‘am,   bir   fazali
mashinalarda   esa   bitta    chulg‘am   mavjud.   Sinxron  va   asinxron   mashinalarning
statorida   joylashgan   uch   fazali   chulg‘amdan   uch   fazali   tok   o‘tganda   statorda
aylanma magnit maydoni hosil bo‘ladi. 
Sinxron   mashinalarda   rotorning   aylanish   chastotasi   aylanma   magnit
maydonining aylanish chastotasiga teng, ya’ni rotor va aylanma magnit maydoni
sinxron   aylanadi.   Bunday   mashinalar   sinxron   mashinalar   deyiladi.   Sinxron
mashinalar asosan o‘zgaruvchan tok generatorlari sifatida qo‘llaniladi. 
Asinxron   mashinalarda   rotorning   aylanish   chastotasi   aylanma   magnit
maydonining aylanish chastotasiga teng bo‘lmaydi, ya’ni ular sinxron aylanmaydi.
Bunday   mashinalar   asinxron   mashinalar   deyiladi.   Asinxron   mashinalar   asosan
dvigatel sifatida qo‘llaniladi. 
O‘zgaruvchan tokning kollektorli mashinalarida ham rotor aylanma magnit
maydoni bilan bir xil tezlikda aylanmaydi va bu jihatdan ular asinxron mashinalar
67


hisoblanadi. Lekin bunday mashinalarda kollektor bo‘lganligi sababli ular alohida
guruhni tashkil qiladi. Kollektorli mashinalar asosan dvigatel sifatida qo‘llaniladi.
Ularning   ishlash   tartibi  o’zgarmas   tok   mashinalarining   ish   tartibiga   yaqin.
O‘zgaruvchan tok kollektorli mashinalari amalda kam qo‘llaniladi.
Elektromagnit   mashinalarning   ferromagnit   o‘zagi   (magnit   o‘tkazgichi)   va
chulg‘amlari   uning   asosiy   qismi   hisoblanadi.   Qolgan   qismlar   mashinaning
pishiqligini,   mustahkamligini,   aylanishini   va   sovutilishini   ta’minlash   qismlari
hisoblanadi. 
Asinxron va sinxron mashinalarda statorning tuzilishi bir xil bo‘ladi. Bunday
mashinalarning statori uning korpusi (staninasi), asosi, korpusni ikki tomonidan
berkitib turadigan podshipnik shchitlari hamda statorining korpusi ichida maxsus
yupqa elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘ilgan po‘lat o‘zakdan iborat. Po‘lat
o‘zak   pazlariga,   fazoda   bir-biriga   nisbatan   120º  siljigan,   uchta   chulg‘am
o‘rnatilgan. Bir fazali mashinalarda stator chulg‘amini, odatda yakor chulg‘ami
deyiladi. 
O‘zgaruvchan   tok   elektr   mashinalarida   magnit   oqimi   berkiladigan   po‘lat
o‘zakli maxsus yupqa elektrotexnik po‘lat listidan yig‘ib tayyorlanadi. Stator va
rotorning   po‘lat   o‘zaklari   tarkibida   1...3%   kremniy   bo‘ladi.   Po‘lat   listlarning
qalinligi   0,3...0,5   mm.   Po‘lat   o‘zak   yig‘ilgandan   so‘ng   staninaga   presslab
o‘rnatiladi. Stator staninasi esa alyuminiy yok cho‘yandan tayyorlanadi. Asinxron
mashinalarda   ham   rotorning   po‘lat   o‘zagi   maxsus   po‘lat   listlardan   yig‘iladi   va
valga yoki rotor vtulkasiga presslab mahkamlanadi. Elektr mashinalarida stator va
rotor po‘lat o‘zagi pazlarining shakli mashina turiga va uning quvvatiga bog‘liq
bo‘ladi. Katta quvvatli mashinalarda chulg‘amlar to‘rtburchak qirqimli simlardan
tayyorlanadi. 
Sinxron   va   asinxron   mashinalarda   stator   (yakor)   chulg‘amlari   mis   yoki
alyuminiy   simlardan   o‘raladi.   O‘rta   va   kichik   quvvatli   mashinalar   chulg‘am
simlarinining   ko‘ndalang   qirqim   yuzasi   doira   shaklida   bo‘ladi.   Chulg‘amlar
sifatida   ikki   qavat   ip   bilan   yoki   maxsus   lak   bilan   izolyatsiyalangan   simlar
68


ishlatiladi. Izolyatsiyaning pishiqligini oshirish uchun chulg‘amlar 120 ºC haroratli
vakuumda quritiladi va yuqori bosimda maxsus izolyatsiyalovchi lak shimdiriladi.
Stator chulg‘amlari bir nechta bo‘laklardan tashkil topgan. 
Bo‘laklar bir o‘ramdan yoki bir nechta o‘ramdan iborat bo‘lishi mumkin.
Chulg‘am   bo‘laklari   ma’lum   tartibda   ulanadi   va   pazlarga   tartib   bilan
joylashtiriladi. O‘ramning pazlarda yotgan qismi yoki tomonini uning faol tomoni
deyiladi.   O‘ramning   ikkita   faol   tomoni   birlashtiruvchi   va   pazning   tashqarisida
yotadigan qismi uning yon yoki tashqi tomoni deyiladi. O‘ramning yon tomoni
uning faol tomonlarini o‘zaro ketma-ket ulaydi. EYuK o‘ramning faol tomonida
hosil   bo‘ladi.   Bir   bo‘lakning   faol   tomoni   orasidagi   masofa,   ya’ni   bo‘lak   eni
chulg‘am qadami deyiladi va 
y
 bilan belgilanadi. Stator chulg‘amlaridan uch fazali
tok o‘tganda statorda aylanma magnit maydoni hosil bo‘ladi. 

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish