Mendelning uchinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi: ikki yoki undan ortiq bir-birlarini inkor qiluvchi belgilar bo‘lgan geterozigot organizmlar o‘zaro chatishtirilganda belgilarning mustaqil nasldan naslga o‘ tishi yoki kombinatsiyalanishi kuzatiladi. Lekin shu narsani unutmaslik kerakki, bu qonun faqat allelmas genlar gomologmas xromosomalarga joylashgandagina amalga
oshadi. Organizmning genotipini aniqlash uchun tahlillovchi chatishtirish
usulidan foydalaniladi. Uning mohiyati shundan iboratki, genotipi aniqlanishi kerak bo'lgan organizm retsessiv shakl bilan chatishtiriladi. Bunday chatishtirish natijasida hosil bo‘ lgan avlod bir xil bo‘ lsa, tekshirilayotgan organizm gomozigotali, agar belgilar ajralishi kuzatilsa, organizm geterozigotali bo'ladi. Organizm geterozigotali bo‘ Isa belgilar 1 : 1 nisbatda ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |