27
bargning
sifati buzilsa, keyin uni har qanday texnologik ishlov berish bilan ham tuzatib
bo’lmaydi.
Quritish jarayonida bargda faqat suvning yo’qotilishi emas, balki murakkab fiziologik
va biokimyoviy o’zgarishlar sodir bo’ladi. Natijada, xom ashyo foydalanish uchun yaroqli
holga keladi.
Bargning sifati, asosan o’simlikning o’sish va pishish davriga, naviga, o’stiriladigan
mintaqaning tabiiy sharoitiga va qo’llani-ladigan agrotexnik tadbirlarga bog’liq. Quritish
jarayonida esa tamakining sifati yanada yaxshilanadi va sifat belgilari mustah-kamlanadi.
Tamaki bargini quritish davri ikki fazadan iborat: birinchi faza bargni so’litish, ikkinchisi
esa bargni fiksasiya qilish yoki quritishdir.
Barglarni so’litish fazasi.
Bargni so’litish unga sifat beruv-chi asosiy tadbir hisoblanadi.
Barglar poyadan uzilgandan keyin uning to’qimalarida ma’lum vaqtgacha hayotiy jarayon
davom etadi. Bu jarayonlar davom etishi uchun o’simlik o’sishi va pishish davrida barg-larda
to’plangan organik moddalarning ma’lum qismi sarflanadi.
So’litishda barg to’qimalarida kechadigan modda almashinuvi
sintez jarayonidan
parchalanish jarayoni ancha ustun turadi. Bu fazada barg to’qimalari 20-25% suvni
yo’qotadi, bargning kimyoviy tarkibi miqdor va sifat jihatidan keskin o’zgaradi, oqsil mod-
dasining ko’p (60%) qismi aminokislotalarga, ammiakka hamda shu kabi moddalarga
parchalanadi. Barg tarkibidagi kraxmal so’litish jarayoni dekstrin
va eruvchan uglevod
(shakar)larga parchalanadi. Shuningdek, nikotinning 20-30 foizi parchalanadi.
So’litishda bargga yashil rang beruvchi karotin va ksantofillar parchalanib, so’ligan
barglar sarg’ish tusga kiradi. Shuning uchun ham so’litish fazasi, odatda, bargni
sarg’aytirish fazasi, deb ham yuritiladi.
Shunday qilib, so’litishda bargning kimyoviy tarkibi ancha o’zgaradi, lekin bunda
hayotiy jarayonlarning davom etishi uchun sarf bo’lgan organik moddalar o’rnini
to’ldirmaydi. Bu esa so’litish jarayonida barg tarkibidagi quruq moddaning 10-16% gacha
yo’qolishiga olib keladi. Quruq moddaning sarflanishi quritish
jarayonida ham davom
etadi.
Quruq modda sarflanishi so’litish va quritish fazalarining davomiyligiga bog’liq.
Quritish usullariga qarab, bargdagi quruq moddaning sarflanishi ham turlicha bo’ladi.
Barg sun’iy usulda quritilganda, bu-oddiy usulda quyoshda quritilganga nisbatan ancha
tezlashadi, shunga ko’ra, quruq moddaning sarflanishi ham kamayadi hamda quruq barg
chiqish foizi ancha ortadi. Quruq moddaning o’zgarishi xom ashyoning kimyoviy tarkibi
o’zgarishiga sabab bo’ladi. Qurish jarayoni
barg tarkibidagi oqsil, kraxmal, xlorofillar
parchalanishi mahsulot sifatining yaxshilanishiga olib keladi.
Tamakini so’litmasdan quritish yoki so’litishda biroz uzilish bo’lsa, bargdagi fiziologik va
biokimyoviy jarayonlar birdan to’xtab qolib, natijada xom ashyoning sifati pasayishiga olib
keladigan murakkab kimyoviy birikmalarning (oqsil, kraxmal, xlorofill va boshqalar) bargda
ko’p miqdorda saqlanib qolishiga sabab bo’ladi. So’litish jarayonida harorat 45
0
S dan ortib
ketsa, barg to’qimalari erta nobud bo’ladi, shuningdek barg ko’plab suv yo’qotadi va
to’qimalardagi hayotiy jarayonlar to’xtab qoladi. So’litishda bargdagi murakkab
moddalarning parchalanish tezligi va yo’nalishi asosan havoning
harorati va namligiga
bog’liq bo’ladi. Haroratning ma’lum darajagacha ko’tarilishi bilan bu jarayon tezlashadi.
So’litish uchun muqobil harorat bargning fiziologik holatiga qarab aniqlanadi.
28
Barg so’litiladigan joyda havo harorati 25-30
0
S, nisbiy namligi 80-85%, havo
oqimining tezligi 0,3 m/soniya bo’lishi eng qulay hisoblanadi. Bargni qancha vaqt so’litish
uning etilish dara-jasiga bog’liq. Agar barg xomroq terilgan bo’lsa 1,5 kun, texnik jiqatdan
etilgan davrida uzilgan barglar esa bir kun so’litiladi.
Tamaki bargi quyoshda quritiladigan bo’lsa, ularni uyum holida ipga tizib va quritish
ramalariga osib so’litiladi. Bu usul xo’jaliklarda keng tarqalgan. Bunda tamakizordan
keltirilgan barglar 20 sm qalinlikda polga uyiladi. Shu holatda 5-7 soat saqlanganda
hujayralarda nafas olish jarayoni davom etib, barg-lar qiziydi.
Bunday paytda barglarni
biroz shamollatish zarur.
Bargni so’litish uchun joylashtirilganda, uning bandi pastga qaratib qo’yilgani ma’qul.
Shunday qilinganda barglar 1-1,5 kunda so’litiladi. Bargning uchdan bir qismi sarg’ayishi
barglar yaxshi so’liganligini ko’rsatadi. Barglar uyum holida so’litilganda had-dan
tashqari qizib ketadi, natijada barg kuyishi mumkin. Bu usul-ning yana bir kamchiligi
shundaki, barg tartibsiz to’planganligi sababli uni tizish uchun katta mehnat sarflanishiga
to’g’ri keladi.
Tamaki bargini ipga tizib so’litish ham uyumda so’litishdan farq qilmaydi.
Lekin
bunda ipga tizilgan barglar ramalarga ilishdan oldin so’litishga qo’yiladi. Shuni ham
aytish kerakki, bu so’litish usulida barglarni shamollatish ancha qiyin bo’ladi, barg-lar
tizilgandan so’ng ayvonning yon tomonlari polietilen plyonka yoki boshqa materiallar
bilan o’ralishi kerak.
So’litish jarayoni shu tartibda 1,5-2 kun davom ettiriladi. Barglar so’ligandan so’ng
ayvonning yonlariga o’ralgan matolar olib tashlanadi. Barglar UMST-25
qurilmasida
quritiladigan bo’lsa, ramalar maxsus xonalarga siljitib qo’yiladi. STG-1,5 tamaki quritish
tizimi esa maxsus kameraga ega bo’lib, tizilgan barglar shu kamerada so’litiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: