Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar


Hujjatlarni va predmetlarni talab qilib olish va olib qo’yish



Download 346,5 Kb.
bet39/40
Sana08.07.2022
Hajmi346,5 Kb.
#756980
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to

3. Hujjatlarni va predmetlarni talab qilib olish va olib qo’yish

Davlat soliq xizmati organining soliq tekshiruvini o’tkazayotgan mansabdor shaxslari tekshirilayotgan soliq to’lovchidan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqish hamda to’lash bilan bog’liq hujjatlarni talab qilib olishga haqli. Soliq to’lovchining faoliyatini to’xtatib qo’yishga olib keladigan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi. Hujjatlar va predmetlarni tungi vaqtda – soat 23-00 dan 6-00 gacha – olib qo’yish man etiladi. Soliq tekshiruviga taalluqli bo’lmagan hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish man etiladi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish boshlanguniga qadar olib qo’yish amalga oshirilayotgan shaxsga hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish to’g’risidagi qarorni taqdim etadi hamda ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlari va predmetlari olib qo’yilayotgan shaxsga ularni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif etadi, u bosh tortgan taqdirda esa majburan olib qo’yish choralarini ko’radi. Hujjatlarni va predmetlarni olib qo’yish soliq to’lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Hujjatlarni va predmetlarni majburan olib qo’yish xolislar hamda soliq to’lovchi ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda olib qo’yilayotgan barcha hujjatlar va predmetlar xolislarga hamda olib qo’yishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ko’rsatiladi. Hujjatlar asl nusxa yoki soliq to’lovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan ko’chirma nusxalar ko’rinishida olib qo’yiladi. Soliq to’lovchi hujjatlari ko’chirma nusxalarining olib qo’yilishi soliq nazoratini amalga oshirish uchun yetarli bo’lmagan hollarda hamda davlat soliq xizmati organlarida hujjatlarning asl nusxalari yo’q qilinishi, yashirilishi, tuzatilishi yoki almashtirilishiga yetarli asoslar bo’lgan hollarda davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi hujjatlarning asl nusxasini olib qo’yishga haqli. Hujjatlarning asl nusxalari olib qo’yilayotganda ulardan ko’chirma nusxalar tayyorlanadi, bu nusxalar davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va kimdan olib qo’yilgan bo’lsa, o’sha shaxsga beriladi. Hujjatlarni olib qo’yish bilan bir vaqtning o’zida ulardan ko’chirma nusxa tayyorlash yoki tayyorlangan ko’chirma nusxalarni berish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organi ularni hujjatlari olib qo’yilgan shaxsga olib qo’yilgan kundan e’tiboran besh kun ichida beradi. Qolgan hollarda soliq to’lovchining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hujjatlarning ko’chirma nusxalari olib qo’yiladi. Hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish Soliq Kodeksida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilinadigan ro’yxatlarda hujjatlar va predmetlarning nomi, miqdori hamda alohida belgilari, imkoni bo’lganda esa predmetlarning qiymati ko’rsatilgan holda sanab o’tilishi va tavsiflanishi lozim. Hujjatlar va predmetlarni olib qo’yish to’g’risidagi bayonnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan biri hujjatlar va predmetlar kimdan olib qo’yilgan bo’lsa, o’sha shaxsga topshirilib, tilxat olinadi. Bayonnomani qabul qilishdan bosh tortilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda bayonnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda bayonnomaning bir nusxasi hujjatlari va predmetlari olib qo’yilgan shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi hamda u jo’natilgan kundan e’tiboran uch kun o’tganidan so’ng topshirilgan hisoblanadi.


Download 346,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish