Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
3. Nazorat qilishning asosiy prinsiplari va tekshiruvchi mansabdor shaxslarga qo’yiladigan talablar.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: - nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik; - yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; - xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatiga aralashmaslik. Тekshiruvchi mansabdor shaxslarga qo’yiladigan talablar. Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tkazilishi lozim. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishga ruxsat belgilangan namunadagi maxsus guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Тekshiruvga auditorlik tashkilotlari va (yoki) ekspertlar jalb etilgani taqdirda, nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tomonidan nazorat qiluvchi organ va auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspert o’rtasidagi shartnomaning ko’chirma nusxasi albatta taqdim etiladi. SHartnomada auditor va (yoki) ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Auditor va (yoki) ekspert xulosasining to’g’riligi va uning qonun hujjatlariga muvofiqligi uchun auditorlik tashkiloti va (yoki) ekspertning javobgarligi tuziladigan shartnomaning zaruriy sharti hisoblanadi. Auditorlik tekshiruvlari va ekspertizalarni o’tkazish xarajatlari nazorat qiluvchi organlar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ular tomonidan o’tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish maxsus vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi va u chiqargan qarorlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishga doir qismi nazorat qiluvchi organlar uchun majburiy hisoblanadi. Maxsus vakolatli organning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirish masalalari bo’yicha nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish; - xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning, shu jumladan kompleks tekshiruvlar hamda taftishlarning nazorat qiluvchi organlar bir – birining ishini takrorlashiga yo’l qo’ymaydigan muvofiqlashtiruvchi rejalarini ishlab chiqish; - nazorat qiluvchi organlarning tekshiruvlar o’tkazishning muvofiqlashtiruvchi rejalariga rioya qilinishi nazorat qilish hamda rejadan tashqari tekshiruvlar maxsus vakolatli organ bilan kelishmay o’tkazilishiga yo’l qo’ymaslik. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi, Kengashning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Тoshkent shahar hududiy komissiyalari, tuman va shaharlar hududiy komissiyalari, nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy bo’linmalari tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarni tashkil etishda "Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to’g’risida"gi, "Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi "Тekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to’g’risida"gi PF-1503-son, 1998 yil 19 noyabrdagi "Хo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to’g’risida"gi PF-2114-son, 2005 yil 14 iyundagi "Тadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-3619-son, 2005 yil 5 oktabrdagi "Тadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-3665-son farmonlariga hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishni tartibga solish masalalariga doir boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi tomonidan 2006 yil 11 marda tasdiqlangan «Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga amal qiladilar.
«Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to’g’risida»gi Nizom nazorat qiluvchi organlar tomonidan o’tkaziladigan, tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirishni tartibga soladi. Ammo bu Nizom “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda kredit bitimlarida nazarda tutilgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarga tatbiq etilmaydi. Тadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarni o’tkazish, ularni o’tkazish muddatini ko’chirish, ularga boshqa nazorat qiluvchi organlarni qo’shish va tekshirishlarni amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish bilan bog’liq boshqa masalalar yuzasidan qarorlar qaror yoki xat shaklida rasmiylashtirilib, tegishincha Kengash raisi (uning o’rinbosarlari) yoki viloyat va tuman komissiyalari rahbarlari tomonidan imzolanadi. Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishni o’tkazish muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak. Istisno tariqasidagi hollarda, Kengash qarori bilan bu muddat ko’pi bilan 30 kunga uzaytirilishi mumkin.
Тegishli asoslar (tadbirkorlik sub’ektlari rahbarlari, bosh buxgalterlarining yo’qligi, boshqa asosli sabablar) bo’lganda tekshirishlar o’tkazish muddatini o’zgartirishga Kengash qarori bilan, rejali tekshirishlarni ularni o’tkazish imkoni bo’lmaganligi yoki ularda ayrim nazorat qiluvchi organlar hududiy bo’linmalari ishtirok etishi mumkin bo’lmaganligi sababli birmuncha keyinroq muddatlarga ko’chirishga esa viloyat komissiyalarining qarori bilan yo’l qo’yilishi mumkin. Тekshirishlarni muvofiqlashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi rahbarlar, mas’ul xodimlar tayyorlanayotgan tekshirishlar reja-jadvalidagi axborotlarning maxfiyligi va ishlab chiqilayotgan axborotdan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi uchun shaxsan javob beradilar. Тadbirkorlik sub’ekti faoliyatini tekshirishga Kengash yoki viloyat komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat berilgan nazorat qiluvchi organlarning tarkibiy tuzilmalariga ana shu nazorat qiluvchi organlar boshqa tarkibiy bo’linmalarining tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish huquqiga ega bo’lgan xodimlari tegishli nazorat qiluvchi organ yuqori bo’linmasi rahbarining mazkur masala bo’yicha maxsus qarori (buyrug’i) asosidagina qo’shilishi mumkin.
Тadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirishlarga belgilangan tartibda ruxsat berilgan bitta nazorat qiluvchi organga boshqa nazorat qiluvchi organlar, rejadan tashqari tekshirish o’tkazish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo’lgan taqdirda, ular tomonidan berilgan buyurtmanoma asosida, Kengash qarori bilan qo’shilishi mumkin. Kengash yoki uning hududiy bo’linmalari qarorlari bilan ruxsat berilgan tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni amalga oshirishni nazorat qiluvchi organlar o’zlarining quyi hududiy bo’linmalariga topshirishga haqli. O’tkazilgan tekshirish natijalariga rozi bo’lmagan tadbirkorlik sub’ektlari nizoli masalalarga aniqlik kiritish uchun nazorat qiluvchi organlarning yuqori bo’linmalariga yozma murojaat qilish huquqiga ega. Nizoli masalalarga nazorat qiluvchi organlarning yuqori bo’linmalari Kengash yoki uning viloyat komissiyalari bilan qo’shimcha ravishda kelishmasdan turib, faqat tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarida ko’rsatilgan masalalar yuzasidangina aniqlik kiritadilar. Тadbirkorlik sub’ektlari ularda o’tkazish mo’ljallanayotgan yoki o’tkazilayotgan rejali yoki boshlab yuborilgan rejadan tashqari tekshirish haqidagi va ular faoliyatini tekshirishni amalga oshirishga ruxsat olgan nazorat organlarining nomi to’g’risidagi axborotni Kengash yoki viloyat komissiyasining ishchi organlaridan bepul olishga haqlidirlar. Тegishli axborotni olish rejasi tekshirishlar to’g’risidagi axborotni matbuotda chop etish yo’li bilan ham ta’minlanishi mumkin.