Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to’lovlar


Тekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari



Download 346,5 Kb.
bet36/40
Sana08.07.2022
Hajmi346,5 Kb.
#756980
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to

6. Тekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari

Тekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi huquqlarga ega: - o’z faoliyatlari tekshirilishi to’g’risidagi tegishli axborotga ega bo’lish; - nazorat qiluvchi organning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan maxsus vakolatli organ yoki uning hududiy bo’linmalari qarorini, tekshirish o’tkazish uchun asos hisoblanuvchi boshqa hujjatlarni talab qilish, tekshiruvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan tanishish; - tekshirish o’tkazish uchun tegishli xujjatga ega bo’lmagan shaxslarni tekshirish o’tkazishga yo’l qo’ymaslik; - nazorat qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalarga oid talablarni bajarmaslik va tekshirish predmetiga ta’luqli bo’lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik; - nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvchi mansabdor shaxslaridan tekshirish tugaganidan so’ng o’n kun muddat ichida tekshirish natijalarini aks ettiruvchi hujjatlarning bir nusxasini olish; - qonunda belgilangan tartibda tekshirish natijalari bo’yicha shikoyat qilish. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar tekshiruvchilarning qonuniy talabiga binoan tekshirish o’tkazish uchun zarur bo’lgan materiallar va xujjatlarni taqdim etishga, ularni tekshirish ob’ektlariga kiritishga, tekshiruvchilarga o’z vazifalarini bajarishlari uchun ko’maklashishga majburdirlar. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish chog’ida o’z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: - tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan tekshirish o’tkazish bilan bevosita bog’liq bo’lgan zaruriy hujjatlar va boshqa axborotlarni talab qilish; - tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’eklarga aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish to’g’risida bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmalar berish; - tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar mulkdorlari oldiga aybdor shaxslarning javobgarligi to’g’risidagi masalani qo’yish; - tekshiruvga vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mutaxasislarini belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etish; - qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda moliyaviy va ma’muriy jazo choralarini qo’llash. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarning qonuniy talablari tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan bajarish uchun majburiydir. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdar shaxslari xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini teshirish chog’ida o’z vakolatlari doirasida quyidagilarni bajarishga majburdirlar: - tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi su’ektlarga tekshirish o’tkazish huquqini beruvchi zarur hujjatlarni ko’rsatish; - davlat siri, tijorat yoki boshqa sirlar saqlanishini ta’minlash; - tekshiruv natijalarini dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtirib, uning bir nusxasini tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt ixtiyorida qoldirish; - huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni ko’rish. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning qonuniy hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatga aralashishga haqli emas. Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligi aniqlasalar, ular o’zlariga berilgan vakolat doirasida va muayan qonunbuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog’liq chora-tadbirlar ko’rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi orgnalarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa xarajatlari natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.


Download 346,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish