Ish haqini tashkil etishning asosiy shakllari


II - bob. Ish haqini tashkil etishda turli yondashuvlar va to`lash tartibi



Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana22.04.2023
Hajmi0,58 Mb.
#931045
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ish haqi kurs ishi 2022

II - bob. Ish haqini tashkil etishda turli yondashuvlar va to`lash tartibi 
II. 1. Ish haqini to’lash tartibi. Rag’batlantiruvchi to’lovlar 
Ish haqi kamida har yarim oyda bir marta, ammo boshqa xodimlarning ayrim toifa-
lari uchun bu muddatlar boshqacha bo’lishi ham mumkin. Ish haqi to’lashning avans va 
avanssiz tartibi mavjud. Birinchi holda xodim oyning birinchi yarmi uchun avans oladi, 
oyning ikkinchi yarmi uchun esa u bilan uzil-kesil hisob-kitob qilinadi. Avans miqdori 
ma’muriyat bilan kasaba uyushmasi o’rtasida kelishuv asosida belgilanadi. Avanssiz 
hisob-kitobda oyning birinchi yarmi uchun ish haqi amalda ishlab chiqarilgan mahsulot-
ga qarab to’lanadi. Ish haqidan ushlab qolinishiga, faqat quyidagi hollardagina yo’l qo’-
yiladi:
-soliqlar bo’yicha; 
-sudning chiqarilgan hukmiga binoan ahloq tuzatish ishlari o’talayotganda, boshqa xil 
ushlab qolishlardan qat’i nazar ish haqining besh foizidan yigirma foizigacha bo’lgan 
miqdorda;
-sudning chiqargan qaroriga binoan 20 foizdan ortiq bo’lmagan miqdorda, alliment 
undirib olinayotganda yoki boquvchisi mayib-majruh bo’lib qolganda, sog’lig’iga zarar 
yetkazilganda yohud vafot etganda, shuningdek, bosqinchilik yoki o’g’rilik tufayli yet-
kazilgan zarar undirib olinayotganda-ko’pi bilan ellik foiz miqdorda; 
-ma’muriy tartibda solinadigan, va hech shubhasiz majburiy tartibda ushlab qolina-
digan jarimalar tarzida; 
-korxona oldidagi qarzini undirish maqsadida quyidagi hollarda ma’muriyatning far-
moyishi bilan: 
a) ish haqiga berilgan avansni ushlab qolish uchun: 
-hisob-kitobdagi yanglishishlar natijasida ortiqcha to’langan pulni qaytarib olish 
uchun;
-xizmat safarlari yoki boshqa joyda ishlashga o’tganligi munosabati bilan;
-xo’jalik ehtiyojlariga berilgan bo’lib, sarf qilinmay qolgan va o’z vaqtida qaytaril-
magan avansni ushlab qolish uchun bunday hollarda avansni qaytarish, qarzni to’lash va 
hokazo uchun belgilangan muddat tamom bo’lgan kundan boshlab kamida bir oy o’t-


masdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berilishi mumkin, agar bu 
muddat o’tib ketgan bo’lsa, u holda qarz faqat sud yo’li bilan undiriladi. 
b) ishdan bo’shatilgan xodim shu yilgi ta’tildan foydalangan bo’lsa, ishlab ado etil-
magan ta’til kunlari uchun: 
-korxona tugatilishi, shtatlar qisqartilishi munosabati bilan egallab turgan lavozimiga 
noloyiqligi aniqlanganligi; 
-vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotganligi natijasida ishga uzoq vaqt kelmaganligi sa-
babli;
-harbiy xizmatga chaqirilishi yoki o’tishi; 
-boshqa ishga saylab qo’yiladigan lavozimiga o’tkazilganligi; 
-o’qishga yuborilgani bundan mustasno. 
-pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan xodim ishdan bo’shatilgan holler bundan 
mustasno.
c) xodimning aybi bilan yetkazilgan zararni undirish uchun, o’rtacha oylik ish haqi-
dan ortiq bo’lmagan miqdorda. 
Zararni undirishi haqidagi farmoyish yetkazilgan zarar aniqlangan kundan ikki haf-
tadan kechikmay chiqarilishi va bu haqda xodim xabardor qilingan kundan boshlab kam 
deganda yetti kundan keyin ijro etish uchun qo’yilishi lozim. 
Rag’batlantiruvchi to’lovlar va ularning asosiy turlari. 
Mamlakatimiz xo’jalik faoliyati tajribasida xilma-xil rag’batlantirish tizimlari ish-
lab chiqilgan bo’lib, ulardan muayyan ishlab chiqarish sharoitlarida alohida alohida yo-
ki boshqa tizimlar bilan birgalikda foydalaniladi. Aytaylik, biror xodim mehnatda sezi-
larni yutuqlarni qo’lga kiritdi va uni rag’batlantirish kerak. Bunda rahbariyat quyidagi 
rag’batlantirish chora-tadbirlarini ko’rishi mumkin (3-rasm): 
1) xodimning malaka razryadini va tegishli ravishda tarif stavkasi (maoshi)ni oshirish;
2) unga kasb mahorati uchun qo’shimcha haq to’lashni belgilash; 
3) bir martali mukofot berish
4) ko’rsatib o’tilgan bu rag’batlantirish turlarini biron-bir tarzda qo’shib foydalanish. 



Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish