Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
6) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga: yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo’yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo’l qo’yadilar;
7) davlat soliq xizmati organlarining so’rovnomasiga ko’ra ularga so’ralayotgan davr mobaynida soliq to’lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablag’larining bor-yo’qligi to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar;
8) davlat soliq xizmati organlarining so’rovnomasiga ko’ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma’lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
9) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo’yicha pul operatsiyalari o’tkazish bilan bog’liq moliya-xo’jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e’tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar; 10) qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlariga boshqa axborotni ham taqdim etadilar. Banklar soliq to’lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o’tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi. Bank aybi bilan soliq to’lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o’tkazish haqidagi topshirig’i bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bankdan har bir kechiktirilgan kun uchun o’tkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi. Yuqoridagilardan tashqari O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida soliq to’lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to’g’risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar hamda ularning majburiyatlari keltirib o’tilgan bo’lib, jumladan:
Yuridik shaxslarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlar ro’yxatdan o’tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga ushbu yuridik shaxslar davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay tegishli yuridik shaxslarning davlat reestridan ko’chirma topshirishi shart. Mazkur organlar davlat soliq xizmati organiga tegishli yuridik shaxslarga taalluqli davlat reestriga kiritilgan har qanday o’zgartishlar to’g’risida ham bunday o’zgartishlar kiritilgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay ma’lum qilishi shart. Litsenziya va (yoki) boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar beradigan organlar bunday hujjatlar berilgan shaxslar joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga shunday hujjatlar berilganligi hollari haqida ma’lum qilishi, shuningdek mazkur hujjatlar bekor qilinganligi, ularning amal qilishi to’xtatib turilganligi yoki tugatilganligi to’g’risida ma’lumot berishi shart. Ichki ishlar organlari o’zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga pasportlar berilganligi, shu jumladan yo’qotilgan yoki amal qilish muddati o’tgan pasportlar o’rniga pasportlar berilganligi faktlari haqida, bekor qilingan pasportlar to’g’risida har oyda ma’lum qilishi shart.
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlar o’zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga tegishli hududda joylashgan ko’chmas mulk va uning mulkdorlari (egalari) to’g’risida mazkur ko’chmas mulkka bo’lgan huquq davlat ro’yxatidan o’tkazilgan kundan e’tiboran o’n kun ichida ma’lum qilishi shart. Suv resurslarini hisobga oluvchi organlar suvdan foydalanish yoki suv iste’moli joyidagi davlat soliq xizmati organlariga 1 fevraldan kechiktirmasdan o’tgan yil yakunlari bo’yicha o’lchov asboblarisiz foydalanilgan suv hajmlari to’g’risida xabar qilishi shart. Davlat notarial idoralari tegishincha ko’chmas mulk ijarasi shartnomasi tasdiqlanganligi va ijara haqi miqdori, shuningdek meros qilib olish yoki hadya tarzida fuqarolarning mulkiga o’tayotgan mol-mulk qiymati to’g’risida ko’rsatilgan notarial harakatlar amalga oshirilgan kundan e’tiboran o’n kundan kechiktirmay o’zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ma’lum qilishi shart. Yer resurslarini hisobga oluvchi va (yoki) baholovchi organlar yer uchastkasiga nisbatan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni ko’rsatgan holda yer uchastkasiga nisbatan huquq berilganligi (tugatilganligi) hamda qishloq xo’jaligi yerlarining normativ qiymati to’g’risida yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ma’lum qilishi shart.
Foydalanishga berilgan yer qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshiruvchi va (yoki) yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organlar o’zlari joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yer qa’ri uchastkasi joylashgan yer hamda mazkur yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi berilgan shaxs to’g’risidagi axborotni yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqi ro’yxatdan o’tkazilgan (hisobga olingan) kundan e’tiboran o’n kun ichida ma’lum qilishi shart. Banklar yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga faqat ular davlat soliq xizmatining tegishli organida hisobga qo’yilganligini tasdiqlovchi hujjatni ko’rsatgan taqdirda bank hisobvaraqlari ochishi mumkin va hisobvaraqlar ochilganligi to’g’risida o’sha organga keyingi kundan kechiktirmay ma’lum qilishi shart. Qonunda nazarda tutilgan hollarda banklar davlat soliq xizmati organlariga boshqa ma’lumotlarni ham taqdim etadi.