Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
2. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini nazorat qilish shakllari va tekshiruv turlari
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: tekshirish, shu jumladan taftish, muqobil tekshirish, nazorat tartibida tekshirish; statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish; idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini statistika axborotlarini va boshqa axborotlarni tahlil qilish orqali davlat tomonidan nazorat qilish, shuningdek idora qaramog’idagi organlarni tekshirishdan o’tkazish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: Bojxona organlari tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o’tilishi munosabati bilan to’lanishi lozim bo’lgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni undirish bo’yicha soliq nazoratini o’z vakolatlari doirasida Soliq Kodeksiga va bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Soliq nazorati amalga oshirilayotganda Soliq Kodeksi va boshqa qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq to’lovchi to’g’risida axborot to’plash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq to’lovchi to’g’risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq to’lovchini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo’la olmaydi. (SK. 12 bob. 67-modda) Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini nazorat qilish shakllari ichida tekshirish samaradorlik jixatidan muhim ahamiyat kasb etadi. Тekshirish bu – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunlar hamda o’z faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari qanday bajarilayotganligini naorat qiluvchi organlarning bir marta nazorat qilishidir.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish quyidagi turlarga bo’linadi: - taftish; - muqobil tekshirish; - nazorat tartibida tekshirish. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir. Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi. Soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to’lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o’rganish va taqqoslashdir. Qisqa muddatli tekshiruv soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish bilan bog’liq bo’lmagan, uning ayrim operatsiyalarining soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi tekshiruvidir. (SK. 14 bob. 85-modda) Soliq tekshiruvlari quyidagi turlarga bo’linadi: rejali soliq tekshiruvi; rejadan tashqari soliq tekshiruvi; muqobil tekshiruv. Soliq to’lovchi moliya-xo’jalik faoliyatining rejali soliq tekshiruvi (taftishi) – tekshiruvlarni amalga oshirishning nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejasi asosida o’tkaziladigan tekshiruvdir. Soliq to’lovchi moliya-xo’jalik faoliyatining rejadan tashqari soliq tekshiruvi (taftishi) quyidagi hollarda o’tkaziladigan tekshiruvdir: yuridik shaxs tugatilayotganda; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlaridan kelib chiquvchi tekshiruvlarni o’tkazish zarur bo’lganda;
davlat soliq xizmati organiga soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari soliq to’lovchi tomonidan buzilganligi hollari haqida qo’shimcha ma’lumotlar tushganda. Muqobil tekshiruv – operatsiyalar birligi tufayli o’zaro bog’langan va turli soliq to’lovchilarda bo’lgan hujjatlarni taqqoslashdan iborat tekshiruvdir.
Muqobil tekshiruv uchinchi shaxslarga nisbatan, agar soliq tekshiruvlari o’tkazilayotganda davlat soliq xizmati organida mazkur shaxslar bilan bog’liq bo’lgan, soliq to’lovchi o’tkazgan operatsiyalar soliq bo’yicha hisobga olishda to’g’ri aks ettirilganligi haqida qo’shimcha ma’lumot olish zaruriyati kelib chiqsa, o’tkaziladi. Qisqa muddatli tekshiruvlar rejadan tashqari soliq tekshiruvi tarzida o’tkaziladi. (SK. 86-modda)